Topshiriqlar
O’quvchining aqliy ishchanlik qobiliyati davrlari haqidagi mahlumotlar asosida jadvalni to’ldiring.
Davrlar
|
Vaqti (min.)
|
Belgilari
|
O’qituvchi faoliyati
|
Ishga kirishish davri
|
|
|
|
Optimal ishchanlik davri
|
|
|
|
To’liq, kompensatsiya davri
|
|
|
|
Beqaror kompensatsiya davri
|
|
|
|
Faoliyatining progressiv pasayish davri
|
|
|
|
O’qituvchining xislatlari asosida jadvalni to’ldiring.
№
|
O’qituvchi xususiyatlari
|
Ijobiy (+, -)
|
Salbiy (+,-)
|
1
|
Darsni yuqori kayfiyatda o’tish
|
+
|
-
|
2
|
|
|
|
3
|
|
|
|
4
|
|
|
|
5
|
|
|
|
6
|
|
|
|
7
|
|
|
|
8
|
|
|
|
9
|
|
|
|
10
|
|
|
|
Dars jadvaliga qo’yiladigan gigienik talablar asosida ______ sinf (kurs)ning dars jadvalini tuzing.
Dushanba
|
Seshanba
|
CHorshanba
|
1. _________________
2. _________________
3. _________________
4. _________________
5. _________________
6. _________________
|
1. _________________
2. _________________
3. _________________
4. _________________
5. _________________
6. _________________
|
1. _________________
2. _________________
3. _________________
4. _________________
5. _________________
6. _________________
|
Payshanba
|
Juma
|
SHanba
|
1. _________________
2. _________________
3. _________________
4. _________________
5. _________________
6. _________________
|
1. _________________
2. _________________
3. _________________
4. _________________
5. _________________
6. _________________
|
1. _________________
2. _________________
3. _________________
4. _________________
5. _________________
6. _________________
|
Nazorat savollari.
1. Maktab tahlimini gigienik jixatdan tashkil etishda nimalarni muxim deb bilasiz?.
2. O’zlashtirishning oson va qiyinligiga qarab xamma fanlar shartli ravishda necha turga bo’linadi?
3. Kichik maktab yoshidagi bolalarda darslarning haftalik umumiy yuklamasi necha soatdan iborat bo’lishi kerak?
4. O’zlashtirilishi onson bo’lgan fanlarni aytib bering?
Kun tartibini gigienik baholash
Ishdan maqsad: Kun tartibiga qo’yiladigan gigienik talablar asosida o’quvchilar kun tartibini tuzish ko’nikmasini hosil qilish.
O’quv jihozlari: Talabaning shaxsiy kun tartibi, kun tartibiga qo’yiladigan gigienik talablar haqida mahlumotlar.
Nazariy qism:
Bolalar va o’smirlar kun tartibini tuzishda mehnat bilan dam olishning almashinishi, mashg’ulotlar turlarining o’zgarishlarini ehtiborga olish kerak. Tashqi muhitning qulay sharoiti tahsirida bola va o’smirlar organizmi o’sib, ulg’aya boradi. Kun tartibi to’g’ri tashkil etilganda bola charchamaydi. Kundalik rejimga rioya qilinganda nerv sistemasida shartli reflekslar vujudga keladi, bolalar intizomli va tartibli bo’la boradi. Kundalik rejimga rioya qilinmaganda esa bolada toliqish, uyqusizlik, ishtahasi yomonlashuvi, asabi buzilishi, hamda ish qobiliyatini pasayishi kuzatiladi.
Birinchi va ikkinchi smena o’quvchilari uchun kun tartibi ularning yoshini hisobga olgan holda tuziladi. Dam olish, uyqu, ovqatlanish, sinfdan tashqari ishlarni to’g’ri tashkil etish, uyda xo’jalik ishlariga yordam berish, maktabdagi mashg’ulotlar va boshqalarni to’g’ri tashkil etish lozim.
Uy vazifalari bola yoshiga mos bo’lishi kerak. 1- sinf o’quvchilarga 45 minutlik, 2-sinf o’quvchilariga 1-1,5 soatlik, 3,4 - sinflar uchun 2 - 2,5 soatlik, 5-10-sinf o’quvchilari uchun 3 - 3,5 soatlik uy vazifasi berilishi tavsiya etiladi. Uy vazifasini bajarishda har 45 minutdan so’ng sof havoda dam olish kerak. Maktabdan qaytgandan so’ng ovqatlanish va harakatli o’yinlar o’ynash, sof havoda sayr qilish lozim. So’ng uy vazifalarini tayyorlash mumkin. O’quvchlar uy vazifasini bajarib bo’lganidan so’ng uy ishlariga yordam berishi kerak. Lekin uy ishlari bilan band bo’lib, uy vazifasini bajarmasligi mumkin emas yoki charchab qolmasligi kerak. O’quvchini yoshligidan o’rin - ko’rpasini yig’ishtirishga, kiyim-boshini tartibga solishga, kechqurun, erta bilan yuvinishga boshqalarga o’rgata borish zarur.
Kun tartibida uyquning ahamiyati katta. Bola uxlashidan 2-2,5 soat oldin ovqatlanishi kerak. Kechki ovqatdan so’ng sof havoda bir oz sayr qilishi lozim. Uxlashdan avval zo’riqib aqliy mehnat talab etadigan ishlarni bajarish, hayajonli o’yinlar o’ynash, televizor ko’rish tavsiya etilmaydi.
Televizorni quyi sinf o’quvchilari haftada 3-4 marta, kuniga 1-1,5 soatdan, yuqori sinf o’quvchilari 4-5 marta, 2-2,5 soatdan undan 2-2,5 m uzoqda o’tirib, qad-qomatni to’g’ri tutgan holda ko’rishlari mumkin. Yotib yoki yonboshlab televizor ko’rish mumkin emas. Boshlang’ich sinf o’quvchilari soat 8 va 9 da, V-VII sinf o’quvchilari 930 -1000 da uyquga yotishi kerak. O’rin toza bo’lishi, juda yumshoq bo’lmasligi lozim. Xona temperaturasi 18-20°s bo’lishi, qishda fortochkani ochib qo’yish kerak. Yoz oylarida bolalar hovlida yoki ayvonda sof havoda uxlashlari kerak.
Har kuni mahlum bir vaqtda ovqatlanish shart, shunda ovqatlanish vaqti yaqinlashganda ishtaha paydo bo’ladi, ovqat tez va yaxshi hazm bo’ladi. O’z vaqtida ovqatlanmaganda ishtaha kamayib ketadi. Bolaning bir kunda eydigan ovqati organizmida sarflangan energiyani qoplashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |