4. Ekologik tushkunlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash endilikda birinchi darajali va kechiktirib
bo’lmaydigan vazifaga aylandi. CHunki, ichimlik suvlarining ifloslanganligi, joylarda
atmosfera havosini chiqindilar bilan jiddiy to’yinganligi, buning natijasida aholi
orasida turli kasalliklar tarqalganligi, sug’orma yerlarni sho’rlanib, yaylovlarning
mahsuldorligini pasayib borayotganligi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir
etayotganligi mamlakat miqyosida tub o’zgarishlarni amalga oshirish zarurligini
uqtiradi.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida bir qator bir-birlari bilan bog’liq
bo’lgan tugunli masalalarni hal qilish lozim bo’ladi. Birinchi galda ekologik
(bioEkologik,
geosistemali, biosferali) monitoringni amalga oshirish ustuvor
ahamiyatga ega. O’zbekistonda bu turdagi monitoring hozirda turli muassasalar va
tashkilotlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda, lekin ularning ko’lami va egallagan
hududi hozirgi talabga mutlaqo javob bermaydi. CHunonchi, tuproqning sanoat va
kimyoviy ashyolar bilan ifloslanishi (Respublika BoshGidromet xizmatiga yuklatilgan)
faqat ayrim qishloq jamoalari hududi bo’yicha nazorat qilinadi. Bunda barcha
viloyatlarning sug’oriladigan yerlari nazarda tutilmagan, hech bo’lmaganda har bir
viloyat bo’yicha tanlab olingan testli jamoa xo’jaliklarini ma’lum uchastkalari nazarda
tutilganda maqsadga muvofiq bo’lar edi. Faqat shundagina respublika hududi bo’yicha
sug’orma yerlarni texnogen ifloslanishi bo’yicha tegishli xulosa chiqarish mumkin
bo’ladi. Xuddi shunday ahvol suv havzalarining ifloslanishi, atmosfera havosining
chiqindilar bilan to’yinishi va boshqa sohalarda ham mavjud, ularning belgilangan
me’yorda bo’lishi tabiiy muhit bo’yicha zarur bo’lgan monitoring axborotlarini olish
va mavjud ekologik vaziyat to’g’risida aniq xulosa chiqarishga imkon beradi.
Ekologik ekspertiza yangi quriladigan sanoat korxonalari uchun xos. Lekin
mantiqan qaraganda ishlab turgan barcha sanoat korxonalari, gidrotexnik inshoatlar va
boshqa muhandislik ob’ektlar uchun muntazam ekspertiza o’tqazish zarur. Atrof-
muhitni aslida eskidan ishlab kelayotgan sanoat korxonalari ifloslab kelmoqda.
183
Binobarin, ekologik ekspertiza barcha korxonalarni nazoratga olishi shart. SHundagina
tabiiy muhitda tozalanish boshlanishi mumkin.
Ekologik vaziyatni boshqarish va tegishli tadbirlar majmuasini qo’llash uchun
negiz sifatida turli masshtablarda ekologik va tabiatni muhofaza qilish Haritalarini
yaratish joiz. Bu Haritalar respublika hududida mavjud ekologik vaziyatlarni nazorat
qilish,
ularning
tadrijiy
o’zgarishlarini o’rganish, tegishli chora-tadbirlarni
rejalashtirish imkonini beradi. Mavjud Haritalar muvaqqat bo’lib, ularning har yili
yangi ma’lumotlar bilan yangilab turilishi amaliy ahamiyat kasb etadi. Har bir viloyat
ma’lum masshtabda ekologik va tabiatni muhofaza qilish Haritalarga ega bo’lishi va
disketlarga tushirilib kompьyuterlar orqali mo’taxassislar hamda rahbariyat (shahar,
viloyat hoqimlari, Respublika Vazirlar Mahkamasi)ga foydalanish uchun topshirilishi
darkor. Kompьyuterlar orqali aloqa barcha viloyatlardan olingan tasvirlar yordamida
Toshkentda respublika bo’yicha jamlanma monitoringli axborot olinish imkoni bo’ladi.
Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha chiqarilgan barcha Oliy Majlis qonunlari va
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ko’rsatmalari va boshqa me’yoriy hujjatlari o’z
vaqtida bajarilishi va ularga amal qilinishi lozim. qonunga hurmat tabiatga ham
hurmatni bildiradi.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash shuningdek, me’yoriy ko’rsatkichlar, REM va
boshqa qabul qilingan ma’lum andozalarga rioya qilishga ham bog’liqdir. Sanoat,
avtotransport chiqindilari eng kam xavfsiz ko’rsatkichlarga qadar kamaygan bo’lishi,
ikkilamchi resurslar to’liq qayta ishlanib ulardan foydali elementlar ajratib olinishi
zarur. eng muhimi, isrofgarchilikka chek qo’yilib, tabiatdan ehtiyojga yarasha
boyliklarni ajratib olib, chiqindilarni chiqarmaslik tamoyilida ish to’tishga o’tishdan
iborat. Tabiatdan boyliklarni olishda «kim oshdi» tamoyilidan voz kechib uni boyitish,
resurslarni qayta tiklash, kamayib borayotganlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish,
bu borada muqobil variantlar, ya’ni o’rnini bosadigan boshqa resurslardan
foydalanishga o’tish kabi tamoyillarni barcha joylarda, hamma ishlab chiqarish
korxonalarida qo’llashga o’tish tabiatni asrash, uni e’zozlash o’z navbatida ekologik
xavfsizlikni ta’minlashni kafolatlaydi.
Inson hayotini turli ekologik xavflardan asrash keyingi vaqtlarda eng muhim
masalalardan bo’lib qoldi. ekologik xavf-xatarning sabablariga texnologik va ekologik
krizislarni kiritish mumkin. ekologik xavf iqtisodiyotning nazoratsiz rivojlanishi,
texnologiya va texnikaning orqada qolishi, tabiiy va antropogen avariya va
faloqatlarning yuz berishi natijasida inson, o’simlik hamda hayvonot olami
yashaydigan muhitning buzilish ehtimolligi, buning oqibatida tirik organizmlarning
mavjud bo’lish sharoitlariga moslashishi buziladi.
Ekologik xavf-xatarning eng kuchli ob’ektlari AES, kimyo sanoati, neftni qayta
ishlaydigan korxonalar, truboprovodlar transport hisoblanadi. Albatta, bulardan
tashqari bizga sezilmaydigan texnologik chiqindilar havo, suv, tuproq, o’simlik va
boshqa organizmlarni sekin-asta zaharlab kelmoqda, bular ma’lum vaqtdan so’ng
to’satdan katta hududga kuchli ta’sir qilishi ham mumkin. Inson salomatligiga
texnogen chiqindilarning faol ta siri to’g’risida 70–yillarda bir qator olimlar
ogohlantirgan edilar. Masalan, yashash muhitida radiatsiya, kimyoviy birikmalarning
ta siri kabi mo’tagen omillarning keskin ko’payishi kuzatilsa, u holda odamning
genetik axboroti buzilishi mumkin. Bu hodisa insonning genetik asosining buzilishi
184
xavfidan darak beradi. Buning tasdig’i sifatida keyingi 30 yil mobaynida rivojlangan
mamlakatlarda nuqson bilan tug’ilgan bolalar miqdori keskin ko’payganligini
ko’rsatish mumkin. Rossiyaning Perm shahrida yodorganiq va ftororganiq sintez ishlab
chiqariladigan mintaqada 12-17 yoshdagi o’g’il bolalarning 57%, qiz bolalarning 82%i
qalqon bezining giperplazi(to’qimalarda strukturali elementlar sonining ortishi), buyrak
yuqorisining buzilishi (disfunktsiya) va boshqa kasalliklar bilan xastalangan. Ufa,
yekaterinburg, Samarada 3 yoshgacha bo’lgan yosh bolalar badanining me’yordan
kichikligi xarakterli va b.
Qo’rg’oshin va simob chiqindilari nihoyatda tahlikali. Ularning ozgina miqdori
ham bolalarning bosh miyasi o’sishiga jidiy ta sir ko’rsatadi. Saraton kasalini
o’rganuvchi xalqaro agentlikning xabariga ko’ra hozirgi vaqtda ishlab chiqarish
jarayonida taxminan 50 turdagi modda kishini rak kasali bilan og’rishiga ta sir etishi
mumkin, epidemiologiya tadqiqotlarining ko’rsatishicha, taxminan 100 turdagi modda
kantserogenli xususiyatga ega ekan. Bularning barchasi kuchli ekologik xavf
to’g’risida xabar beradi. Bizningcha, eng avvalo sanoat korxonalarida chiqindilarning
eng kam miqdorda tashqariga chiqishini ta’minlashga yerishish o’ta dolzarbdir.
Respublika Prezidenti Islom Karimovning «O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997 y.) asarida
ekologik va xavfsizlik muammosi chuqur tahlil qilingan. Muallif respublika hududi
uchun
bir
qator
eng
xavfli
manbalarni
ko’rsatib o’tadi. CHunonchi,
Moylisuv(qirg’iziston) daryosining qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha
uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko’milgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar
saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu yerlarda selni to’sadigan to’g’onlarni mahkamlash
va ko’chki xavfi bo’lgan joylardagi qiyaliklarni mustahkamligini ta’minlash lozim.
Navoiy viloyatidagi uran qoldiqlari saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli
ifloslantirish o’chog’i hisoblanadi. Bu yerdagi radioaktiv qumni shamol uchirishi xavfi
bor (512 bet).
Islom Karimov o’z kitobida shuningdek, ekologik xavfsizlik nuqtai nazardan suv
zahiralarining taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug’dirayotganligini
uqtiradi. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya-gigiena va sanitariya epidemiologik
vaziyatni, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida yomonlashtirayotganligini katta
tashvish bilan yozgan. Haqiqatdan ham quyi Amudaryo, quyi Zarafshon va boshqa
hududlarda suv taqchilligi va suvning ifloslanganligi aholi orasida turli kasalliklarning
tarqalishi nuqtai nazardan katta ekologik xavf hisoblanadi.
Orol dengizining tezkorlik bilan qurib borayotganligi xususan O’zbekiston hududi
uchun jiddiy xavf, axir dengiz butunlay qurisa uning o’rnida maydoni 6,6 mln. ga dan
ziyod qum va tuzdan iborat ulkan Orol cho’li tarkib topadi, buning ekologik va
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari hozirdan ma’lum. Qoraqalpog’iston, Xorazm, Toshhovo’z
vohalarida tabiat-xo’jalik-aholi tizimida jiddiy o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
qizilqum, qarshi cho’li, Ustyurt platosida keyingi vaqtlarda ma’danlarni qidirish,
neft va tabiiy gaz qazib olish va boshqa maqsadlarda keng miqyosda texnologik
jarayonlar amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida katta maydonlarda yaylovlar ishdan
chiqmoqda, ya’ni harakatdagi qumlar maydoni kengayishi tufayli qorako’l qo’ylari
boqiladigan tabiiy yaylovlarda degradatsiya kuchayish tendentsiyasi yuz bermoqda. Bu
hodisa vohalar bilan cho’l tutashgan mintaqada ham barqarorlashmoqda. Barxan
185
qumlari maydonining kengayishi jiddiy ekologik xavf tug’dirmoqda, uning oqibatlari
barchaga ayon.
Demak, respublikada ekologik xavfsizlik masalasi yetarli darajada taxlikali, uni
ma’lum majmuali dasturlar asosida bosqichma-bosqich ijobiy hal qilish amaliy
ahamiyat kasb etadi. Bu borada uzoqqa mo’ljallangan ekologiyalashtirilgan iqtisodiy
strategiya zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |