165
atrofidagi (Yalong’och) g’isht zavodlarining karerlari nihoyatda katta, bu yerda relef
juda ham o’zgarib ketgan. Ko’pincha kar yerlar shundayligicha tashlab ketiladi. U
keraksiz tashlandiq yer bo’lib yotadi. Lekin qarovsiz qoldirilgan kar yerlar rekul
tivatsiya bosqichlaridan o’tkazilib, xo’jalikda foydalanilsa iqtisodiy jihatdan katta
foyda beradi. Daryo qayirlaridagi shag’al, tosh va qum kar yerlari foydalanib
bo’lingandan so’ng, odatda tabiiy holda ko’lga aylanadi yoki axlatxona sifatida
foydalanish boshlanadi. CHunki, turli korxonalar o’zlarida foydalanilmagan turli
chiqindilarni ularga olib kelib tashlaydilar. Binobarin, kar yerlarning turli chiqindilar
bilan to’lishi daryo suvining ham ifloslanishiga olib keladi. CHunki, qayir va past
terrasalarda grunt suvlarining sathi yer betiga juda yaqin turadi.
Bizningcha, daryo qayirlari va quyi terrasalardagi chuqur kar yerlarni qo’lbola
ko’llarga aylantirish maqsadga muvofiq. Ko’l atrofida odamlarning xordiq chiqarishi
uchun daraxtzorlar bunyod etish, ovqatlanish, sport, madaniy–maishiy xizmat
ko’rsatish korxonalari kabi infratuzilma ob’ektlarini vujudga keltirish mumkin.
Bunday ko’lda yozda cho’milish, baliq to’tish, suv sporti o’yinlarini o’tqazish uchun
chiroyli manzarali so’lim go’sha tarkib topadi.
Buzilgan yerlarni rekul tivatsiya qilish umuman olganda juda ham kichik
maydonlarda amalga oshirilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonda
1987 yilda atigi 2,3 ming, 1988 yilda 1,6, 1989 yilda 1,9, 1990 yilda 3,3, 1991 yilda
0,52, 1992 yilda 1,7, 1993 yilda 0,CAPut!’ ming ga buzilgan yerlar tuzatib
foydalanish uchun topshirilgan. Bu ish Ustyurt platosida bundan ham sust. SHarqiy
chinkka yaqin joyda o’tkazilgan ikki qator magistral gaz quvurlarini joylashtirish 60-
yilarda amalga oshirilgan edi. Lekin shu vaqtga qadar ham buzilgan yaylov o’zining
avvalgi tabiiy holiga qaytgani yo’q. CHunki, quvurlar qo’yilgan xandaq, shoshma-
shosharlik bilan pala-partish bekitilgan, eng ustki tuproq qatlami ustida qattiq
ohaktosh jinslar parchalari mavjud, mayda tuproq umuman solinmagan, natijada har
bir yo’nalish bo’yicha eni 3-4 m. li yalong’och mintaqa saqlanib qolgan, biror giyoh
topilmaydi. Binobarin, katta maydondagi yaylovlar butunlay ishdan chiqqan. Agar
qazilgan xandaqlar keyin sifatli qilib bekitilib, usti mayda tuproq bilan qoplanganda,
hozirga qadar yaylovlarning buzilganligi hatto sezilmas edi.
Hozirgi kunda rekul tivatsiya ishlarini keng miqyosda Olmaliq, Navoiy,
Muruntov,
Uchquduq
tog’-metallurgiya
korxonalarining
terrikonlari
va
ag’darmalarida, qizilqum fosforit konining ag’darmalarida amalga oshirilishi o’ta
zarur. CHunki, katta miqdorda bo’sh tog’ jinslari va ishlatib bo’lingan shlaklar yig’ilib
qolgan. Ularning bir qismi zaharli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: