Marketing evolyutsiyasi ilm sifatida Yillar |
Nazariy asoslari
|
Uslublari
|
qo’llash sohasi
|
1900-1950
|
Tovar haqida o’rganish, taqsimlashga mo’ljal olish, sotish va eksport nazariyasi
|
Ko’zatish, xaridni va sotishni tahlil qilish, ehtimollarni hisoblash, iste’mol ‘aneli
|
Ommaviy tovar ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi tarmog’i
|
1960
|
Sotish haqida o’rganish, tovarga, sotish hajmiga mo’ljal olish, distribyuterlik nazariyasi
|
Motivlar tahlili, faoliyatni tadqiq qilish, modellashtirish
|
Iste’mol vositalari iste’molchilari
|
1970
|
qaror qabul qilish va xulq-atvorni ilmiy asoslari
|
Faktoring, diskriminant tahlil, matematik uslublar, marketing modellari
|
Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol vositalari iste’molchilari
|
1980-1990
|
Holatli tahlil, menedjment funktsiyasi sifatida marketing haqida o’rganish, raqobatni tahlil nazariyasi, ekologiya asoslar, strategik marketing
|
pozitsiyalashtirish, klaster tahlil, iste’molchilar tipologiyasi, ekspertiza, sabab-oqibat tahlili
|
Iste’mol vositalari, ishlab chiqarish vositalari, xizmat sohasi, foyda ko’rmaydigan tashkilotlar iste’molchilari
|
1990 yildan Shu davrgacha
|
Tadbirkorlik quroli va funktsiyasi sifati marketing haqida o’rganish, bozor tarmoqlari nazariyasi, kommunikatsiya va o’zaro ta’sir nazariyasi, ijtimoiy va ekologik samaraga mo’ljal olish
|
pozitsiyalashtirish, klaster tahlil, iste’-molchilar tipologiyasi, raqobatchilar va iste’molchilarni xulq-atvori modellari, benchmarketing, o’yin nazariyasi
|
Ishlab chiqarish vositalari, iste’mol vositalari, xizmat sohasi, foyda ko’rmaydigan tashkilotlar, davlat tadbirkorligi sohasidagi iste’molchilar
|
Manba: Bagiev i dr.M.: “‘iter”, 2005
Marketing elementlari tarkibi va
marketing–miks tushunchasi
Marketing tizimida quyilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yig’indisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo’lib hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bulib Garvard biznes maktabi ‘rofessori Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 “P” deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to’rtta asosiy elementlari ajratib ko’rsatilgan: tovar (product), narx (price), sotish (place), reklama-rag’batlantirish (promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muxtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 “P” ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab o’tilgandir. Marketing-miks elementlari quyidagi chizmada ko’rsatilgan (2-chizma).
1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) ko’shib, oldingi 4 “P” ni 6“P” ga kengaytirib ko’rsatdi.
4“P” modelini qo’llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida ilg’or rol o’ynaydi.
Marketing-miks keng qo’llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini o’z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, Shartnoma miksi, kommunikativ miks, taqsimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o’rovi, xaridorlrga xizmat ko’rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazo.
Shartnoma siyosati tovarni oldi-sotdi akti Shartlari keliShuvini va bitim ko’rinishida ularni rasmylashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-tadbirlariga: narx siyosati, ustama va chegirtma tizimi, tovar yetkazib berish va uni to’lov Shartlari, Shuningdek kredit siyosati kiradi.
2-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa.
Taqsimot siyosati tovarni tayyorlanish joyidan oluvchiga yetkazib berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati. Iste’molchilar va bozorlarni joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlarni omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Kommunikativ siyosatni vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar va xizmatni siljitish bo’yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing tizimini barcha ob’yektlarini korxona – mahsulot tayyorlovchilar bilan o’zaro harakatini tashqil etishdan iboratdir.
Tayanch iboralar:
Marketing, bozor, bozor elementlari, talab, taklif, narx, ehtiyoj, xoxish, muxtojlik, ayirboshlash, bitim, marketing konsepsiyasi, marketing-miks, marketing evolyutsiyasi.
NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI:
1. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi qanday?
2. Marketing elementlari tarkibiga nimalar kiradi?
3. Ijtimoiy-ahloqiy marketing konsepsiyasini mazmuni nimadan iborat?
4. Marketing konsepsiyasi bilan sotish konsepsiyasi o’rtasidagi farq nimadan iborat?
5. Ishlab chiqarish konsepsiyasi bilan tovar konsepsiyasi o’rtasidagi farqni ko’rsating?
3-Mavzu: MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI, FUNKTSIYaLARI VA TURLARI
1.Marketingning asosiy tamoyillari.
2.Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni.
3.Marketingning vazifalari.
4.Talabning holati va uning rivojlanishiga ko’ra marketing turlari.
1. Marketingning asosiy tamoyillari
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
iste’molchilarga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish kerak;
bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarning muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;
tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng tashqil etish kerak;
firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga kontsentrlashganini kuchaytirish;
marketing konsepsiyasi vositalarini qo’llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo’g’inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o’zida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo’llash;
korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulk-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo’ljal olish;
tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo koorrdinatsiyalash va o’zaro ta’sirini ushlab turish;
tovar bozori yoki firma imidji (obruyi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |