Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

Gaz  sanoati.  U  mamlakat  yoqilg’i  -  energetika  sanoatining  eng  rivojlangan  va 
uning  iqtisodiyotida  salmoqli  tarmog’i.  Uni  qazib  olish  va  ishlatish  mikdori  katta 
tezlik  bilan  o’sib  bormokda.  1990  yilda  mamlakatda  40761  million  kubometr  gaz 
qazib  olingan  bo’lsa  1995  yilda  bu  ko’rsatkich  48600  mln  kubometrni  tashkil  kildi. 
O’zbekiston  gaz  zahiralari  va  uni  qazib  chiqarish  bo’yicha  dunyoning  birligi  10  ta 
davlat  safiga  kiradi.  MDX  mamlakatlarida  esa  Rossiya  va  Qozog’istondan  keyin  3 


 
97 
o’rinda  turadi.  Gazning  mamlakat  yoqilg’i  balansidagi  xissasi  2/3 kismga teng bo’ldi. 
Gaz  qazib  olish  ham  neft  singari  tez  o’sib  bormokda.  Mamlakatimizda  neft  bilan 
yo’ldosh  tarzda  uchraydigan tabiiy gazni qazib olish urushdan oldin boshlangan. Neft 
gazidan  sanoat  maksadlarida  foydalanish  uchun  birinchi  gazoprovod  (15 
km)"Andijonsanoat"  -  Andijon  shaxri  o’rtasida  1944  yilda  kurilgan  .  Birok  tabiiy 
gazdan  sanoat  maqsadlarida  foydalanish  1950-1960  yillarda  boshlangan.  Yilma-yil 
mamlakat  gaz  sanoatining  geografiyasi  kengayib  bordi.  Dastlab  Farg’ona  vodiysida, 
1960  yillarda  Buxoro  va  Navoiy  viloyatlarida  1970  yillardan  boshlab  Qashqadaryo 
viloyatida 
gazning 
g’oyat 
katta 
zahiralari 
topildi. 
Surxondaryo 
va 
Qoraqalpog’istonning  xududlaridan  ham  ko’pgina  gaz  konlari  topilgan va oldin-keyin 
ishga  tushirilgan.  Ayniksa  respublikada  gaz  sanoatining  rivojlanishida  Jarkok  va 
Gazli  konlarining  ochilishi  va  ishga  tushirilishi  katta  rol  uynaydi.  1955  yilda 
Jarkok,1956  ylda  Gazli  neft  konlarining  ochilishi  natijasida  mamlakat  gaz 
sanoatining  moddiy  bazasi  yaratildi.  1958-1960  yillarda  Jarkok-Buxoro-Samarqand-
Toshkent 
gaz 
kuruvi 
qurildi. 
Ushbu 
gaz 
magistralining 
qurilishi 
bilan 
respublikamizning  mazkur  zonadagi  sanoat  markazlari,  shaharlar  va  ko’pgina 
qishloqlarni  gazlashtirish  boshlandi.  1962  yilda  katta  zahiraga  ega  bo’lgan  Gazli  koni 
ishga  tushirildi.  Natijada  zudlik  bilan  gaz  quvurlari  qurildi  va  O’zbekiston  gazi 
birinchi  navbatda  katta  xajmda  o’zga  regionlarga  jo’natiladigan  bo’ldi.  O’zbekiston 
gazi  sobik  ittifokning  Yevropa  kismiga,  Uralga,  Qozokiston,  Qirg’iziston  va 
Tojikistonga,  shuningdek  Boltik  buyi  respublikalariga  beminnat  jo’natib  turildi.  Bu 
vaqtda  mamlakatimizning  Buxoro  va  Navoiy  viloyatlari  xududidan  uchta  gigant  gaz 
quvuri  g’oyat  tezlik  bilan  qurilgan  edi.  Juda  qiska  muddatda  "Gazli-Sverdlovskiy" 
(yani  Buxoro-Ural)gaz  quvuri  qurildi  va  metallurgiya  sanoatining  markazi  bo’lgan 
Uralning  yirik  shaharlari  (va  yirik  sanoat  korxonalari)  o’zbek  gazi  bilan  ta’  minlandi. 
Ushbu  quvur  orqali  metallurgik  Uralga  har  yili  21  milliard  kubometr  gaz  jo’natib 
turildi.  Ikkinchi  eng  uzun  va  eng  yirik  gaz  quvuri  "  O’rta  Osiyo-Markaz"  deb 
yuritilardi.  Bu  gaz  quvuri  orqali  O’rta  Osiyo  (ya’ni  O’zbekiston,  Turkmaniston  va 
Qozog’iston)  dan  Markazga  yiliga  30  milliard  kubometr  gaz  junatilar  edi.  Uchinchi 
yirik  quvur  "  Buxoro  -Toshkent-Bishkek-Olmaota"  edi.  Bu  quvur  orqali  o’zbek  gazi 
Kozogiston va Qirg’izistonning  poytaxtlariga  kirib  borgan edi. 
Eng  yirik  gaz  konlari  janubiy-  g’arbiy  Xisor  va  Buxoro-Xiva  neft  va  gazli 
mintaqalarida  joylashgan  bo’lib,  bular  SHo’rtan  va  Muborak  gruxlariga  kiruvchi 
konlaridir"  . 
Hozirgi  vaqtda  Qashqadaryo  viloyatining  Janubi-G’arbiy  kismida  joylashgan  va 
zahirasining  kattaligi  jihatidan  mamlakatimizda  tengi  yo’q  SHo’rtanda  gaz  majmui 
kurilgan  hamda  oltingugurti  kamrok  bo’lgan  tabiiy  gazni  energetika  extiyojlari  uchun 
regionlarga  o’zatish  maksadida  SHo’rtan-Sirdaryo-Toshkent  gaz  quvuri  ishga 
tushirilgan. 
SHuningdek 
Gazli-CHimkent 
gaz 
quvuri 
kurilib 
foydalanishga 
topshirildi.  Muborak  gazni  qayta  ishlash  zavodida  gazdan  oltingugurt  ajratib  olishda 
aminli  usuldan  foydalanilmokda.  SHo’rtan  gaz  majmuida  jahonda  birinchi  bo’lib 
molekulyar  elak (galvir)lar  qo’llanilmokda. 
Mamlakatning  ko’pgina  gaz  konlari  98%  oltin  gugurtli  gazdir.  SHuning  uchun 
ham  "Gazni  va  gaz  kondensatini  qayta  ishlash  bo’yicha  ishlab  turgan  va 
loyixalashtirilayotgan 
ob’ektlarning 
hammasida 
oltingugurtli 
birikmalardan 


 
98 
foydalanish  nazarda  tutilgan."  Endilikda  mamlakat  yoqilg’i-energetika  sanoatining 
gigantlariga  aylangan  Farg’ona  neftni  qayta  ishlash,  Muborak  gazni  qayta  ishlash 
zavodlari  hamda  SHo’rtan  gaz  majmuida  yiliga  100  ming  tonnaga  yaqin  suyultirilgan 
gaz  ishlab  chiqarilmokda.  Magistral  gaz  quvurlarining  umumiy  uzunligi  12,5  ming 
km  dan  ortadi.  MDX  mamlakatlari  o’rtasida tabiiy gaz qazib chiqarish bo’yicha 1991 
yil  3-o’rindan  (39  mlrd.  m
3
  va  5,2%)  2000  yilda  2-o’ringa  chiqdi  (56,2  mlrd.  m

va 
8%).  2003  yil  57,7  mlrd.  m
3
  va  2007  yilda  60,0  mlrd.  m
3
  dan  ortiq  tabiiy  gaz  qazib 
chiqarildi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish