Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Rimning  Karfagen,  Makedoniya  va  ellin  davlatlari  bilan  xalqaro



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Rimning  Karfagen,  Makedoniya  va  ellin  davlatlari  bilan  xalqaro 
aloqalari.  Rim  davlatining  keng  miqyosdagi  xalqaro  aloqalari  miloddan  avvalgi 
VI  asrlarda  boshlangan.  Dastlabki  yirik  shartnomalar  Karfagen  bilan  imzolangan. 
Shartnomalar asosan savdo-sotiq, Rim  kemalarining  Afrika qirg’oqlaridagi  yerkin 
harakatlarini  ta’minlashga  qaratilgan.  Rim  kemalariga  faqatgina  Karfagen 
portlariga qadar suzib kelishga ruxsat berilgan, Afrikaning boshqa sohillariga suzib 
borish  esa  qat’iy  ta’qiqlangan.  Agar  Rim  kemalari  bo’ron  tufayli  Karfagen 
qirg’oqlarida  to’xtashga  majbur  bo’lgan  hollarda,  bo’ron  tingach,  Italiyaga  jo’nab 
ketishlari uchun qisqa va qat’iy muhlat belgilangan. Belgilangan muddatda jo’nab 
ketishga ulgurmagan kema a’zolari qatl etilgan. 


27 
Rimning  ellin  davlatlari  bilan  aloqalari  miloddan  avvalgi  III  asrda  to’la 
o’rnatilgan.  Ayniqsa,  Ptolomeylar  podsholigi  bilan  aloqalar  juda  mustahkam 
bo’lgan.  Xuddi  shu  davrda  Sitsiliya  uchun  Karfagen  bilan  Adriatika  dengizi 
qirg’oqlaridagi  hududlar  uchun Makedoniya bilan keskin  raqobatlashayotgan Rim 
uchun Ptolomeylar podsholigidaek kuchli ittifoqchiga ega bo’lish katta ahamiyatga 
ega  bo’lgan.  O’z  navbatida,  Afrikada  Karfagenning  kuchayishi  Misrga  ham  xavf 
solar  edi.  Makedoniya  esa  Misrning  yana  bir  jiddiy  dushmani  hisoblangan 
Salavkiylarning yaqin ittifoqchisi edi. 
Shu tariqa Puni urushlari davrida O’rta yer dengizi mamlakatlari ikkita katta 
lagerga ajraganlar: 
1) Rim, Ptolemeylar, Pergam va Rodos; 
2) Makedoniya, Salavkiylar va Karfagen. 
Miloddan  avvalgi  216-  yilda  Gannibal  rahbarligidagi  Karfagen  armiyasi 
Kann  shahri  yaqinida  Rim  armiyasini  tor-mor  etgach,  Gannibal  Rimga  o’z 
elchilarini jo’natib, og’ir shartlar evaziga tinchlik shartnomasini taklif etgan. Senat 
esa  bu  taklifni  rad  etgach,  Gannibal  Makedoniyaga  o’z  elchilarini  jo’natib,  uni 
Rimga qarshi urushga qo’shilishga da’vat etgan.  
Gannibal  jo’natgan  elchilarning  tashabbusi  bilan  Kafagen  va  Makedoniya 
Rimga  qarshi  ittifoqqa  birlashish  to’g’risida  o’zaro  bitim  imzolaganlar  va  urush 
vaqtida Rim bilan alohida separat sulh tuzmaslikka o’zaro va’da berganlar. Ushbu 
shartnomaga  ko’ra,  Rim  mag’lubiyatga  uchragandan  so’ng,  Bolqonda  joylashgan 
davlatlar  hududlari  Makedoniya,  Italiya  hududlari  esa  to’laligicha  Karfagen 
ixtiyorida  bo’lishi  belgilab  olingan.  Yozma  shartnomadan  tashqari  Makedoniya 
shohi  og’zaki  tarzda  o’z  qo’shinlarini  zudlik  bilan  Apeninga  yuborishga  va’da 
bergan.  Polibiyning  yozib  qoldirishicha,  Rim  diplomatlari  Yunonistondagi  Etoliy 
ittifoqi davlatlarini Makedoniyaga qarshi urush e’lon qilishga ko’ndirganlar hamda 
ularni  har tomonlama qo’llab-quvvatlashga va’da berganlar. Yunoniston  hududida 
boshlanib  ketgan  urush  tufayli  Makedoniya  Apenninga  qo’shin  jo’natish 
imkoniyatidan  mahrum  bo’ldi.  Dahshatli  natijalarga  sabab  bo’lishi  mumkin 


28 
bo’lgan  katta  hajmdagi  makedon  qo’shinlarining  Rimga  yurish  boshlash  ehtimoli 
diplomatik harakatlar tufayli butunlay barham topgan. 
Puni  urushlari  davomida  rimliklar  bir  necha  marta  dengizda  Makedoniyaga 
qarshi kichik to’qnashuvlar bilan cheklanganlar..  
Makedoniyaning  Yunonistondagi  urushlar  bilan  bandligidan  foydalangan 
Rim  qo’shinlari  miloddan  avvalgi  215–205-  yillarda  Gannibal  armiyasini 
Italiyadan  quvib  chiqarishga  erishgan.  Karfagenning  chekinishi  oqibatida 
Makedoniya podshosi Filipp V o’zaro shartnomaga xiyonat qilgan holda miloddan 
avvalgi  205-  yilda  Rim  bilan  separat  sulh  shartnomasi  imzolagan.  Shundan  so’ng 
miloddan avvalgi 202- yilda rimliklar Karfagen qo’shinlarini qattiq mag’lubiyatga 
uchratganlar va uni og’ir shartlar evaziga sulh tuzishga majbur qilganlar. Miloddan 
avvalgi 200- yilda esa bir vaqtlar Karfagen bilan ittifoq tuzgan Filipp V ni jazolash 
maqsadida  Makedoniyaga  qarshi  urush  e’lon  qilingan.  Biroq,  asosiy  maqsadni 
oshkor  qilmagan  holda  Yunonistondagi  shahar  davlatlarni  himoya  qilish 
bahonasida  urushga  kirishganlar.  Urush  davomida  Rim  elchilari  Salavkiylar 
podshosi  Antiox  III  (mil.  avv.  223–187)  huzuriga  yuborilib,  uni  Makedoniyani 
qo’llab-quvvatlamaslikka  ko’ndirganlar.  Buning  uchun  Rim  Antiox  III  ga  Suriya, 
Finikiya  va  Falastin  hududlarini  egallashi  uchun  qarshilik  ko’rsatmaslikka  va’da 
bergan. Urushda og’ir ahvolga tushib qolgan Filipp V ning qayta-qayta iltimoslari 
Antiox  III  tomonidan  rad  etildib,  harbiy  yordam  ko’rsatilmagan.  Shu  tariqa, 
miloddan  avvalgi  197-  yilda  Makedoniya  og’ir  shartlar  asosida  Rim  bilan  sulh 
tuzishga  majbur  bo’lgan.  Unga  ko’ra,  Filipp  V  Yunonistondagi  mayda 
davlatlarning  mustaqilligini  tan  olgan,  Rimga  katta  miqdorda  tovon  puli  to’lagan 
hamda  o’z  armiyasi  sonini  keskin  qisqartirishga  (5  ming  kishiga)  rozi  bo’lgan. 
Yunon  davlatlari  makedon  zulmidan  ozod  bo’lib,  Rim  asoratiga  tushganlar  va 
ularni  nazorat  qilish  maqsadida  ushbu  davlatlar  hududlarida  katta  miqdorda  Rim 
qo’shinlari o’rnashib olganlar.  
Oradan  ko’p  o’tmay  Rim  Senati  Tiberiy  Samproniy  Grakx  (mil.  avv.  163–
133)  mashhur  aka-uka  Grakxlarning  otasi)  boshchiligidagi  elchilarni  Makedoniya 
shohi  huzuriga  yuborgan.  Bundan  asosiy  maqsad,  Rimning  Antioxga  qarshi 


29 
boshlashida  Makedoniyaning  betarafligiga  erishish  edi.  Salavkiylarga  nisbatan 
yuragida adovat o’ti uyg’ongan Filipp V ma’lum yengilliklarga erishish maqsadida 
urushda betaraf bo’lishga ko’ngan, hattoki Rim armiyasiga Makedoniya hududidan 
o’tishga  ruxsat  bergan.  Bundan  tashqari,  rimliklarga  oziq-ovqat  borasida  ham 
yordam berishga rozi bo’lgan.  
 
Miloddan avvalgi 190- yilda Salavkiylar qo’shinlari Rim tomonidan tor-mor 
etilib, uning Kichik Osiyodagi mulklari tortib olingan hamda katta miqdorda tovon 
undirilgan.  Salavkiylarning  mag’lubiyatidang  so’ng  Rim  Makedoniyaga  bergan 
va’dalaridan  voz  kechgan.  Aldangan  Filipp  V  noiloj  qolgan  holda  o’ziga 
yuklatilgan majburiyatlarni ado etishni davom ettirgan. 
 
Yuqoridagi  misollardan  ko’rinib  turibdiki,  Rim  o’z  diplomatiyasining 
ayyorligi  va  ishbilarmonligi  evaziga  ulkan  yutuqlarni  qo’lga  kiritgan.  “Divide  et 
impera” – “bo’lib tashla  va  hukmronlik qil” qoidasi Rimning asosiy quroli bo’lib 
xizmat qilgan.. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish