Namangan davlat universiteti vatan tarixi kafedrasi buxoro xonligi tarixi



Download 217 Kb.
bet5/5
Sana11.11.2020
Hajmi217 Kb.
#51961
1   2   3   4   5
Bog'liq
BUXORO XONLIGI TARIXI

BUXORO XONLIGIDA QUROLLI QARSHILIK HARAKATI. BUXORO XONLIGINING TUGATILISHI VA UNING OQIBATLARI

Reja:


  1. Buxoro xonligining tugatilish: mustaillikka daxl

  2. Buxoro xonligida qurolli qarshilik harakati.

  3. Sharqiy Buxoroda qarchilik harakati

  4. Anvar Posho shaxsi

Rossiyada podsho hokimiyatining ag`darilishi Buxoro amirligida ham ba`zi o`zgarishlar uchun turtki bo`ldi.



Amir Said Olimxonning e`tirof etishicha, Muvaqqat Hiukumat Buxoro mustaqilligining tiklanganligini tan oldi. Bu haqda kelishuv imzolandi. Amir hukumati Afg`oniston va boshqa yerlar bilan aloqa o`rnatdi. Rossiya-Buxoro aloqalarida ham o`zgarish bo`ldi. Buxoroda ish olib borgan siyosiy agent Rossiya hukumati rezidenti deb atala boshland. Shuningdek, Buxoro amirligi hududidagi rus posyolkalarida ham ishchi va soldat sovetlari paydo bo`ldi, posyolkalarda siyosiy beqarorlik kelib chiqdi. Bu hol Buxorodagi muhitga ham birmuncha ta`sir ko`rsatdi.

Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy muhit o`zgara boshladi. Hukmron tabaqaning, amir, amaldorlarning cheklanmagan va nazoratsiz boylik orttirishlari, sivilizatsiya muhim ko`rinishlarining bo`lmagani, keng xalq ommasining haq-huquqsizligi asosli ravishda noroziliklar keltirib chiqardi. Buning natijasida hamda jadid Yosh buxoroliklar, ilg`or doiralar faoliyati oqibatida jamiyatda tub o`zgarishlarning amalga oshishi yetilib qoldi.



Buxoroning ichki siyosiy hayoti 1917-yil bahorida yangi pallaga kirdi. Islohotlar, o`zgarishlar zarurligi aniq bo`lib qoldi. Islohotlar o`tkazish g`oyasiga bo`lgan munosabatda mamlakat doiralari asosan ikki oqim – liberal-demokratik va konservativ oqimlarga bo`lingan edi. Birinchi oqim Yosh buxoroliklar va ularga yaqin demokratik doiralarda tashkil topdi. Ular Yosh buxoroliklar islohotlar dasturini ishlab chiqishga kirishib, ilg`or g`oyalar va ularni amalga oshirish yo`llari ustida keng fikr almashmoqda edilar. Endi ular islohotlarni amalga oshirishni talab qilib chiqdilar. Bu talablar shu qadar ta`sirchan ediki, amir va Rossiya rezidenti bu jarayon o`zanida ish ko`rishga majbur bo`ldilar. Lekin ular islohotlar masalasidan o`z maqsadlari uchun foydalanmoqchi bo`ldilar.

Yosh buxoroliklar tashkiloti Rossiya rezidenti A.Miller bilan aloqa bog`lab, fikr almashdjj Muvaqqat huku-matdan madad kutdi. Amir va qushbegi ham yangi Rossiyani o`z ittifoqchisi deb qaradilar. Ammo qozikalon Burhoniddin (Mirzo Urganjiy), rais Nizomiddinxo`ja va ularning tarafdorlari har qanday o`zgarishlarga qarshi chiqdilar. Amir qozikalon va raisni amalidan bo`shatdi, ularning o`rniga mo`tadil kayfiyatdagi Sharifjon (Sadr Ziyo) va Abdusamadxo`jani tayinladi.

1917-yil 7-aprelda Buxoro Arkining katta binosida amaldorlar, ruhoniylar, Rossiya vakillari, Buxoro va Turkiston jamoatchiligi vakillari yig`inida, shuningdek, Olimxon ishtirokida amir farmoni (manifesti) e`lon qilindpPoytaxtda obro`li arboblardan iborat mahkamani tuzisETamaldorlar, ularning daromadlari ustidan nazorat o`rnatish, soliqlar tizimini tartibga solish, davlat byudjetini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma`rifat rivojlanishi uchun qayg`urish va`da qilindi.

Amir manifestining e`lon qilinishi 8-aprelda demokratik va konservativ lagerlarning ko`chaga chiqishiga sabab bo`ldiJ Demokratik doiralar amir manifesti mamlakatda tihch yo`l bilan progressiv o`zgarishlarni amalga oshirish uchun dastlabki qadam, deb qaradilar. Shukrona namoyishi o`tkazishga qaror qilindi. «Yashasin islohot!», degan yalovlar ko`tarildi. Bir necha yuz kishi shahar markazi – passajdan Govkushon va Xiyobon orqali Registonga yurish boshladi. Namoyishchilar boshida F.Xo`jayev, Abdulvohid Burhonov (Munzim), Otaxo`jayev, Mirbobo, Yusufzoda va boshqa faollar bordilar. Bir necha joyda qisqa mitinglar bo`ldi, namoyishchilarga yangi-yangi guruhlar kelib qo`shildi. Namoyishchilar ko`tarinki kayfiyatda edilar. Shu kuni konservatorlar va mutaassib guruhlar Registonda to`planib, islohotga, yangiliklarga qarshi jangarilik va murosasizlik kayfiyatlarini izhor etdilar. Ba`zi amaldorlarga nisbatan, islohot tarafdorlariga qarata dushmanona dag`dag`alar, hayqiriqlar qildilar. Ularning jazavasi soat sayin kuchayib bordi. Bunday murakkab vaziyatda ikki lagerning to`qnashuvi noxush oqibatlar keltirishi mumkin edi. Demokratik kayfiyatdagi namoyishchilar boshliqlari Regis-tonga borish niyatidan qaytdilar, namoyishchilarni tarqalib ketishga da`vat etdilar. Tadbir oxirigacha yetkazilmagan bo`lsada, u Buxoro amirligi demokratik o`zgarishlar, islohotlar uchun yetilmaganligini yaqqol ko`rsatdi.

8-aprel voqealarining yakuni shu bo`ldiki, hukumat-dan konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Dovdirab qolgan amir qozikalon Sharifjon maxdumni lavozimidan bo`shatdi, g`azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo`jani olomon qilib o`ldirdilar; qushbegi Nasrullobek buyrug`i bilan shoir Sadriddin Ayniy, Yosh buxoroliklar Mirbobo, Mirzo Nazrullo 75–150 darra urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan yakunlandi.



Vaziyat jiddiylashib bordi. Dovdirab qolgan amir oqibat natijada mutaassib konservatorlarga yon bosdi. Islohotlar amalga oshirilmadi. Yosh buxoroliklar Yangi Buxoro (Kogon), Chorjo`y, Karki, Termizga ko`chib borib namoyishlar, majlislar o`tkazdilar, o`z faoliyatlarini davom ettirdilar.

Rus posyolkalarida siyosiy boshboshdoqlik va iqti-sodiy tanglik avj olib bordi. Amir manifestining e`lon qilinishiga kelgan Samarqand soveti delegatsiyasi a`zosi Mahmudxo`ja Behbudiy va yana bir-ikki musulmon a`zolar marosim o`tgandan so`ng Samarqandga jo`nab ketdilar. Delegatsiyaning boshqa a`zolari esa jo`nab ketishdan bosh tortdilar, bir necha kun davomida Samarqand soveti bilan Yangi Buxoro soveti vakillari o`rtasida to`qnashuvlar bo`ldi.

1917-yil oktabr to`ntarishi natijasida ekstremistik, buzg`unchi unsurlar posyolkalarda hokimiyatni qo`lga oldilar. Harbiy qismlar, qizil gvardiyachilar soni ko`-paytirildi. Bu jiddiy o`zgarishlar mamlakat aholisi ha-yotiga va Yosh buxoroliklar kayfiyatiga salbiy ta`sir ko`rsata boshladi. Rus posyolkalaridagi garnizonlarning askarlari oziq-ovqat va yem-xashakni Buxoro tumanlari aholisidan tortib olishga kirishdilar. Turli xil qog`oz pullarning qiymati qolmagani natijasida yerli aholi o`z mahsulotlarini bu pullarga sotishni istamadi, soldatlar esa ba`zi joylarda zo`rlik bilan tortib olishgacha bordilar. Chunonchi, 1917-yil 9-oktabrda xabar qilinadiki, «Termizda rus askarlari bilan bozorda savdo qilgan buxoroliklar o`rtasida to`qnashuv yuz berdi, buxoroliklardan o`ldirilganlar bor». Bunday hollar 1918-yilning qish va bahorida jiddiy tus oldi.

Bu vaqtga kelib Fitrat Yosh buxoroliklar tashkiloti-ning takomillashgan dasturini ishlab chiqqan va bu dastur tashkilot tomonidan qabul qilingan edi. Unda dehqon-chilik va qishloq xo`jaligi, soliqlar, shuningdek, harbiy tizim, ichki ishlar, sud, yo`llar, yer osti boyliklari, tashqi siyosat, maorif, vaqf masalalari batafsil ko`rilib ularni sivilizatsiya ruhi va mazmunida yechish taklif qilingan. Bu dastur ham islohotlarni tinch-osoyishta muhitda amalga oshirishni ko`zda tutgan. Unda aholi barcha qatlamlarining manfaatlari himoya ostiga olingan.

Mana shunday vaziyatda 1918-yil 1-martda Turkiston XKS raisi F.Kolesov boshchiligidagi harbiy eshelon Yangi Buxoro (Kogon)ga keldi. Yosh buxoroliklarning F.Xo`jayev, Abdurauf Fitrat, Otaxo`jayev, Abdulvohid Burhonov, Qori Yoidosh Po`latov, Fazliddin Mahsumdan iborat rahbar qo`mitasi Kolesov bilan uchrashdi. Kolesov sharoit bilan tanishib chiqmay, Yosh buxoroliklarning kayfiyatini ham hisobga olmasdan Buxoroga harbiy kuch bilan hamla qilishga qaror qildi.

Yosh buxoroliklar xunrezlikning oldini olishga intilib, amir nomiga ultimatum (talabnoma) yubordilar. Unda islohot dasturi tamoyillari bayon qilingan edi. Lekin voqealar davomi o`zgacha kechdi. Amirdan javobni kutmasdan Kolesov buyrug`i bilan qo`shin, zambaraklar, jami qurol-aslahalar eshelondan tushirilib, hujumga tayyorlandi. Bu qon to`kilishi xavfini tug`dirdi. Amir hukumati darhol ultimatum talablariga roziligini bildirdi. Amirning islohot o`tkazish to`g`risidagi ikkinchi farmonini tayyorlashga kirishildi, ammo 2-martda Buxo-roga hujum boshlandi.



Amir hukumati muzokara olib borish bilan birga o`z kuchlarini ham harakatga keltirdi. G`azavotga safarbar qilinganlar Chorjo`ydan Karmanagacha bo`lgan temir yo`lni buzdilar, tajovuzkor qo`shinga har tomonlama hujum qildilar. Kolesov qo`shini qurshovda qoldi, o`q-dorisi tugadi, ahvoli og`irlashdi. Shu kuni – 2-martda amirning ikkinchi farmoni Yangi Buxoro (Kogon)ga yetkazildi. Yosh buxoroliklar qo`mitasi hujumni to`xtatishni talab qildi. Muzokaralar bir necha kun davom etdi. 1918-yil 25-martda Qiziltepa bitimi imzolandi. Kolesovning tajovuzkorligi sharmandalarcha barbod bo`ldi.

Amirning 2-martdagi farmonida birinchi farmonning hayotga tatbiq etilmaganiga «ba`zi bir amaldorlarning ig`vogarligi» sabab qilib ko`rsatilgan, «hur fikrli kishilar»dan ijroiya komitet ta`sis etilajagi, «erkinlik dushmanlari»ning chetlashtirilishi, aholi uchun og`ir bo`lgan soliqlar – amlok va aminonaning bekor qilinishi, yangicha soliqlarning joriy qilinishi e`tirof etilgan edi. Ammo qurolli to`qnashuv oqibatida boshqa masalalar ustuvorlik qildi.

Buxoroda, amirlikning boshqa joylarida siyosiy vaziyat tubdan o`zgardi. Ijtimoiy va siyosiy hayot jarayoni o`zanidan chiqib ketdi. Yosh buxoroliklar quvg`ini, ularni hibsga olish, qatl qilishlar sodir bo`ldi. Jami 3 mingga yaqin kishi qatl etildi. Yosh buxoroliklar Samarqand, Toshkent va boshqa joylarga muhojirlikka ketdilar.

Yosh buxoroliklar, ilg`or kayfiyatdagi ziyolilar va arboblar bo`lib o`tgan voqealar, siyosiy vaziyatning o`zgarganini chuqur tahlildan o`tkazdilar, oldinda turgan vazifalarni muhokama qildilar. Yosh buxoroliklar o`z siyosiy yo`nalishlariga va taktikasiga bir qator muhim o`zgarishlar kiritdilar. Ulardan eng asosiysi tubdan o`zgargan vaziyatda tinch yo`l bilan amir hokimiyati saqlangan holda amirlikda demokratik o`zgarishlar bo`lishi imkoniyati qolmagan, deb e`tirof etilishi edi.



Fitrat, F.Xo`jayev va boshqalar milliy harakatda faol qatnashdilar, Buxoroda islohotlar o`tkazish borasidagi faoliyatni davom ettirdilar. Fitratning bunday faoliyati 1917-yil bahorida boshlangan edi. 16-apreldan Samar-qandda chiqa boshlagan «Hurriyat» gazetasining 24– 74-, 82–87-sonlariga Fitrat muharrirlik qildi. Kolesov voqealaridan so`ng Fitrat Toshkentda yashadi, «Chig`atoy gurungi» adabiy-ma`rifiy to`garagining tashkilotchilaridan va faol a`zolaridan biri bo`ldi. Fitrat o`z maqola va asarlarida milliy davlatchilik, vatanparvarlik g`oyalarini tarannum etdi. F.Xo`jayev Yosh buxoroliklar g`oyalari ruhidagi dasturiy hujjat – maromnomani tuzdi va nashr etdi, «Uchqun» gazetasining chiqishini tashkil qildi.

1918-1920-yillarda Yosh buxoroliklar dasturlari, siyosiy qarashlari, taktikasida Buxoroda islohotlar o`tkazish uchun kuch, zo`rlik ishlatish zarur bo`lib qol-gani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining diniy e`tiqodi e`tirof etildi. Shuningdek, bolshevistik proletar diktaturasi, mulkdorlarni ekspropriatsiya qilish qoida-lariga yon berilmadi.

Buxoro hukumatining tashqi siyosatida, iqtisodiy alo-qalarida o`zgarishlar sodir bo`ldi. Rossiya qog`oz pullari ko`payib ketdi, ularning qiymati deyarli qolmadi. Natijada aholi rus posyolkalari, temir yo`l bekatlarida bu pullarga mol, oziq-ovqat sotmay qo`ydilar. Turkiston hukumatiga mol ayirboshlash taklif qilindi. Lekin Buxoro paxtasi evaziga beriladigan paxta yog`i, guruch Turkistonda yetarlicha yo`q edi, savdo bo`lmadi. Shu vaqtning o`zida Buxoro bilan Angliya o`rtasida savdo birmuncha jonlandi. Jumladan, 1918-yilda inglizlar Bu-xoro bozorlarida 1 mln. pud paxta, 1 mln. dona qorako`l teri, 200 ming pud jun, 150 ming pud xom ipakni xarid qildilar. Bu aloqalar 1919- va 1920-yilda ham davom etdi. Masalan, faqat 1919-yil bahorida ingliz savdogarlari 400 toy qorako`l terini xarid qilib olib ketdilar.

Chetga sotish uchun Buxoroda mahsulot ancha ko`p bo`lib, an`anaviy Rossiya bozori batamom izdan chiqqan, qog`oz pulning xarid quvvati yo`q edi. Natijada Buxoroda ko`plab mollar, ayniqsa, paxta, qorako`l teri, ipak sotilmay, omborlarda to`planib qolaverdi. o`z navbatida ekin maydonlari qisqardi, oziq-ovqat mahsulotla-rining narxlari oshdi. Rossiyadagi inqilobiy voqealar natijasida Buxoro savdogarlarining talaygina mollari Moskva, Nijniy Novgorod, Kazalinsk va boshqa joylardagi do`konlar, omborlarda qolib ketdi.

Buxoro bilan Rossiya davlatlari o`rtasidagi munosabatlar murakkab kechdi. Yangi rus hukumati chorizmning mustamlaka bitimlari bekor qilinadi, deb e`lon qilishi bilan Buxoro hukumati Samarqand va Jizzax, ularning atrofidagi yerlarini qaytarib berish masalasini qo`ydi. Lekin RSFSR hukumati bunga rozi bo`lmadi, aksincha, Buxoroni o`z ta`sir doirasiga olish choralarini ko`rdi.

1920-yil bahorida amir Turkkomissiya a`zolari Eliava va Frunzeni qabul qilib, muzokaralar olib bordi. Sav-dogarlarning vakillari Rossiyada qolib ketgan mollar taqdirini hal qilish uchun Buxorodan jo`nab ketdilar. Lekin RSFSR–Buxoro munosabatlari yomonlashib bordi. Moskvaning ma`qullashi oqibatida Buxoro amirligiga qarshi dushmanlik kampaniyasi kengaytirildi va ashaddiy tus oldi. Qo`pol ravishda Buxoroning ichki siyosiy tuzumini qurol bilan o`zgartirish choralari ko`rildi. Frunze, Kuybishyev o`z niyat-maqsadlarini ochiq-oydin gapirdilar. Amir hokimiyatiga muxolif kuchlar bolsheviklarga yordam so`rab murojaat ham qildilar.

1920-yil avgust oyi oxirlarida Turkiston fronti qo`mondoni M.Frunze buyrug`i bilan Buxoro hududlarida juda katta harbiy kuchlar, zambaraklar, brone-poyezd, aeroplanlar jangovar holatga keltirildi. 29-av-gustga o`tar kechasi ko`p tomonlama tajovuzkorlik harakati boshlab yuborildi. Asosiy kuchlar poytaxt Buxoroga hujum qildilar. Qo`shinlar tinch aholi boshiga shiddatli o`q yog`dirdilar. Shahar vayron, ko`pgina odamlar qurbon bo`ldi. Buxoro shahrida yong`in avj oldi.

Amir Olimxon poytaxtni tashlab chekindi, u Buxoroning sharqiy qismi tomon yo`l oldi. 1920-yil 2-sentabr kuni tajovuzkor kuchlar Buxoroni egalladilar. Amir hokimiyati ag`darildi.

Qizil armiyaga qarshi kurash olib boigan guruhlar, shahar va tumanlarda ko`tarilgan qo`zg`olonlar Buxoro respublikasining barcha – g`arbiy, markaziy, sharqiy qismlarida boshlanib, ommaviy tus oldi. 1920-yil avgust oyining oxirgi kunida poytaxt Buxorodan ketgan amir Olimxon Sharqiy Buxoroga kelib, katta kuchlar to`pladi, ularning soni 12 ming, keyinroq 25 ming kishiga yetdi, qizil qo`shinlarga qarshi janglar olib borildi.

Ibrohimbek (1889–1932), Davlatmandbek va boshqalar kurashga boshchilik qildilar. Jiddiy zarbalarga ja voban qizil armiya qo`mondonligi yangi-yangi qismlarni, ko`plab qurol-aslahalarni yetkazib kelib, ishga soldi.

1921-yil boshida mag`lubiyatga uchragan amir Olimxon Afg`onistonga o`tib ketdi. Shu yil oktabrida Turkiyaning sobiq harbiy vaziri Anvar Posho (1881–1922) Buxoro shahriga kelib, biroz muddatdan so`ng mamlakatning sharqiy qismiga jo`naydi va sovetlarga qarshi kuchlarga qo`shiladi. Anvar Poshoning harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan lashkar bunyod etildi va g`arbcha qo`mondonlik uslubi joriy qilindi. Anvar Posho 1922-yil yozida bo`lgan janglardan birida Baljuvon tepaliklarida shahid bo`ldi.

Mamlakatning markaziy va g`arbiy viloyatlarida ham kurash shiddatli tus oldi. 1920-yil kuzida Boysun, Denov, Sherobod, Sariosiyoda qurolli guruhlar tuzilib, janglar boshlab yubordilar. Dekabrda Qarshi, Shahrisabz, Yakkabog`, Kitob, Chiroqchida qo`zg`olonlar boshlandi, yangi hokimiyat, qizil askarlar garnizonlariga jiddiy talafotlar yetkazildi. Bu joylarga ham qo`shimcha qizil askar qismlari yuborildi.

Qisqa muddat davomida Mulla Abdulqahhor (1884–1924) boshchiligidagi poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to`plandi va jangovar harakatlar olib borildi. Shuningdek, Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurotadagi o`nlab guruhlar faoliyat ko`rsatdi. Ularning katta armiyasi 1922-yil mart oyining boshida poytaxt Buxoro shahriga yurish qildi. Ular qizil askarlar bilan shahar atrofida bo`lgan ikki kunlik shiddatli janglardan so`ng Buxoro shahri-ning katta bir qismini egalladilar va bir necha soat mobaynida o`z qo`llarida tutib turdilar. So`ngra shahar atrofidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohini egalladilar. Ammo zudlik bilan yetib kelgan ko`p sonli qizil askarlar (ular orasida Budyonniyning otliq qo`shini ham bor edi) bilan bo`lgan jangda ular Buxoroi Sharif va Bahouddin ziyoratgohidan katta qurbonlar berib chekinishga majbur bo`ldilar.

Bu harakatga qarshi kurash qizil armiya va uning qo`mondonligidan katta kuch-g`ayrat talab qildi. Moskva, Toshkent, Buxoroda 1923-yil may-iyun oylarida o`tkazilgan oliy darajadagi bir qator rasmiy anjumanlarda bu masala eng dolzarb muammo sifatida kun tartibida turdi.

Sovet hukumati butun Turkistondagi qarshilik harakatini tugatish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Angliyalik tadqiqotchi Glenda Frezerning yozishicha, «Sovet qo`mondonligi Buxoro respublikasida 1923-yil bahor-kuz fasllarida bo`lgan janglarga 100000 kishilik ulkan armiyasini tashladi».

Mulla Abdulqahhor yigitlari bilan qizil askarlar o`rtasida 1924-yil yozi va kuzida G`ijduvon tumanining G`ishti va Kattag`amxo`r qishloqlarida, Nurota tog`larida, Shofirkon tumaniga tutash Qizilqumning Jilvon qumliklarida, Bog`iafzal va Vardonze qishloqlarida qat-tiq to`qnashuvlar bo`ldi. Kuchlar teng bo`lmagan ushbu janglarda u mag`lubiyatga uchradi. G`arbiy Buxorodagi guruhlarga sezilarli zarba berildi. Mulla Abdulqahhor Qizilqum cho`llarida qizil askarlar bilan bo`lgan to`qnashuvlarning birida 1924-yilning oxirida halok bo`ldi.


Buxoro respublikasida qizil armiya qismlariga qarshi qariyb 5 yil davomida shiddatli jang harakatlari olib borildi.

Bu harakat 1924-yilning oxirigacha hozirgi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida davom etdi. Bu davrda xalqning og`ir ahvoli yanada murakkablashdi.

Buxoro mamlakati hududlaridagi qurolli harakat qizil armiya va bolsheviklarning tajovuzkorligi, zo`ravonligi va talonchiligiga qarshi qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Kurashchilarning asosiy maqsadi qizil qo`shinlarni haydab yuborish, milliy qadriyatlar, asriy e`tiqod va urf-odatlarning poymol qilinishi, xo`rlanishiga barham berish edi. Shu maqsadlar yo`lida kurash olib borish uchun Buxoro respublikasi rahbarlaridan Usmonxo`ja Po`latxo`jayev, Muhiddin Maxsum Xo`jayev, Ali Rizo Afandi, Abdulhamid Oripov, Qul-muhamedov va boshqalar qo`zg`olonchilar saflariga borib qo`shildilar.

Bir guruh harakat yo`lboshchilari Buxoro respublikasi hukumatiga yo`llagan maktublarida Buxoroda bolsheviklar bo`lmasligi lozimligini, «favqulodda komissiya orqali kambag`al aholining mol-mulki va hayoti “tortib olingan»ligini, «bolsheviklar jabr va zulmni avj oldirib yuborganliklari”ni va «Buxoroning mustaqilligi quruq so`z bo`lib qolgan»ligini, «haqiqatda undan darak yo`q»ligini ta`kidlagan edilar.



Shu bilan birga, Buxoro hududida kurash olib borgan aksariyat qo`rboshilarning qarashlarida ziddiyatli tomonlar ham mavjud bo`lgan. Qo`rboshilar o`rtasida o`zaro hamkorlik, hamjihatlikning yo`qligi, mamlakatni rivojlantirishning aniq dasturi yo`qligi harakatni kuchsizlantirdi, uning kengayishiga halaqit berdi. Bundan tashqari, Buxorodagi harakatning Turkistondan, xususan, Farg`ona vodiysidagi harakatdan farq qiladigan asosiy tomoni shundan iboratki, ular ikki jabhada turib kurash olib bordilar. Bir guruh qo`rboshilar (Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va boshqalar) amirlik tuzumi tarafdorlari bo`lib, ular faqat qizil armiyaga emas, yosh Buxoro hukumatiga ham qarshi kurash olib bordilar. Bu qo`rboshilar amir hokimiyatini qayta tiklash g`oyasini ilgari surib, sobiq amir Said Olimxondan yo`l-yo`riq olib turdilar. Lekin amir hokimiyati o`z vaqtida xalq noroziligini oshirgan, mamlakat taraqqiyotiga to`sqirdik qilgan edi. Ikkinchi guruh qo`rboshilar (Anvar Posho, Davlatmandbek, Jabborbek va boshqalar) muqaddas Buxoro tuprog`idan qizil askarlarning chiqib ketishi, Buxoro respublikasi mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar. F.Xo`jayev boshliq Buxoro Xalq Respublikasi hukumati ular bilan yashirin aloqa o`rnatib, muzokara asosida tinchlik yo`li bilan murosa qilishga intildi.

Bolsheviklarning tazyiqidan norozi bo`lgan Buxoro hukumati a`zolarining bir qanchasi muxolifat kuchlarga qo`shilib ketdi.

Afsuski, F.Xo`jayev boshchiligidagi Buxoro hukumati tarkibidagi milliy vatanparvar kuchlar (sobiq Yosh buxorolik jadidlar) bilan muxolifatdagi qurolli guruhlar yo`lboshchilari o`rtasida kelishuv amalga oshmadi. Bu totalitar rejim sharoitida amalga oshishi mumkin ham emas edi.
Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish