Tadqiqotning davriy chegarasi. Bitiruv malakaviy ishining davriy
chegarasi aslida juda katta. Chunki, mazkur davr Buyuk Ipak yo‘lining shakllani-
shidan to uning inqirozigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi, lekin
biz tadqiqot mavzusidan kelib chiqqan holda XIX asrning oxiri – XXI asrning
boshlari olindi. Chunki XIX asrning oxirlariga kelganda jamiyatda yuz bergan
ijtimoiy o‘zgarishlar jahon xalqlari, shu jumladan, O‘rta Osiyo aholisining an'a-
naviy turmush tarzida ham o‘z aksini topa boshladi. O‘z o‘rnida shuni qayd etish
lozimki, mazkur jarayonlar O‘rta Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy hayotida
muhim rol o‘ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |