Prujinali asboblarning ishlash prinsipi bosim ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini o‘lchashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida o‘lchash asbobining strelkasi to‘g‘ri chiziqli yoki burchakli shkala bo‘yicha siljib, bosim qiymati P ni ko‘rsatadi.
Prujinali asboblarning o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lishi uchun ulardagi elastik elementlar elastiklik moduli va issiqlik kengayish koeffitsientlari kam bo‘lgan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va gisterezis hamda qoldiq elastiklik hodisalari bo‘lmasligi talab qilinadi.
Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosimlar farqi va shu kabilarni o‘lchash uchun qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |