oshiradi, kashfiyotlar, foydali modellar va sanoat namunlariga buyurtmalarni ko’rib
chiqishga qabul qiladi, davlat tomonidan ro’yxatga olishni amalga oshiradi, patentlar beradi,
rasmiy ma’lumotlarni nashr qiladi, patent qoidalarinri bosib chiqaradi va h.k.
Patent qonuni patentlarni amalda bo’lim muddatlarini belgilaydi, ular davlat
tomonidan ro’yxatga olishga taqdim etilayotgan sanoat mulkining turiga bog’liq.
Kashfiyotga patent ariza kelib tushgan sanadan boshlab 20 yil davomida amalda
bo’ladi foydali modelga guvohnoma 5 yil davomida davomida amalda bo’ladi. Patent
egasining iltimosiga ko’ra u 3 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Sanoat namunasiga patent 10
yil davomida amalda bo’ladi va yana 5 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Patent qonuni sanoat mulki ob’ektlarining patent qobiliyati mezonlari majmuasini
belgilab beradi. Ular ostida uni yaratuvchisi tomonidan himoyalash
patentini olish uchun
ushbu ob’ekt qanoatlantirishi kerak bo’lgan shartlar tushuniladi.
Foydali modellarga, agar ular yangi va xalq xo’jaligi sohalarida sanoatli
qo’llaniladigan bo’lsalar, huquqiy himoya taqdim etiladi.
Sanoat namunasi ostida mahsulotning tashqi ko’rinishini belgilab beruvchi uning
badiiy – konsruktiv yechimi tushuniladi, agar u yangi, noyob va xalq xo’jaligi sohalarida
sanoatli qo’llaniladigan bo’lsa, huquqiy himoya beriladi.
Patent qonunida patent qobiliyati deb hisoblanmaydigan aqliy mulk uchun
ob’ektlarining ro’yxati beriladi.
Masalan, quyidagilar kashfiyotlar va foydali modellar sifatida himoyalanmaydilar:
ilmiy nazariyalar va matematik usullar;
xo’jalikni tashkil qilish va boshqarish usullari;
shartli belgilar,
jadvallar, qoidalar;
aqliy operatsiyalarni bajarish usullari;
hisoblash mashinalari uchun algoritmlari va dasturlar;
inshoatlar, binolar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizmalari;
buyumlarning faqat tashqi kshrinishiga tegishli bo’lgan, estetik ehtiyojlarni
qanoatlantirishga qaratilgan qarorlar;
integralli mikrosxemalarning texnologiyalari;
jamoa manfaatlari, insonparvarlik va ahloq tamoyillariga zid bo’lgan qarorlar;
faqat buyumning taktik vazifasi bilan asoslangan qarorlar;
arxitektura ob’ektlari (kichik arxitekturik shakllardan tashqari), sanoat,
gidrotexnik
va boshqa ko’chmas inshoatlar;
bosma mahsulotlar;
suyuq gazsimon, sog’iluvchi yoki shunga o’xshish moddalaridan barqaror
bo’lmagan shaklli ob’ektlari.
Patentni rasmiylashtirish tartibi Patent qonuni tomonidan tartibga solinadi.
Litsenziyalashtirish texnologiyalar bilan savdoning, o’z ichiga patentlar, litsenziyalar,
nou-xaular bilan bitimlarni oluvchi, asosiy shakllarining biridan iboratdir.
Litsenziya alohida shaxslar yoki tashkilotlarga patent bilan himoyalangan kashfiyot,
texnik vazifalar, ishlab chiqarishning texnologik va konstruktorlik sirlari,
tovar belgisi va
h.k.dan foydalanishga ruxsatdan iboratdir. Litsenziyani berish tijorat operatsiyasi bo’lib,
patent egasi (litsenzar) o’zining kontragenti (litsenziati)ga patentlar, nou-xau, tovar belgilari
va h.k.ga o’z huquqlarining belgilangan doirasida foydalanishga litsenziya beradi.
Litsenziyalashtirish manfaatdor tomonlar tomonidan litsenzion bitim – shartnomani
qabul qilish yo’li bilan amalga oshiriladi, unga muvofiq kashfiyot, texnologik bilimlar,
tajriba va ishlab chiqarish sirlarining egasi o’zining kontragentiga aqliy mulkdan
97
foydalanishga litsenziya beradi. Bitida litsenziyadan foydalanishning ishlab chiqarish
sohalari va hududiy chegaralari belgilanadi.
Litsenzion bitim bir necha patentlar va ular bilan bog’liq nou-xaularni majmuaviy
topshirishni ko’zda tutish mumkin. Bu holda litsenzion bitim, qoidaga ko’ra, litsenznar
tomonidan tegishli injiring (muxandislik-maslahat)
xizmatlarini, shu jumladan
loyihalashtirish, litsenzion ishlab chiqarishni tashkil qilish, nou-xau, ishga tushurish-sozlash
ishlar, xodimlarni tayyorlash va h.k. ko’rsatishni ko’zda tutadi.
Litsenzion bitimlar mustaqillarga, ular texnologiya va texnolgik bitimlar bo’lg’uvsi
foydalanishga ularning joyi va sharoitlaridan qat’iy nazar topshirilishini ko’zda tutadi va
birga bo’luvchilarga bo’linadi, bunda litsenziyani topshirish bilan bir vaqtda qurilish,
uskunalarning butlovchi qismlarini yetkazib berish yoki injenering xizmatlari ko’rsatishga
shartnoma tuziladi.
Sotuvchi (litsenzior)ga xaridor (litseziat)ga litsenzion bitim predmetida foydalanish
huquqini bergani uchun mukofotlash litsenzion to’lovlar vositasida amalga oshiriladi, ular
bitim amalda bo’lish davri davomida xaridor daromadidan davriy ajratmalar yoki ekspert
baholari aosida oldindan belgilangan bir vaqtdagi to’lovlar ko’rinishida bo’lishlari mumkin.
Davriy ajratmalar (royaltlar) oborot, litsenzion mahsulotni sof sotishlar qiymatidan
foiz to’lash kabi belgilanishi mumkin yoki ishlab chiqarilgan mahsulot
birligiga hisoblash
bilan belgilanadi. Bir vaqtdagi to’lov litsenziardan hujjatlarni topshirilishini ko’zda tutuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: