Namangan davlat universiteti «tasdiqlayman»



Download 130 Kb.
Sana21.02.2020
Hajmi130 Kb.
#40436
Bog'liq
Ishchi dastur Dala amaliyoti-2019

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor ____________ t.f.n. M.Esanov

«___» ______________2019 yil




« 5140600-Geografiya ta’limi yo’nalishi o’quv dala amaliyoti»

ISHCHI O’QUV DASTURI

2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar
Ta`lim sohasi: 140000 – Tabiiy fanlar

Ta`lim yo’nalishi: 5140600 – Geografiya yo’nalishi uchun

Namangan-2019
Amaliyotning ishchi o’quv dasturi «5140600-geografiya» ta`lim yo’nalishi o’quv dasturi va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi va amaliyotda qo’llash uchun tavsiya etildi.

Tuzuvchi: Geografiya fanlari nomzodi, dots. Sh.Jumaxanov

Geografiya fanlari nomzodi, dots. E.Soliyev

Amaliyotning ishchi o’quv dasturi "Geografiya" kafedrasining 2019 yil __- avgustdagi 1–sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: X.S.Mirzaaxmedov

Fanning ishchi o’quv dastur Tabiiy fanlar fakultetining 2019 yil __-avgustdagi 1-sonli Kengashida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.



Fakultet Kengashi raisi: A.N.Nazarov
Kelishildi:

O’quv- uslubiy boshqarma boshlig’i: B.R. Rustamov

I. O’QUV DALA AMALIYOTINING MAQSADI, VAZIFALARI VA MUTAXASSIS TAYYORLASHDAGI ROLI
I.1. Amaliyotning maqsadi va vaziflari.
O’quv dala o’quv amaliyoti o’quv jarayoninnng dala sharoitidagi bevosita davomi bo’lib, u talabalarning nazariy kursni o’rganish vaqtida olgan bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish va umumlashtirish, shuningdek bu bilimlarni amalda qo’llash bo’yicha ularda zarur ishlab chiqarish malakalari hosil qilish maqsadida o’tkaziladi.

Nazariy kurs singari o’quv-dala amaliyoti ham oliy o’quv yurtlarining 5440600–Geografiya ta’lim yo’nalishida geografiya mutaxassisligini tayyorlash bo’yicha mavjud o’quv rejasining ajralmas qismi hisoblanadi. Kompleks geografik amaliyot: ushbu amaliyot davomida talabalar o’lkamiz tabiati, aholisi va uning urf-odatlarini, xo’jaligini kompleks o’rganadilar. Binobarin, amaliyot davomida talabalar turli tabiat zonalari, tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlar va hodisalar, o’lkamiz landshaftlari, shuningdek, shaharlar, sanoat, qishloq xo’jaligi, transporttizimlari, hududlarning rekreatsion salohiyati bilan tanishadilar.

Mazkur amaliyot davrida talabalar amaliy mashg’ulotlarda to’plagan tajribalaridan foydalangan holda quyidagilarga:

-tabiatni va tabiiy xodisalarni o’rganish uchun ob’ekt tanlash va joyda mo’ljal olish;

- tabiiy ob’ektlar bo’yicha marshrutlar uyushtirish;

- har xil o’lchash asboblaridan mustaqil foydalana bilish;

- olingan nazariy bilimlar asosida muayyan geografik voqeylikka kompleks baho berish;

- iqtisodiyot tarmoqlari tavsifi uchun muayyan hududlar(regionlar) haqidagi ma’lumotlarni bilishi va foydalana olishi:.

- muayyan hududlarda-tog’larda, daryo vodiylarida, terrasalarda va boshqa joylarda dala tadqiqot ishlarini olib borish;

- turli ma’lumotlar va statistik materiallarni qayta ishlash;

- zamonaviy geoinformatsion sistemalar va kompьyuter texnikasi vositalaridan foydalanish;

- dala tadqiqot ishlari asosida mavzuli xaritalar tuzish;

- tadqiqot ishlarida turli o’lchash asboblarini qo’llay bilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Bulardan tashqari har bir talaba mazkur amaliyot davomida amaliy ishlarni bajarishga ma’lum tartibdagi izchillika, aniqlikka, muntazam nazoratga rioya qilishning muhimligini tushunishga, dala xujjatlarini o’z vaqtida batartib to’ldirib va tuzib borishga, dalada olingan natijalarni kameral ishlar bosqichida qaytadan sinchiklab tekshirib chiqib qayta ishlash (o’lchash, hisoblash va tekshirish natijalarini nixoyasiga yetkazish), va rasmiylashtirish bo’yicha yetarli darajada amaliy tajriba va ko’nikmalar orttirishi kerak.


I.2. Amaliyot ishlarini tashkil qilish va o’tkazish

Amaliyotning oldiga qo’ygan maqsadga to’la-to’kis erishish uchun, uning hamma ishtirokchilaridan mehnat intizomiga so’zsiz rioya qilish, alohida ishlar bo’yicha belgilangan ish grafigini o’z vaqtida bajarish va ularni yuqori sifatli bo’lishini ta’minlash talab etiladi.

Dasturda belgilangan ishlarni bajarish uchun amaliyot boshlanishidan oldin har qaysi o’quv guruxi 4-5 kishidan iborat brigadalarga bo’linadi va ularga brigadirlar tayinlanadi. Brigadirning asosiy vazifasi amaliyot dasturida ko’rsatilgan hamma topshiriqlarni bajarishda brigadaga rahbarlik qilish hisoblanadi.

Amaliyot rahbari amaliyotni boshlashdan avval talabalarni mazkur amaliyotning maqsadi, vazifalari va uning dasturi bilan tanishtiradi, ular bilan texnika xavfsizligi bo’yicha instruktaj o’tkazadi va shunga muvofiq holda qaydnoma tuzib rasmiylashtiradi, qaydnomaga har bir talaba shaxsiy xavfsizlik hamda material qurol yarog’larni ehtiyot qilish qoidalarini bajarish bo’yicha majburiyat olganini xis etgan holda o’z imzosini qo’yadi.

Bundan tashqari rahbar guruxni kundalik ishlarini rejalashtiradi bajarilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan maslahat beradi, dalada o’lchash ishlarini borishini kuzatib turadi, plan olish jurnallarini to’g’ri to’ldirib va hisoblab borilayotganini nazorat qilib boradi, kameral ishlarga bevosita rahbarlik qiladi.

Amaliyot oxirida har bir brigada alohida papkada amaliyot xisobotinn tayyorlaydi va amaliyot rahbariga topshiradi. Rahbar uni tekshirib amaliy materiallari bo’yicha har bir talabani brigadaning hamma a’zolari ishtirokida 100 balli tizimda baholaydi. Bunda albatta brigadaning har bir a’zosini Dasturda ko’rsatilgan hamma ishlar tsiklida qay darajada ishtirok etgani, ijodiy yondoshgani, bajarilgan ishlarni pishiq-puxta o’zlashtirib olganligi, bajargan ishlarini sifati, savollarga bergan javoblarini ishonchliligi, to’liqligi hisobga olinadi.


1.3. O’quv dala amaliyotining o’tkazish ob’ektlari

O’quv dala amaliyoti turli regional muassasalarda va tashkilotlarda, shuningdek dala sharoitida o’tkaziladi. Amaliyot davomida talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash ko’nikmalarini shakllantiradilar hamda bevosita dala sharoitida amaliyot o’tkazadilar. Amaliyot davomida talbalar turli tabiiy va iqtisodiy ob’ektlarni o’rganadilar, shuningdek muayyan tabiiy ob’ektlarni o’rganish maqsadida marshrutlar o’tkazadilar. Kompleks amaliyot davomida talabalar turli tabiat zonalari, tabiiy geografik jarayonlar va hodisalar, sanoat tarmoqlari va aholi punktlarining ularning hududiy joylashuvini o’rganadilar. SHuningdek rekreatsion resurslar va qishloq xo’jaligi tarmoqlari bilan tanishadilar.



5140600–Geografiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr talabalar amaliyot ob’ektlari xisoblangan tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy geografik va ekologik-geografik sistemalar, ularning holati, xususiyatlari, tuzilishi, shuningdek, ularning shakllanishi, kechish jarayoni va rivojlanishi bilan bog’liq jarayonlarni o’z ko’zlari bilan ko’rishlari hamda ularni tadqiq etishlari nazarda tutiladi.

II. 5140600–GEOGRAFIYa TA’LIM YO’NALISHI 2 KURSLARIDA O’TKAZILADIGAN O’QUV DALA AMALIYOTINING TARKIBI

Namunaviy o’quv rejasida mazkur kursga o’quv dala amaliyoti 4 semestrga umumiy 144 soat ajratilagan bo’lib, amaliyot o’tkaziladigan ob’ektlarning tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy hususiyatlariga ko’ra olib boriladi va bajariladigan ishlar quyidagicha taqsimlangan:



2.1. O’quv dala amaliyotining texnologik kartasi.




Bajariladiga ishlar

Ajratilgan soat

Amaliyot ob’ekti

Amaliyotga tashkiliy qismi va kuzatish joylari

1

Amaliyot o’tkazish tartib qoidalari va tashkiliy masalalarni tushuntirish

2

O’quv binosida

2

Tabiiy geografik tadqiqotlarning asosiy bosqichlari, maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish

2

Mamay qishlog’ida

3

Dala amaliyoti o’tkaziladigan xududning topografik planini ishlab chiqish, kerakli shartli belgilar bilan jihozlash. Ko’z bilan chamalab plan olish. Yirik masshtabda uzunligi 1-1,5 km bo’lgan yo’l tomonlarini (joy uchastkalarini) ko’z bilan chamalab s’yomka qilish. Plan olish nuqtalari (stantsiyalari) orasidagi masofani qadamlar bilan o’lchash, qadamlar masshtabini yasash.

8

Mamay qishlog’ida

4

Geomorfologik tadqiqot ishlari: Relьefning morfologiyasi, morfometriyasi, genezisi, yoshi, rivojlanish bosqichlari, geologik strukturalar bilan bog’liqligi, landshaftning yetakchi komponenti ekanligi, kesma va blok diagrammalarini tuzish.

8

Mamay qishlog’i tog’ oldi xududlarida

5

Meteorologik va mikroiklimiy kuzatishlar:

Meteostantsiyalardagi jihozlar, dalada (ekspeditsiya davrida) zarur bo’lgan asbob-uskunalarni ishchi holtga keltirish, kuzatuv vaqtlarini jadvalini tuzish



8

Mamay qishlog’i o’quv-dala amaliyoti bazasida

6

Havoning bulut bilan koplanganlik darajasini va turlarini aniqlash, so’ngra kuzatish ishlarini asbob-uskunalar yordamida bajarish.

4

O’quv-dala amaliyoti bazasida (har kuni, kuzatuv vaqtlari jadvali asosida)

7

Mikroiqlim ma’lumotlarini: havo xarorati, namligi, bosim, shamol yo’nalishi va tezligini psixrometr, barograf, aneroid, anemometr va boshqa asboblar bilan o’lchash. Olingan ma’lumotlarni qayta ishlash (sutkalik va haftalik o’rtacha ko’rsatkichlarini hisoblash)

8

O’quv-dala amaliyoti bazasida (har kuni, kuzatuv vaqtlari jadvali asosida)

8

Gidrologik tadqiqot ishlari: xududning yer usti va osti suvlari, ularning turlarini aniqlash, Podshootasoy daryosi tizimi va havzasining gidrografik karta sxemasini ishlash, shakl va o’lcham ko’rsatkilarini aniqlash.

8

O’quv-dala amaliyoti bazasida (har kuni, kuzatuv vaqtlari jadvali asosida)

9

Gidrometrik ishlarni bajarish: gidropostlar tashkil etish, suv sathi, suvning oqim tezligi va jonli kesma maydonini o’lchash va suv sarfini aniqlash. Daryo suvidan namunalar olish asosida suvning fizik: loyqaligi, harorati, tiniqligi, rangi va kimyoviy: tarkibi, ta’mi, hidi, ichishga yaroqligi xususiyatlarini aniqlash.

8

O’quv-dala amaliyoti bazasida (har kuni, kuzatuv vaqtlari jadvali asosida)

10

Namangan viloyatidagi mavjud gidrotexnik inshootlar bilan tanishish.

8

Namangan viloyati bo’yicha

11

Tuproq qoplamini tadqiq etish: Tuproq kesmasini geologik ochiq, shurflar yordamida tuzish va qazish, namunalar olish. Tuproq kesmasini maxsus savolnoma (blanka)larni yozish, tuproqning mexanik tarkibini aniqlash, asosiy tuproq gorizontlari (A,V,S), qalinligi, rangi, zichligi, namligi, yot jinslarining uchrashini tahlil qilish.

6

O’quv-dala amaliyoti bazasida

12

O’simlik qoplamini tadqiq etish: xududning o’simlik qoplamini namlik, qiyalikka, ekspozitsiyaga, nisbiy va mutlaq balandliklarga ko’ra tarqalishini, o’simliklarning turlarga, yem-hashak, zaharli, shifobaxsh, dekorativ, mevali, mevasiz va boshqa turlarga ajratish va gerbariy yig’ish.

6

O’quv-dala amaliyoti bazasida

13

Hayvonot olamini o’rganish: Dalada hayvon turlarini o’rganishda mahalliy millat vakillaridan (ayniqsa keksa kishilar, ovchilar, maktabdagi biologiya, zoologiya o’qituvchilaridan) savol-javob usulida ma’lumot to’planish, hayvon turlarining migratsiyasi, ko’payishi (bolalash) xususiyati, umr ko’rishi (necha yoshgacha yashashligi), hayot tarzini o’rganish.

6

O’quv-dala amaliyoti bazasida

14

Xududning aholisini geografik o’rganish: Aholi soni va joylashuvi, aholi zichligi, jins-yosh tarkibi, ijtimoiy va diniy tarkibini, aholi migratsiyasini, bandligini o’rganish.

6

O’quv-dala amaliyoti bazasida

15

Aholi punkti(shahar)ni geografik jihatdan o’rganish: shahar va qishloqlarning rivojlanishida tabiiy sharoit va resurslarni hamda sotsial-iqtisodiy omillarni baholash. SHahar aholisi va mehnat resurslarini o’rganish. SHahar va qishloq aholi punktlarining planirovkasini o’rganish.

10

O’quv-dala amaliyoti bazasi va Namangan shahrida

16

Sanoat tarmoqlarini geografik o’rganish: sanoat tarmoqlarini hududiy tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini, sanoat tugunlari va markazlarini o’rganish asosida Namangan viloyati yirik sanoat korxonalariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish.

10

O’quv-dala amaliyoti bazasi va Namangan shahrida

17

Qishloq xo’jaligini geografik o’rganish: qishloq xo’jaligini rivojlanishida tabiiy sharoitni baholash, qishloq xo’jaligi tarmoqlari, ekin turlari, yer fondi va uni tarkibini o’rganish.

6

O’quv-dala amaliyoti bazasida

18

Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini geografik o’rganish: aholi manzilgohlarida xizmat ko’rsatish sohalarining hududiy joylashuvini va uning ta’sir radiusini aniqlash ( maktabgacha ta’lim muassasalari, o’rta umumiy ta’lim, tabiiy hamda maishiy xizmat ko’rsatish markazlari).

8

O’quv-dala amaliyoti bazasi va Namangan shahrida

19

Transport tizimini geografik o’rganish: Shahar markaziy ko’chalaridagi transport qatnovi va uning kunlik ta’sir darajasini aniqlash.

8

O’quv-dala amaliyoti bazasi va Namangan shahrida

20

Kameral bosqich: tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga ko’ra ma’lumotlarni guruhlashtirish va tahlil qilish. Hisobotning matn qismini yozish, taqdimot tayyorlash

8

O’quv-dala amaliyoti bazasi va Namangan shahrida

21

Hisobot bosqichi: tayyor hisobotni taqrizchiga berish. Hisobotni kafedrada yoqlash. Hisobotni baholash.

6

Namangan shaxrida




jami

144





III. Baholash tartibi va mezonlari

Amaliyot bo’yicha talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’iga asosan Namangan davlat universitetida ishlab chiqilgan “Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo’yicha Yo’riqnoma” ga asosida tashkil etiladi.
1. Amaliyotga ajratilgan umumiy soat - 144 soat.

2. Talabaning amaliyot bo’yicha o’zlashtirishini baholash yakuniy nazorat (YaN) shaklida amalga oshiriladi.



3. Yakuniy nazorat:

Amaliyot bo’yicha yozma hisobot ishi shaklida bo’ladi:

topografik ishlarga – 1,

tarmoqli tabiiy geografik ishlarga -2,



iqtisodiy geografik ishlarga -2.

Jami -5 baho

4. Talabalar bilimi quyidagi mezonlarga asoslaniladi.

  • talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, amaliyot topshiriqlarining mohiyatini tushunadi, biladi, to’la bajara oladi, aytib beradi deb topilganda - 5 (a’lo) baho;

  • talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, amaliyot topshiriqlarining mohiyatni tushunadi, biladi, bajara oladi oladi, aytib beradi hamda tasavvurga ega deb topilganda- 4 (yaxshi) baho;

  • talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, amaliyot topshiriqlarining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;

  • talaba amaliyot dasturini o’zlashtirmagan, mohiyatini tushunmaydi hamda amaliyot topshiriqlari bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda -2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.


IV. O’QUV DALA AMALIYOTINING METODIK TA’MINOTI

Асосий адабиётлар:

  1. Жучкова В.К. Организация и методы комплексных физико-географических исследований. М.: Изд-во МГУ. 1987.

  2. Зайнутдинов А. ва бошқ. Табиий географиядан ўқув-дала амалиёти (Чорбоғ ўқув-дала амалиёти мисолида). –Т.: Университет, 2003.

  3. Макунина Г.С. Методика полевых физико-географических исследований. Учебно-метод. пособие.- М.: МГУ, 1987.- 115 с.

  4. Соатов А. Табиий географик тадқиқот усуллари. Т.: Университет, 2000.

  5. Манак Б.А. Методика экономико-географических исследований.
    -Минск, «Университетское»,1989.

  6. Солиев А., Назаров М. Иктисодий географик тадкикот усуллари. Маърузалар матни. -Т.: Университет, 2000.

Қўшимча адабиётлар:

  1. Мирзиёев Ш.М. БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида сўзлаган нутқи. http://xs.uz/index.php/homepage/rasmij/item/11175.

  2. Мирзиёев Ш.М. Олий Мажлисга Мурожаатнома 2017 йил 22 декабрь http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-12-2017

  3. Мирзиёев Ш.М. Олий Мажлисга Мурожаатнома. 2018 йил 28 декабрь. https://www.xabar.uz/siyosat/prezident-shavkat-mirziyoyevning-oliy-majlisga-murojaatnomasi

  4. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т.1. –Тошкент.: Ўзбекистон. 2017.

  5. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Тошкент.: Ўзбекистон. 2017.

  6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Тошкент.: Ўзбекистон. 2017.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi №PF-4947-sonli Farmoni

  8. “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori.

  9. “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2018 yil 05 iyundagi PQ-3775-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori.

  10. Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлиги йили Давлат дастури (ЎзР Президентининг 2009 йил 26 январдаги ПҚ-1046-сон қарорига илова).

  11. Методика полевых физико-географических исследований (под.ред. Архангельского А.М.), М., Высшая школа 1976.

  12. Зокиров Ш.С. ва бошқ. Табиий географиядан ўқув дала практикаси. -Т.: ТошДУ, 1989.

  13. Шарипов Ш.М. ”Географик тадқиқот усуллари (I қисм)” фанидан тайёрланган ўқув-услубий мажмуа. ЎзМУ ички тармоғи.

  14. Алаев Э.Б. Социально-экономическая география: Понятийно-терминологический словарь.-М.,1980.

  15. Алексеев А.И. Ковалев С.А., Ткаченко А.А. География сферы обслуживания. - Калинин, 1986.

  16. Маергойз И.М. Методика мелкомасштабных экономико-географических исследований. -М., 1981.

  17. Назаров М.И. ”Географик тадқиқот усуллари (II қисм)” фанидан тайёрланган ўқув-услубий мажмуа. ЎзМУ ички тармоғи.

  18. Солиев А., Маллабоев Т. Иқтисодий ва социал географияда айрим қонуниятларни ўрганиш методикаси. -Т., 1988.

  19. Солиев А.С., Каршибоева Л. Иқтисодий географиянинг назарий ва амалий масалалари. –Т., 1999.

  20. Солиев А., Аҳмедов Э., Маҳамадалиев Р., Назаров М. ва б. Минтақавий иқтисодиёт. -Т., 2003.

  21. Солиев А.С. Иқтисодий география: назария, методика ва амалиёти [Матн]: танланган асарлар / А.Солиев; масъул муҳаррир: О.Б.Ота-Мирзаев. Тошкент: Камалка, 2013. 184 б.

  22. Саушкин Ю.Г., Введение в экономическую географию. - M., 1970.

  23. Солиев А.С Ўзбекистон географияси // Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий географияси. - T.: Университет. 2014.

  24. Комилова Н. Тиббиёт географиясининг назарий ва амалий масалалари. – Т.: “Шарқ”, 2018. 264 б.

  25. Goudie A. Physische Geograhfie. -Munxen. «Westerman», 1997.

  26. Kulke E. Wirtschafts - geograhfie. -Munxen – Zurich. «Ferdinand Schoningh», 2004.


Интернет сайтлар:

  1. www.undp.uz (БМТ Тараққиёт Дастури веб-сайти).

  2. www.gwpcacena.org

  3. www.Ziyo.net.






Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish