Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 36,42 Kb.
bet2/3
Sana02.03.2022
Hajmi36,42 Kb.
#477283
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi

Tadqiqot obyekti: ma’naviyat tushunchasi va finominida inson harakteri, shakllantirish omillari va vositalari
Tadqiqot predmeti: yuksak ma’naviyatli shaxs shakllanishi uchun asos bo’luvchi ma’naviy harakter va vositalarni tahlil qilish
Tadqiqot vazifalari:

  1. Mavzuga oid mavjud ilmiy va o’quv materiallari hamda tadqiqot
    ishlarini tahliliy o’rganish;

  2. Ma’naviy tamoyillar tizimini tavsifi va asosiy xususiyatlarini aniqlash;

  3. Oila, makon, ilm va e’tiqod masalalarida ma’naviyatning shakllantirish va fundamental asoslarini yoritish va xulosa qilish;

Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2021 yildagi PQ-5040-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.2019 yildagi PQ-4307-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori


I BOB
MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI VA MA’NAVIY HARAKTER
I.1. Ma’naviyat tushunchasi va shaxs ma’naviyati


Dunyoning qay tarafiga nazar solmang har qaysi millat hamda jamiyat hayotida o‘ziga xos jihatlar, uning tarixiy taraqqiyot va uzoq yillar davomida ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelgan milliy an‘analari va qadriyatlari tizimi, milliy xususiyatlari hamda xarakterini ko‘rish mumkin. Ushbu jarayonlar bevosita jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik va milliy totuvlikni ta‘minlash, mental xususiyatlar va xarakterni saqlab qolish jarayonida asosiy dastak vazifasini o‘taydi. Milliy qadriyatlar va an‘analar, umuman olganda barcha milliy xususiyatlar jamiyat hamda insonlar hayot tarzining asosini belgilovchi omillardan hisoblanadi. Milliylik elementlari maishiy turmush tarzi, mehnat faoliyati, odobaxloq, ijtimoiy munosabatlar va boshqa jihatlarda bir qator o‘z ta‘sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Aslini olganda esa har bir milllat mentaliteti shu millat taqdiri, ertasini belgilab beruvchi vosita ham hisoblanadi. Jamiyat hayotida ma‘lum bir davrdan boshlab toki hozirgi kunga qadar bosib o‘tilgan mashaqqatli va sinovli, achchiq hamda shirin, ibratli va hikmatli kunlar shu jamiyatning, shu millatning orzu umidi, an‘analari, qadriyatlari, maqsad motivida, bir so‘z bilan aytganda milliy g‘oyasida 5 o‘z aksini topadi deyish mumkin. Milliy g‘oya – bu har bir millatning ezgu orzu-intilishlari, maqsadlari va ideallarining milliy qadriyatida, urfodat va an‘analarida, turmush tarzi va hayot faoliyatining barcha sohalarida aks etuvchi abstrakt tushuncha sifatida har bir millatning qalbini anglatuvchi g‘oyalar yig‘indisi, majmui hisoblanadi. Milliy g‘oyaning asosini tarixiy taraqqiyot, e‘tiqod va muayyan davr sivilizatsiyasi, yutuqlar va milliy ruh uyg‘unligi, mintaqaviy xususiyatlar va mental jihatlarning birikmasi hosil qiladi. Milliy g‘oya jamiyat ijtimoiy muhiti va jarayonlarining, turli tabiiy va ijtimoiy hodisalar, tabiiy jarayonlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan voqeliklarning yechimini o‘zida ma‘lum badiiy ideallar asosida shakllantirgan jihatdir. O‘z oldiga muayyan davrning mukammal pozitsiyasini namoyon qilgan milliy g‘oya ushbu muammolar yechimini topgunga qadar bosh maqsad, strategiya vazifasini o‘taydi hamda davrlar o‘tishi bilan yangi bir ijtimoiy komillik darajasini o‘zida aks ettirgan, yana ham yuqori istiqbollarni belgilab beradi. Umuman olganda jamiyatning va millatning ruhi, qalbi milliy g‘oyada mujassam bo‘ladi deyish mumkin. Uzoq davrlik tarixiy taraqqiyot insonlar uchun ma‘lum tarzdagi hayotiy zaruratlarni yuzaga keltirdi. Insonlar tabiiy muhit bilan yaqinlashishi natijasida ko‘plab hodisalar haqida muayyan tushunchalarni anglab yetishdi, tabiiy ehtiyojlarni qondirish usullarini shakllantirishdi, o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishish, bir birini anglab yetish kabi jihatlar shular jumlasidandir. Ibtidoiy davrdan hozirgi kunga qadar biz ko‘rib turgan dunyo o‘z xarakterini butkul o‘zgartirdi. Bunda inson omili yetakchi hisoblanadi. Insonlarning o‘zlari tomonidan yaratilgan ko‘plab yangiliklar, ilmiy va badiiy jihatlar, axloqiy va 6 ijtimoiy me‘yorlar, umuminsoniy va milliy qadriyatlar va shu bilan birga insoniy xususiyatlarga zid bo‘lgan illatlar, inson ongi hamda ruhiyatiga salbiy ta‘sir etuvchi jihatlar, inson hayoti, qadr-qimmati va jamiyatdagi o‘rnini, uning inson sifatidagi funksiyasini yo‘q qiluvchi hodisalar ham hayotimizga kirib keldi(o‘zimiz yaratdik). Endi esa jamiyat oldida bir qator ijtimoiy masalalarga e‘tibor qaratish zarurati vujudga keldi. Ushbu jarayonlarda biz uchun, insoniy xususiyatlar, o‘zligimiz va axloqiy tamoyillarni saqlab qolish, umumbashariy qadriyatlar va gumanizm g‘oyalariga, ijtimoiy muvozanatni saqlab qolishda asosiy dastak vazifasini o‘tovchi ―ma‘naviyat‖ning o‘rnini mustahamlash muhim jihat hisoblanadi. Ma‘naviyat – bu, eng avvalo, har bir insonning ichki ruhiy olami, hayoti, dunyoqarashi, axloqiy va insoniy me‘yorlarga amal qilishi, o‘zida insoniylik, bag‘rikenglik, to‘g‘rilik, adolat, xushmuomalalik, halollik, samimiylik, ahillik, daxldorlik, rostgo‘ylik, ma‘rifat, totuvlik, jonkuyarlik, poklik va barcha insoniy fazilatlarni anglab yetish va uni amaliy jihatlarda namoyon qila olish, faqat insonlargagina xos bo‘lgan, inson shaxsi va uning hayotiy faoliyati davomida ilm izlash, ijtimoiy muhit hamda munosabatlar, ibrat tarbiyasi, oilaviy muhit, e‘tiqod va ichki botiniy erkinlik va soflik asosida shakllanadigan insoniy xarakter va umumiy fenomen hisoblanadi. Ma‘naviyat insonni har tomonlama tarbiyalovchi va ma‘naviyatli inson esa jamiyatni tarbiyalovchi dastak hisoblanadi. Ma‘naviyat botiniy tushuncha hisoblanadi va uning akssadosi bevosita zohiriy olamda aks etishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Lekin har doim ham zohiriy olam ma‘naviy darajani to‘la-to‘kis namoyon qilmasligi, ichki ruhiyat va dunyoqarash, his-tuyg‘ularning 7 darajasi tashqi ifodadan ko‘ra bir necha barobar yuksak bo‘lishi mumkin. Ushbu holatda birinchi navbatda asosiy jihat insonning o‘ziga, o‘z vijdoniga bog‘liq bo‘ladi. Buyuk va jonkuyar jadid ajdodimiz Abdulla Avloniy aytganlaridek: ―Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo faolokat,yo saodat, yo xalokat masalasidir‖. Ma‘naviy tarbiya esa butun bir bashariyatning buguni hamda ertasini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Bugungi globallashgan va hayot tarzimiz, xuddiki soat strelkalari singari tez o‘tib borayotgan bir paytda jamiyatimizda ma‘naviy muhitni shakllantirish va milliy g‘oya haqida, milliy ruh haqida muayyan tushunchalarga ega bo‘lish muhim va jamiyat, millat taqdiriga befarq bo‘lmagan barcha uchun o‘z millati oldidagi burchi hisoblanadi!!!


Hozirgi davrda jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlar ko‘plab yangi tabiiy ehtiyojlarni yuzaga keltirmoqda. Bugungi kunda borliqda va ijtimoiy hayotda muvozanat hamda barqarorlikni saqlash, insoniy xususiyatlar va axloqiy me‘yorlar, umumbashariy qadriyatlar va milliy an‘analarni saqlab qolishning eng zaruriy asosi bu ma‘naviyat hisoblanadi. Savol tug‘iladi, xo‘sh, ma‘naviyat o‘zi nima‘ Uning mazmun-mohiyati qanday‘ Uning ma‘nomazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni turlicha talqin qilish mumkin. Bunga sabab esa bevosita har bir insonning jamiyat va ijtimoiy munosabatlarga turlicha qarashi, ichki botiniy olami hamda o‘zini idrok etish holatidan kelib chiqadi. Xususan, ma‘naviyat birinchi navbatda , inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi ijtimoiy hodisadir. U kishilarning falsafiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ma‘naviyat atamasining asosida ―ma‘ni‖, ―ma‘no‖ so‘zlari yotadi. Ma‘lumki, insonning tashqi (zohiriy) va ichki (botiniy) olami mavjud hisoblanadi. Xususan, inson tashqi olamiga uning shaklxususiyatlari va mavjud materiya holati, ya‘ni ko‘rinishi, kiyinishi, xattiharakati va boshqalar kiradi. Ichki olami esa alohida bir butun va cheksiz dunyo bo‘lib, kishining hayotdagidan maqsadi, dunoqarashi, orzu-istaklari, aqliy faoliyati, ruhiy emotsional tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Insonning xuddi shu botiniy olami ma‘naviyat hisoblanadi. Tabiiy ehtiyojlar odamning jismoniy holatiga asos bo‘lsa, ma‘naviyat unga ruhiy quvvat va g‘ayrat bag‘ishlaydi. Ma‘naviyat ma‘rifat va madaniyat bilan bevosita bog‘liq tushunchadir. Ma‘naviyat odamlarda tayyor holda 9 vujudga kelmaydi. Unga muttasil izlanish, harakat, o‘qish, o‘rganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Ma‘naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topib boraveradi. Ma‘naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli o‘tkazish yo‘lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtayi nazaridan yondashadi. Vijdon nima, yolg‘on va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima – bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, ma‘naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanparvarlik inson ma‘naviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ma‘naviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, iste‘dod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, g‘ururi, obro‘-e‘tibori hisoblanadi. Ma‘naviyatli jamiyatda aql, sog‘lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli bo‘ladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy madaniy rivojlanishisiz ma‘naviyatni tasavvur qilish mushkul. ―Ma‘naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt saodat bo‘lmaydi‖, - degan edi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimov. Shu sababli O‘zbekistonda ma‘naviyatni yuksaltirish, xalqni ma‘naviyatli qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma‘naviyatimiz 10 ―Avesto‖ va zardushtiylik ta‘limotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Ma‘naviyat - nur, ma‘naviyatli shaxs dilida haqiqat nuri aks etgan, o‘zligini anglagan, o‘zining borliqdagi o‘rni va vazifasini tushunib yetgan, haqiqat oldidagi o‘z maqomiga loyiq bo‘lish va burchini ijro etish mas‘uliyatini zimmasiga ola biladigan inson. Millat ma‘naviyati, o‘z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir. Ma‘naviyat va uning o‘zagidan yasalgan ―ma‘naviy‖ sifatlashining qo‘llanish doirasi keskin kengayib, ularning lug‘aviy va atama sifatidagi mazmuni behad boyib bormoqdaki, bu esa ma‘naviyatni aloqida ilmiy tushuncha sifatida o‘rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va shu singari boshqa tushunchalar tizimidagi o‘rnini aniqlashni, ular bilan o‘zaro munosabatini tahlil qilishni taqozo etmoqda. Ma‘naviyat harakatdagi ong, dunyoqarash, iroda, urf- odatlar, madaniy qadriyatlar tizimi hamda u aqliy va hissiy muhit sifatida ijtimoiy hayotning barcha sohalari va shakllari bilan bevosita bog‘liq. Ko‘p hollarda ularga nisbatan aqliy, g‘oyaviy-mafkuraviy negiz vazifasini o‘taydi, ammo o‘zi ham ijtimoiy hayot yangiliklari hisobiga boyib boradi: shaklan rangbaranglik, mazmunan teranlik kasb etadi. O‘zbek xalqining ma‘naviyati uning tarixan bosib o‘tgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanish yo‘liga, iymon-e‘tiqodiga, dunyoqarashiga, irodasiga, jamiyatda qaror topgan muhitga mos ravishda shakllangan va kamol topib bormoqda. Ma‘naviyatimizning gurkirab yuksalgan yoki tanazzulga yuz tutgan davrlari bo‘lgan. O‘zbekistonda mohiyatan 11 tamoman yangi jamiyat qurish jarayonida ma‘naviyat, iqtisodiyot bilan birga, ustun yo‘nalishlardan hisoblanmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: ―Xalqning ma‘naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir‖, - deya bejiz ta‘kidlamagan edilar. Birinchi Prezidentimiz fikrini davom ettirib: ―Ma‘naviyat insonning, xalqning, jamiyatning davlatning kuch-qudratidir‖,- deb alohida uqtirganlar. ―Ma‘naviyat‖ atamasi, rasmiy hujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko‘p qo‘llanishiga qaramasdan, uni ilmiy tushuncha sifatida alohida tahlil va ta‘rif etish foydadan holi emas. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Tariximiz necha-necha ming yillarga borib taqaladi. Ma‘naviyatimizning bugungi kundagi ayrim xususiyatlarini, o‘ziga xos jihatlarini to‘g‘ri tushunish uchun uning shakllanishiga va rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatgan asosiy omillar to‘g‘risida gapirish kerak. Ma‘naviyatning o‘zak tushunchalari, avvalo, tarixan vujudga kelgan tabiiy iqlim sharoitlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish xususiyatlari ta‘sirida shakllanadi. Har qanday jamiyat, tuzum barqaror rivojlanishga intilibgina qolmasdan, o‘zining tabiatiga, mohiyatiga mos shaxsni voyaga yetkazishga ham muhim e‘tibor beradi; uning axloqiy, huquqiy, estetik me‘yorlari ijtimoiy institutlarining faoliyati shu maqsadga bo‘ysundiriladi. Mustaqil O‘zbekiston ham jahonning eng ma‘rifatli mamlakatlari orasida o‘z o‘rnini topib, barqaror rivojlanish uchun mustaqillik dunyoqarashiga ega bo‘lgan, milliy iftixor tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan, ammo millatchilik va milliy mahdudlikdan holi, hur va erkin fikrlovchi, ayni vaqtda fuqarolik mas‘uliyatini to‘g‘ri tushunadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘z kasb-kori, 12 ijtimoiy muhiti talab qiladigan darajada o‘zlashtirgan shaxsni tarbiyalashi lozim. Buning uchun jamiyatla ikki yo‘nalishda ish olib boriladi. Birinchidan, shaxs kamoloti uchun obyektiv shart-sharoitlar yaratiladi. Bu haqida Islom Karimov shunday degan edi: ―Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchui, o‘z qobiliyatini, o‘z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma‘nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir‖. Demak, eng avvalo, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlar, moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish kengaytiriladi hamda ijtimoiy munosabatlar takomillashtiriladi: tegishli qonunlar qabul qilinadi, eski ijtimoiy muassasalar qayta ko‘rib chiqiladi, zaruratga qarab yangilari tashkil etiladi. Ikkinchidan, muayyan tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Jamiyat o‘ziga mos shaxsni shakllantirish uchun unga targ‘ibot, tashviqot, ta‘lim-tarbiya tizimi va boshqa mafkuraviy institutlar orqali, madaniy meros va zamonaviy qadriyatlar hamda turli xil axborotlar bilan tanishtirish ularga baho berish (salbiy yoki ijobiy) vositasida ta‘sir o‘tkazadi. Ma‘naviyat tushunchasi hali ilmning turli sohasi vakillari tomonidan atroflicha tahlil va tadqiq etiladi, deb ishonamiz. Zero, Vatanimiz mustaqil taraqqiyotining ma‘naviy asoslarini mustahkamlash zarurati ham shuni taqozo etadi. Ma‘naviyat insonning (jamiyatning) keng ma‘noda olamga, hayotga, taraqqiyotga muayyan qadriyatlar, yuksak ideallar tizimi asosida munosabatda bo‘lishi va shu negizda o‘z faoliyatini yuritishidir. Ushbu qadriyatlar tizimi ham subyektiv (ong va iroda), ham obyektiv (adabiyot, san‘at, urf-odatlar), ham aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhit sifatida mavjuddir. Ma‘naviyat ―inson tabiati‖ni tashkil etuvchi xislatlar va 13 xususiyatlarni yuksaltiradi va boyitadi. Milliy ma‘naviyat esa millatning asosiy xususiyatlarini, belgilarini mustahkamlaydi: millatning jipsligi va mushtarakligini ta‘minlaydi, tilini, iymon-e‘tiqodini, milliy psixologiyasini, urf-odatlari va madaniyatini muhofaza etadi, rivojlantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini milliy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘laydi. Har bir millatning ma‘naviyati uning milliy qiyofasini, uni boshqa xalqlardan ajratib turadigan o‘ziga xos madaniyatini, xarakterini ko‘rsatadi. Ma‘naviyat tufayli bilim va aqlaxloq bilan, mehnat va xulq-atvor, go‘zallik va odob bilan uyg‘unlashadi. Ma‘naviyat, insonning o‘ziga va olamga faol munosabati o‘laroq, uning hayotiy pozitsiyasini belgilaydi. Millatning kamolotga erishishi, taraqqiy etishi ham bevosita milliy ma‘naviyatga asoslanadi. Demak, ma‘naviyat milliy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, aqliy-intellektual, hissiy-emotsional irodaviy salohiyatidir. Ma‘naviyatni yuksaltirish, boyitish milliy mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartidir. Bu masalaga muayyan guruhning, sinfning manfaatlaridan, dunyoqarashidan va mafkurasidan kelib chiqib yondashish mumkin emas. Shu bois jamiyatimizning ta‘lim-tarbiya va madaniy-ma‘rifiy siyosati asosida har bir fuqaroda yuksak ma‘naviy ehtiyojlarni shakllantirish va o‘stirish muhim ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ma‘naviyat va milliy taraqqiyot masalasini bir butun holda o‘rganish o‘zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Ma‘rifat – kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiya tizimidir. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, ma‘lumotlar majmuasini ham tashkil 14 etadi. Ma‘naviyat ilm-u urfon ma‘nosida ham ishlatiladi. Ma‘naviyat tushunchasi madaniyat, ma‘naviyat tushunchalari bilan bog‘liq. Ma‘naviyat ma‘naviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi bo‘lishga yordam beradi. Ma‘naviyatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq bo‘ladi. Ma‘naviyat – bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo‘lib, maorif uni yoyish vositasidir. Ma‘naviyatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Tasavvufda ma‘naviyat so‘fiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Haq yo‘liga kirgan darveshning ana shunday ruhiy iztiroblar safaridan so‘ng qo‘lga kiritgan ma‘naviy ma‘rifatini Sari Saqatiy ―tavhid‖ (birlashish – Alloh birligini idrok etish), Ma‘ruf Karxiy va Abusaid Xarroz ―fano‖ (yo‘qolish) deb atadilar. Zerokim, solih o‘zi bilan Iloh orasidagi masofani qisqartira borib, vujud to‘siqlari (moado, mosivo, parda)ni yengib o‘tib, shaxsiy ―Men‖dan qutuladi va to‘laligicha mutlaqiyatga qo‘shilib, u bilan qorishib, erib ketadi. So‘fiylar buni qatraning dengizga qo‘shilishi yoxud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus olishi bilan qiyoslab tushuntirganlar.



Download 36,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish