Namangan davlat universiteti vatan tarixi kafedrasi buxoro xonligi tarixi



Download 217 Kb.
bet4/5
Sana11.11.2020
Hajmi217 Kb.
#51961
1   2   3   4   5
Bog'liq
BUXORO XONLIGI TARIXI

BUXORO XONLIGINING TASHQI SIYOSATI VA IQTISODIY ALOQALARI

Reja


  1. Buxoro xonligining Sharq mamlakatlari bilan aloqalari.

  2. Buxoro xonligi tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari

  3. Buxoro xonligining iqtisodiy aloqalari


Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan shayboniylar (XVI asr) safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilganlar. Shu sababdan 1572-yili Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga o’zining elchilarini yubordi. Buxorolik elchilar o’z hukmdorining sovg’a-salomlari va mak-tubini olib borganlar. Bir qancha vaqtdan so’ng yana javob sovg’a-salomlari va maktubini olib, o’z vatanlariga qaytganlar. Abdullaxon o’z maktubida ikki davlat o’rtasida do’stlik munosabatlarini mustahkamlash istagini bayon qilgan edi. Bundan ko’zlangan maqsad boshqa davlatlar tomonidan bo’lishi mumkin boigan hujuin xavfiga qarshi ittifoq tuzish edi. 1577-yili Abdullaxon II Hindistonga ikkinchi marta elchi yuborgan. Bu elchi almashishdan siyc’siy maqsad ko’zlangan edi. Abdullaxon II to’g’ridan to’g’ri Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklifqildi. Lekin Akbarshoh bunga rozi bo’lmadi. Chunki bu davrda Hindistonning shimolidagi mustaqil knyazliklar – Sing va Kashmirni bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Akbarshoh Sing va Kashmirni bosib olib, shayboniylardavlatining janubiy chegaralariga yaqinlashdi. Shunday sharoitda, 1584-yili Badaxshon Abdullaxon tomonidan egallandi.

Abdullaxon II endi Akbarshoh huzuriga 1585-yilda uchinchi marta elchi yubordi. Elchi Buxoro xoni yuborgan maktubni Akbarshohga topshirdi. Maktubda Abdullaxon Badaxshonning fath etilish sabablarini tushuntirishga harakat qilgan edi. Abdullaxonning fikricha, musulmonlarning muqaddas shaharlari boigan Makka va Madinaga boradigan yo’l Badaxshon orqali o’tardi. Bu shaharni g’ayridinlardan tozalash maqsadida u Badaxshonni egallaganini bildiradi.



1586-yilning 23-avgustida Akbarshoh Abdullaxonning elchilariga qo’shib o’zining elchisini Buxoroga yuboradi. Akbarshoh o’z maktubida Abdullaxonga Turkiya Eronning bir qismini bosib olganligidantashvishlanayotganligini, Buxoro va Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ma’lum qilgan edi. Akbarshohning asl maqsadi Balx va Badaxshonni, imkoni bo’lsa, Xurosonni ham o’ziga bo’ysundirish edi. Shu tufayli, Abdullaxon II bunday ittifoqqa rozi bo’lmaydi. Bu paytda Eron hukmdori shoh Abbos I Eronni birlashtirishga, mustahkamlab olishga erishgan edi. Ana shunday sharoitda Badaxshonda Abdullaxonga qarshi isyon ko’tarildi. Buxoroda isyonda Akbarshohning qo’li bor degan gumon paydo boiadi. Badaxshon hukmdori Abdullaxon II ning o’g’li Abdulmo’min Akbarshohga maktub yoilab, undan boshpana beril-gan badaxshonlik isyonchilarni Buxoroga qaytarib yuborishini, qizini o’ziga nikohlab berishni, hatto Hindistonning bir qismini tortiq qilishini talab qildi. Natijada ikki davlal okrtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushadi. Keyinchalik Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga navbatdagi elchisini yuborib, o’g’lining xatti-harakati uchun undan uzr so’ragan.

Manbalarda ta’kidlanishicha, Muhammad Shayboniyxon bilan Usmonli turk sultoni davlati Boyazid II o’rtasida Eron safaviylariga qarshi kurash to’g’risida shartnoma tuzilgan. Usmonli turk daylati bilan aloqalar Shayboniyxondan keyin ham davbm etdi.

1515-yilda turksultoni Sulion Salim huzuriga shayboniylar elchisi bordi. Sulton Salimningelchisi Muhamniadbck esa o’sha yili Buxoro xonligiga sultonning maktubini olib keladi. Sulton o’z maktubida Ubaydullaxonni «qizil boshlar»ga qarshi kurashga chaqiradi.

Usmoniylar va shayboniylarning safaviylarga qarshi kurashida din bir niqob edi, xolos. Aslida csa bu g’arbiy Eron, Kavkaz va Xuroson uchun olib borilayotgan siyosiy kurashning natijasi edi. Shayboniyzodalarning Movarounnahr taxti uchun kurashida Usmoniylar NavroV Ahmadxonga yordam uchun harbiy kuch ham jo’natgan. NavroV Ahmadxonning Toshkentdagi qarorgohida 300 nafarturk askari doimiy xizmatda bo’lgan, qurol-aslaha bilan ham ta’minlab turgan. Turk askarlari NavroV Alimadxon tarafidan turib Nasafyonida Abdullaxon II gaqarshi janglarda qatnashganlar. Binobarin, usmonlilarsultonligi safaviylarga qarshi kurashda shayboniylar kuchidan foydalanibgina qolmay, Buxoro xonligida o’z siyosiy ta’sirini kuchaytirish maqsadida ham bu ichki kurashlarda faol qatnashdi.

Buxoro va Eron manfaatlari to’qnashgan asosiy nuqta Xuroson edi. Buning sababi – Xurosonning ham harbiy-siyosiy, ham – savdo-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligida edi.

Bundan tashqari, Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo’nalishida o’ziga xos darvoza vazifasini ham o’tar edi.

Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o’rtasida keskin kurash ketgan. Bu masalada Muhammad Shay-boniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronligi davrida shayboniylar ustunlik qildilar. Chunonchi, Abdullaxon II Xuro-sonning Marv, Nishonur va Mashhad kabi yirik shaharlarini egallagan.

Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari XVI asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o’z davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan Grozniy (1530–1584) davrida Rossiyaning mavqeyi kuchaya bordi. Ivan Grozniy davrida Qozon xonligi (1552 yil), Hojitarxon xonligi (1556), Volga bo’ylari va g’arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olingan edi. Bu hol Rossiyaga savdo yoilarini nazorat qilish imkonini berdi.

Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga engyaqinqo’shni mamlakat Rossiyabo’libqolgandi. Bu hol kovvp jihatdan qozon tatarlari hamda boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan izohlanar edi. Shuning uchun ham Abdullaxon II tomonidan 1557–1558-yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib Ivan Grozniy huzurida bo’ladilar. Ular o’z xonlari nomidan savdogarlarning Volga bofcylab erkin o’tishlariga ijozat so’raydilar. Qaytib kelgan elchilar Moskvadan juda ko’p o’q, dori, ov qushlari va matolar bilan qaytganlar.

Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avvalo Buxoroning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi. Ikkinchidan esa Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo’lardi. Bundabirinchi navbatda, Hindistonga chiqish maqsadi hisobga olingan edi. 1555-yili Moskvada tashkil etilgan «Moskva savdo kompaniyasi» vakili Antoniy Jenkinson boshliq elchilar rus podshosining guvohnomasi bilan 1558-yili Buxoroga yuboriladi. Elchi Antoniy Jenkinson Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan qabul qilindi. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini «Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat» nomli esdaliklarida bayon etadi.

Antoniy Jenkinson elchiligi natijasida Rossiya va Buxoro xonligi o’rtasida yaxshi savdo va diplomatik aloqalar yo’lga qo’yildi.



Hunarmandchilik mahsulotlari asosan shaharlarda, qisman yirik qishloqlarda yetishtirilar edi. Hunarmandchilikning to’qimachilik tarmog’ida ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish, gilam to’qish, kashtachilik ancha rivojlandi.

Hunarmandchilikning kulolchilik tarmog’i ham rivoj topadi. o’lkada sog’ tuproq manbalarining ko’pligi sopol va chinni idishlar, ko’za, kosa va boshqa tayyor kulolchilik mahsulotlari tayyorlashga imkoniyat berardi.



Metall va yog’ochga ishlov berish orqali uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlash, binolar qurilishida yog’och va ganch o’ymakorligi kabi hunarmandchilik tarmog’i ham ancha o’sdi. Buxoro va Samarqandda yuqori sifatli yozuv qog’ozi ishlab chiqarish, tog’li hududlardan nodir metallar, kaliy qazib olish ham yoiga qo’yilgan. Buxorolik hunarmandlar 200 ga yaqin kasb turlari bilan shug’ullangan.

XVII–XVIII asrlarning birinchi yarmida savdo-sotiq ishlari ham bir qadar o’sib bordi. Savdo-sotiq ishlarida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx va boshqa yirik shaharlarning mavqcyi baland edi. Ichki savdoda dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlariga, hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj kattaligi sababli bozorlargavjum boiardi.

Tashqi savdo ham to’xtab qolmadi. Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qashg’ar, Turkiya mamlakatlariga paxta, teri, jun, turli matolar va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari chiqarilar edi. Buxorolik savdogarlarning Sibir shaharlarida o’z savdo rastalari boigan. Xitoydan shoyi matolar, chinni idishlar, dori-darmon, choy, Hindistondan qimmatbaho toshlar, matolar, oltin iplar olib kelib sotilgan.

Ashtarxoniylar davrida davlat xazinasini boyitishning yagona usuli soliq dcb hisoblangan. Shu boisdan soliqlar turi va miqdori ko’paytirilgan. Asosiy soliq to’lovchi raiyat – dehqonlar, chor-vadorlar, hunarmandlar, savdogarlar bo’lib, ulardan xifoj, zakot, ixrojot, boj va boshqa soliqlar undirilgan. Soliqlardan tashqari aholi kanallar qazish, ariqlarni tozalash, qurilish va boshqa ishlarga majbunm jalb etilardi.

Shaharlar hamisha mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida g’oyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan.Chunki shaharlar davlat hokimiyati tayanchi, savdo va hunarmandchilik markazi, madaniyat hamda ilm-fan o’chog’i vazifasini o’tagan.

Amirlikning eng yirik shaharlaridan biri Samarqand edi. Samarqand shahrida kulolchilik, cho’yan quyish (degrezlik), teri oshlash, qog’oz, kiyim-kechak, qurol-yarog1 ishlab chiqaruv-chilar, baxmalboflar, kimxobgarlar, chitgarlar, bo’yoqchilar, po’stindo’zlar, mo’ynado’zlar mahallalari va rastalari bo’lgan.

Samarqandda yetti madrasa faoliyat ko’rsatgan. Bular Ulug’bek, Sherdor, Tillakori, Safed (Xoja Ahror), Shayboniyxon, Xoja Abdulg’ofur, Qozi Soqiy madrasalari edi.

Ashtarxoniylar davrida kuchayib ketgan siyosiy kurashlar, chet elliklar hujumi natijasida shahar talangan, vayronaga aylangan.

Buxoro amiri Shohmurod (1785–1800) davrida Samarqand deyarli qayta tiklangan.



XIX asrboshlarida Samarqand shahri baland devorbilan o’rab olingan. Devorning uzunligi 13,9 chaqirim, maydoni 10,4 kv kilometrni tashkil etgan. Shaharda 80 ming aholi istiqomatqilgan.

XIX asming 40-yillarida Buxoroda 38 ta karvonsaroy bo’lib, ularda musofir va mahalliy savdogarlar istiqomat qilganlar. Karvonsaroyda ombor, do’kon, ustaxona, mehmonxonalar bo’lgan. Karvonsaroylarning amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga tegishlilari bo’lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12–15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini karvonboshi – amirlikdagi barcha savdd ishlarining boshqaruvchisi boshqargan.

Buxoroda ichki va shaharlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga oshirilgan.

Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 masjid va 83 ta hovuz mavjud bo’lgan.

Hunamiandchilik amirlik shaharlarining iqtisodiy hayolida niuhini ahamiyatga ega edi. Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to’qimachilik bo’lgan. Buxoro olachasi, bcVzi, boVga gul bosish yo’li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi, Samarqandning to’q qizil rangli baxmali mashhuredi. Yigirilgan ipdan ro’mol, choy-shab, salla to’qish ham keng tarqalgan.

Hunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan yana biri – temirchilik va miskarlik boclib, o’roq, pichoq, shuningdek, qurol-yarog’ yasashgan. Temirchilar qilich, xanjar, oybolta, nayza, qalqon, kamon va uning o’qini yasar edilar. To’plar yasash ham yo’lga qo’yilgan.

Zargarlik, kulolchilik, yog’ochsozlik ham muhim soha hisoblangan.

Yog’ochdan eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq va boshqalar yasalardi. Yog’och o’ymakorligi alohida ahamiyatga ega edi. Novdalardan savatlarto’qilardi.

Uy sharoitida namat, gilam to’qish, oshlangan charmdan egar-jabduqlar, ayillar, pichoq qinlari, hamyonlar tikish ham keng rivojlangan.



Davlat hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bolmadi. Bu esa o’z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi. Natijada, oddiy hunarmandchilik ishlab chiqarishi manufaktura ushlab chiqarishi darajasiga kcVtarilmadi. Shuning uchun ham ichki bozorda odatdagi hunarmandchilikva qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi yetakchi o’rin egallagan.

Buxoroda bozordagi narx-navo, tosh-tarozining to’g’riligi qattiq nazorat qilinar edi. Kimki xaridor haqqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi, xususan, bundaylar yarim yalan-g’och holda aravada, bozor ahliga namoyish qilish uchun sazoyi qilinardi va ovozi boricha: «Men shayton yoiiga kirib, xaridorni aldadim», deb jar solishga majbur etilardi.

O’rta Osiyo, xususan, Buxoro bozorlari faqatgina xo’jalik vazifasini o’tab qolmagan. Ular ayni paytda o’ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o’tagan. Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o’qib eshittirilar, aybdorlar jazolanar, bayram kunlari esa turli tomoshalar ko’rsatilar edi.

Mamlakatning tashqi savdo aloqalari to’xtab qolgani yo’q. Buxoro Hindiston, Afg’oniston, Eron, Xitoy bilan savdo aloqalarini olib borgan. Bu davlatlaiga xonlikda ishlab chiqarilgan ip gazlamalar, baxmal, qog’oz, egar-jabduqlar, qurollarning ayrim turlari, meva va boshqa mahsulotlar ortilgan savdo karvonlari qatnab turardi. Ba’zi savdo karvonlarining tuyalari bir necha yuz boshga yetardi.

Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga ko’plab chet ellik savdogarlar kelib turishardi. Buxoroda hatto hind savdogarlari va sudxo’rlari yashaydigan alohida mahallalar ham bor edi. Ular hind gazlamari, bo’yoqlari, shifobaxsh va ziravor o’tlar, dori-darmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar.

Buxoro aholisini chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, tuyalar hamda hunarmandchilik buyumlari bilan ta’minlovchi qozoq cho’llarining aholisi bilan keng savdo olib borilardi. Ular xom teri, shuningdek, qo’y terisini turli ranglarga bo’yab tikkan kamzullari bilan ham mashhur edilar. Bu mahsulotlar Buxoro bozorlarining eng xaridorgir mahsulotlari edi. Qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilar edilar. Turkmanlar Buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotardilar.

Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari o’sib bordi. Orenburgda 1804-yili Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilib, unda 20 xonadon istiqomat qilgan. Ular Rossiya bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi savdoda muhim o’rin tutganlar. Qarorgoh ahli 1812-yilda Napoleon armiyasiga qarshi janglarda faol ishtirok etgan. 1825-yilga kelib savdogarlar qarorgohi kengayib, xonadonlar soni 30 taga yetdi. Ularning kokpchiligi hunarmandlar (novvoylar, savdogarlar) boMib, o’z mahsulotlarini shu yerda sotuvga tayyor-laganlar. Buxorodan yoiga chiqqan karvon 2 oyda Orskka yetib borardi. Ba’zidasavdo karvoni 5 mingtagacha tuyadan iborat bolardi.

Shu tariqa, Buxoro davlati iqtisodiyoti Rossiya bilan savdo qilishga mo’ljallangan o’ziga xos yo’nalishga ega boia borgan. Buni quyidagi fakt ham isbotlaydi. Masalan, 1844-yilda Buxoro xonligining o’rta Osiyo – Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 25 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1864-yilga kelib bu ko’rsatkich 42 foizga ko’tarilgan.


4-mavzu:
Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish