ALT ning ishlash rejimlari. Foydalanuvchi – loyihachi ALT bilan quyidagi ikki rejimdan birida o‘zaro ta’sirlashishi mumkin: paketli yoki dialogli rejimda.
Paketli rejim – loyihalashning eng sodda rejimidir. Bu rejimda EHM barcha loyihaviy masalalarni avtomatik hal qiladi. Loyihachi EHMga dastur kiritishi va alfavitli – raqamli yozish qurilmasi (ARYOQ) da yoki graf yasovchida loyihalash natijalarini olish kerak. Biroq paketli rejim faqat loyihani ishlab chiqishning har daqiqasida dastur barcha zarur ishlarni nazarda tutgan holdagina qo‘llanishi mumkin.
Dialogli rejim – loyihalash rejimi bo‘lib, unda sikl davriy takrorlanadi: mashinaga vazifa berish, javob olish va javobni tahlil qilish. Diaglogli rejimni samarali qo‘llash uchun EHM reaksiyasining (aks ta’sirining) o‘rtacha vaqti yetarlicha kichik bo‘lishi zarur: sekundning ulushlaridan bir necha sekundgacha. Bu rejim loyihalashda barcha ishlarni oldindan pogrammaga solib bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Loyihalashning bundan keyingi yo‘nalishini bir qiymatli aniqlash mumkin bo‘lmagan hollar yetarlicha tez–tez uchrab turadi. Bunday hollarda oldindan oraliq natijalarni tahlil qilish, qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlash, yechimlarning mumkin bo‘lgan variantlarini qarab chiqish, eng yaxshilarini tanlab olish va shundan keyingina loyihalashni davom ettirish zarur.
Insonning EHM bilan dialogli ishlashini samarali amalga oshirish loyihachining individual pultlarini yaratish tufayli mumkin bo‘ldi, ular loyihachining avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIO‘) deb ataldi. AIO‘ ning texnik vositalari tarkibiga mini yoki mikro EHM, alfavitli – raqamli va grafik axborotni aks ettirish qurilmasi, alfavitli – raqamli va grafik axborotni kiritish qurilmasi kiradi. AIO‘ markaziy hisoblash kompleksida (MHK) joylashgan yoki ALT ierarxiyasining keyingi sathida joylashgan yanada yirik EHM bilan aloqaga ega.
Alfavitli – raqamli va grafik axborotni aks ettirish qurilmalariga alfavitli – raqamli displey (ARD) va grafik displey (GD), chizmachilik avtomatlari (CHA) kiradi. ARD ekranlarida harflar, raqamlar, turli maxsus simvollardan iborat matnli axborot aks etadi. Bu axborot loyihachiga loyihalash jarayonini tahlil qilish uchun va qaror qabul qilish uchun zarur bo‘ladi.
CHA da ham matnli, ham grafik axborot rasmlar, chizmalar, grafiklar va hokazolar tarzida akslanadi. CHA da olinadigan axborot hujjatlashtiriladi, uni saqlash yoki konstruktorlik hujjatlari komplektiga kiritish mumkin.
EHMga alfavitli – raqamli axborotni kiritish uchun displeylarning klaviaturalari «Konsul-260» turidagi pultli yozuv mashinkalari qo‘llaniladi. EHM ga amalda istagan murakkablikdagi grafik axborotni kiritish, grafnk axborotni kodlash qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |