Mavzu: Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash
1-masala Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
a) xarajat oqimlari bo‘yicha YaIM hajmi;
b) daromad oqimi bo‘yicha YaIM hajmi (MHTning eski talqiniga ko‘ra); v) SIM hajmi;
g) MD hajmi.
Hisob
Mlrd.
pul birl.
Korporasiyalarning taqsimlanmagan foydasi
10
Sof eksport
20
Dividendlar
105
Korporatsiyalar foydasiga soliq
10
Tovar va xizmatlarning davlat tomonidan sotib
1000
olinishi
Alohida qo‘yilmalardan daromad
340
Foiz
400
Ijara to‘lovi
25
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar
610
Yollanma ishchilarning ish haqi
3140
Biznesga bilvosita soliqlar
400
Iste’mol qilingan kapital hajmi
500
Shaxsiy iste’mol xarajatlari
3300
masala
YaIM 6000 pul birligiga, iste’mol xarajatlari 4200 pul birligiga, davlat xarajatlari 900 pul birligiga, sof eksport esa 120 pul birligiga teng.
Quyidagilarni hisoblang:
a) yalpi va sof investitsiyalar hajmi;
b) eksport 450 pul birligiga teng bo‘lganda import hajmini; v) amortizatsiya 200 pul birligiga teng bo‘lsa SMMni.
masala
Quyidagi ma’lumotlarga asosan yalpi ichki mahsulot va takroriy hisob qiymatini aniqlang:
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar orqali ifodalangan:
Ko‘rsatkichlar
Pulbirliklari
YaIM
600
Uy xo‘jaliklari iste’moli
320
Sof investitsiyalar hajmi
110
Davlat xarajatlari
90
Eksport
120
Import
90
Budjetga tushuvchi bevosita soliqlar hajmi
40
Bilvosita soliqlar hajmi
30
Tadbirkorlarga subsidiyalar
25
Quyidagilarni hisoblang:
a) amortizatsiya mablag‘lari hajmi;
b) milliy daromad (MHTning eski talqiniga ko‘ra); v) davlat budjeti holati.
6-masala
Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ѐritilgan:
Iste’mol xarajatlari (S) = 2300;
Yalpi investitsiyalar (I) = 700;
Davlat xarajatlari (G) = 800;
Transfert to‘lovlari (TR) = 100;
Davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lash (N) = 100;
Soliqlar (T) = 800.
YaIM =YaMM deb taxmin qilinsin.
Hisoblang:
a) shaxsiy jamg‘armalar; b) davlat jamg‘armalari;
v) agar defitsit obligasiyalar chiqarish bilan 80%ga moliyalashtirilishi ma’lum bo‘lsa, davlat budjeti defitsitini qoplash uchun chiqarilgan davlat obligasiyalari qiymati va qo‘shimcha pul miqdori.