Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


QADIMGI YUNONISTONDA XALQARO MUNOSABATLAR VA



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

 
QADIMGI YUNONISTONDA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Prokseniya va amfiktoniyalar. 
2. Elchilik tartiblari. 
3. Klassik davrda xalqaro munosabatlar.  
4. Ellinizm davrida xalqaro munosabatlar. 
 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Prokseniya.  Aamfiktoniya.  Kseniya. 
Ieremnemon. Ker’yuks. Angelos. Afina. Sparta. I Afina dengiz ittifoqi. Peleponnes 


17 
ittifoqi.  Yunon–Eron  urushi.  Kalliy  sulhi.  Peleponnes  urushlari.  II  Afina  dengiz 
ittifoqi. 
Prokseniya  va  amfiktoniyalar.  Insoniyat  sivilizatsiyasining  qadimgi 
o’choqlaridan  biri  hisoblanadigan  qadimgi  Yunonistonda  fan-texnika,  madaniyat 
va maorif bilan bir qatorda xalqaro munosabatlar, diplomatik bilimlar, siyosiy ong 
va  dunyoqarash  ham  yuksalib  bordi.  Garchi  qadimgi  Sharq  mamlakatlari  –  Misr, 
Akkad,  Bobil,  Ossuriya,  Xett,  Hindiston  va  Xitoy  kabi  davlatlarda  diplomatik 
munosabatlar  va  elchilik  tartiblari  o’zining  shakllanish  jarayonini  boshlab  bergan 
bo’lsa, bu jarayon antik Yunonistonda yangi bosqichga qadam qo’ydi. 
Qadimgi Yunonistonda  xalqaro aloqalar  va xalqaro  huquqning eng qadimgi 
shakli  –  “Prokseniya”,  ya’ni  mehmondo’stlik  edi.  Prokseniya  ayrim  shaxslar, 
urug’lar,  qabilalar  va  davlatlar  o’rtasida  amal  qilar  edi.  Biror  mamlakatga  tashrif 
buyurgan  elchilar,  avvalo,  o’zlarining  proksenlariga  murojaat  qilardilar  va  ular 
diplomatik  muzokaralarda  yetakchi  o’rinni  egallardilar.  Proksenlar  huquq,  savdo-
sotiq,  soliq  va  sud  ishlarida,  aholi  bilan  davlat  o’rtasida  asosiy  vositachi 
hisoblanganlar.  Ular  aholining  shaharga  bo’lgan  ahloqiy  munosabatlarini  ham 
tartibga  solib  turganlar.  Shaharda  istiqomat  qiluvchi  chet  elliklar  mehmondo’stlik 
ilohasi – Kseniya himoyasida deb hisoblangan. 
Xalqaro  munosabatlarning  yana  bir  qadimiy  institutlaridan  biri  – 
amfiktoniyalardir.  “Amfiktoniya”  so’zi  yunoncha  so’z  bo’lib,  “atrof  hududlarda 
yashovchilar”  degan  ma’noni  anglatadi.  Amfiktoniyalar  ibodatxonalarda  tashkil 
etilgan  diniy  ittifoqlar  hisoblangan.  O’ta  muhim  va  ardog’da  bo’lgan  xudolar 
qoshida  tashkil  etilgan  bu  ittifoqlar  urug’  ichidagi,  urug’lararo,  qabilalararo 
munosabatlarni  tartibga  solgan.  Bayramlar  arafasida  har  qanday  urushlar 
amfiktoniyalar 
tomonidan 
qat’iyan 
ta’qiqlangan. 
Ushbu 
ta’qiqqa 
amal 
qilmaganlarga  nisbatan  “muqaddas  urush”  –  iyeromimiya  e’lon  qilingan.  Bundan 
ko’rinib turibdiki, amfiktoniyalar nafaqat diniy, shu bilan birga siyosiy  xarakterga 
ham ega bo’lgan. 
Amfiktoniyalarning  asosiy  vazifasi  ilohiy  bayramlarni  munosib  nishonlash, 
umumiy  qurbonliklar  tashkil  etish,  aholi  va  turli  jamoalarning  ehsonlari  evaziga 


18 
to’plangan  xazinani  himoya  qilish,  uni  maqsadli  sarflash,  diniy  qoidalarni 
buzganlarni jazolash kabilardan iborat edi. Amfiktoniyalardan eng yirigi Fermopil 
– Demetra ibodatxonasi bo’lib, u 12 ta qabilani o’zida birlashtirgan. Har bir qabila 
2 tadan ovozga ega bo’lgan. Tashkilotning bosh organi umumiy yig’in hisoblanib, 
yig’in  raisi  iyeremnemon  deb  atalgan.  Umumiy  yig’in  yilda  2  marta:  bahorda  va 
kuzda chaqirilgan. Iyeremnemon qabila boshliqlari orasidan ovoz berish yo’li bilan 
saylangan.  Amfiktoniyaning  har  bir  a’zosi  unga  kirishdan  oldin  qasamyod  qabul 
qilgan.  Qasamyod  matni  quyidagicha  edi:  “Amfiktoniyaga  qarashli  hech  bir 
shaharni  vayron  qilmayman.  Uning  suvlarini  o’zboshimchalik  bilan  egallab 
olmayman.  Qasamyodni  buzganlarga  qarshi  hamma  bilan  birgalikda  urush  e’lon 
qilaman,  uning  shaharlarini  vayron  qilaman.  Xudoning  xohishiga  qarshi 
borganlarni shafqatsiz jazolayman”. 
Amfiktoniyalar  miloddan  avvalgi  V–IV  asrlarda  Yunoniston  siyosiy 
hayotida qudratli ta’sirga ega bo’lgan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish