Kushon podsholigi milodiy 1 asrning boshi yoki o`rtalarida Yuechjilarning Kushon (Xitoychada Guyshuan) podsholigining kuchayishi natijasida paydo bo`lgan. «Kushon» atamasi sulola yoki qabila nomidan kelib chiqqan. Kushonlarning ilk hududlari shimoliy Baqtriya, Tojikiston, O`zbekistonning janubida joylashgan. Podsholikni asoschisi YAbg’u (qirol), keyinroq esa podsho nomini olgan Kudzula Kadfiz (Kadfiz I) davrida kushonlar hozirgi Afg’oniston va Tojikistonning kattagina qismini bosib oldilar. Uning vorisi Vima Kadfiz davrida kushonlarga Xindistonning kattagina qismi buysunadigan bo`ldi. Kanishka I davrida Kushon podsholigi o`zining rivojlangan pallasini boshidan kechirdi. O`rta Osiyoda kushonlarning shimoliy chegaralari O`zbekiston janubidagi Xisor tog’ tizmalaridan o`tgan, hamda tog’li dovon (Darband) da chegara devorlari qurilgan. Kushon podsholigi davrida turli eralar mavjud bo`lgan. (Salavkiylar, Vikroma, Saka eralari va boshqalar). SHuningdek, Kanishka I hukmronligi davrida Kanishka erasi boshlangan. Ushbu era dlvrida quyidagi podsholar hukmronlik qilgan:
Kanishka I 123 yillar,
Vasishka 2428 yillar,
Xuvishka 2860 yillar,
Kanishka 1141 yil;
Vasudeva (Kanishka III) 6498 yillar.
Maroqanda Samarqandning yunoncha nomi. Mil. av.gi VII VI asrlarda Maroqanda o`rnida mudofaa devorlar bilan o`ralgan qishloq bo`lgan. YUnon tarixchilari Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf, Strabonning ma`lumotlariga ko`ra mil. av.gi 329 yildada A.Makedonskiy So`g’diyona poytaxti Maroqandni zabt etib, vayron qilgan, so`ngra o`zining harbiy garnizoni uchun qal`ani qayta tiklagan. So`g’diylar Spitamen boshchiligida bu bosqinchilarga qarshi kurashgan, qo`zg’olon bostirilgach, Makedonskiy Marokandni yana vayron qilishni buyurgan. Maroqand keyinchalik Semizkent, Samarqand nomini olgan.
Massagetlar Kaspiyorti va Orol dengizi yaqinida va Sirdaryoning quyi oqimida mil. av. VI IV asrlarda yashagan qabilalar guruhining umumiy nomi. Massagetlar haqida fanda har xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlarning fikricha, Massagetlar nomi «muso» «baliq» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, «baliqxo`rlar» ma`nosini bildiradi. Keyingi tekshirishlar natijasida massagetlarning «mae», «saka» va «ta» so`zlaridan iborat bo`lganligi va saklarning katta uyushmasi degan ma`noni bildirishi aniqlangan. YUnon tarixchisi Gerodotning ta`riflashicha, massagetlar piyoda va otda jang qilganlar, otlarning ko`kraklariga sovut kiydirganlar. Massagetlar o`z podshosi To`maris boshchiligida eron bosqinchilariga qarshi kurashganlar. Mil. av.gi VI asrda ular o`z erlarini boshqa qabilalar xujumidan himoya qilish maqsadida harbiy qabila ittifoqiga birlashganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |