Namangan davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 1,46 Mb.
bet33/46
Sana02.04.2022
Hajmi1,46 Mb.
#524403
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
Bog'liq
2 5327819678427384957

Samarqand XIX asr o’rtalarida 30 mingga yaqin aholi yashagan va Buxoro xonligining ikkinchi muhim savdo hamda hunarmandchilik markazi edi. XVI-XIX asrning birinchi yarmida Samarqand avvalgidek yirik fan va madaniyat markazi bo’lib qoldi. Ushbu davrda ijtimoiy fanlar, tibbiyot, tasviriy san’at yuksak darajaga chiqdi. XVI–XVII asrlarda Samarqandda yirik olimlar ilmiy faoliyat olib bordi, ularning aksariyati o’z nomiga Samarqandiy nisbasini qo’shgan edi.
XVII asr xattotlik san’ati, kitoblarni bezash va miniatyuraning yuksalishi bilan ajralib turadi. Miniatyura sohasida o’tgan asrdagi Buxoro-Samarqand maktabi an’analari davom ettirildi. Samarqandlik miniatyurachi rassomlar, chiroyli muqovachilar nafaqat Movorounnahrda, balki shu bilan birga undan tashqarida ham shuhrat qozondilar77.
buxoro xvi–xix asrlarda ichki va tashqi savdoning yirik markazlaridan biri hamda sharq va g’arbni bog’lovchi aloqa markazi edi. 1795 yilda buxoroda 2 qavatli karvonsaroylar bo’lgan. ushbu shaharga har yilda yaqin va o’rta sharq mamlakatlari hamda qo’shni xonliklardan 10–15 ming savdo karvonlari kelib turgan. ayni bir vaqtda buxoro o’rta osiyodagi barcha o’lkalar uchun o’ziga xos savdo eshigi ham edi78.
toshkentning shayxontohur dahasining boshlig’i yunusxo’ja shahardagi 4 ta daha hokimlarini yutib chiqib, o’zini davlatini tuzib oladi. ushbu davlat o’z maqomini mustahkamlab, hatto chegaralarini kengaytirish ishlarini olib boradi. lekin, qo’qon xonligi bilan to’qnashuvi mustaqillikning boy berilishiga olib keladi. toshkent qo’qonliklar hokimiyati tarkibiga kirgan bo’lsa-da, taslim bo’lib qolmadi va doimo qo’qon xonligiga qarshi qo’zg’olon ko’tarib turdi79.
xix asrning o’rtalarida toshkentning 12 ta darvozasi bo’lib, shahar darvozalari nomlari yo’nalishlarga qarab qo’yilgan. masalan, samarqand yo’nalishidagi darvoza “samarqand darvoza” deb yuritilgan. o’sha vaqtda har bir darvoza mudofaasi ushbu darvoza yaqinida yashovchi aholi zimmasiga yuklatilgan, mahalla, o’z navbatida, unda yashovchi qabila yoki urug’ nomi bilan atalgan. shahar darvozasi har kuni qorong’i tushishi bilan yopilgan, ertalab tong saharda ochilgan. yopiq darvozani hyech kim ochishga haqqi bo’lmagan, faqatgina favqulodda hodisa bo’lib qolsa, o’shanda ham hokimning maxsus farmoyishi bilan ochishga ruxsat berilgan. darvozalarning yuqori qismi panjarali bo’lib, bu yerdan atrofni kuzatib turganlar. darvozalardan ot va tuyalar, yuk ortilgan aravalar, butun boshli karvonlar kirib chiqqan. har bir darvoza yonida shaharga kirib chiquvchi ot arava va yuk ortilgan tuyali kishilarni qayd qilib turuvchi bojxona bo’lgan. darvozalar oldida yirik amaldorlarni kutib olish marosimlari ham o’tkazilgan.
toshkent darvozalaridan tashqarida yana bir yashirin yo’l bo’lib, u “teshikqopqa” deb atalgan. teshikqopqa harbiy ahamiyatga ega bo’lib, darvoza o’rniga devor tusidagi katta namat yopib qo’yilgan. yov bosganda shu yerdan otliq askarlar qo’qqisdan chiqib borib, dushmanga kutilmaganda zarba bergan. har bir darvozaning o’z nomi va yasalgan yilda yozilgan kaliti bo’lib, bir juft temir halqasi bo’lgan80.
shahrisabz chorsusida (xix asr) bo’lib o’tgan tomosha haqidagi ma’lumot diqqatga sazovordir: “chorsuda kunduzi savdo amalga oshiriladi, kechqurun esa bu yerda tomoshalar tashkil qilinib, bachchalar o’yinga tushadi va h.k. shahar bozori chorsudagi kechqurungi tomoshalar juda jonli edi”. bozor maydoni va oqsaroy yaqinida esa arqon tortilib, dorbozlar o’z mahoratlarini namoyish etganlar”. odatda, bozorlardagi savdo-sotiq jarayonlari faqat kunduz kunlari amalga oshirilgan81.
1511 yilda xorazmda arabshohiylar sulolasidan bo’lgan elbarsxon berka sulton o’g’lining hokimiyat tepasiga kelgani va xiva xonligi tashkil etilganidan so’ng butun xvi asr davomida xivaning xonlik hayotidagi roli tobora oshib bordi. xvi asr davomida davrda yangi sulola vakillari o’rtasida hokimiyat uchun kurashning avj olishi poytaxt u shahardan bu shaharga o’tgan. masalan, 1536 yildan 1560 yilgacha bo’lgan davrda goh vazir, goh urganch, goh xiva poytaxt bo’lgan. amudaryoning daryoliq ir­mo­g’i­ning 1573 yildan boshlangan susayishi xvi asr oxiriga kelib xonlikning eng yirik shahri va amaldagi poytaxti bo’lgan urganchda hayot butunlay so’nishiga olib keldi. o’z navbatida iqtisodiy ji­hatdan maqsadga muvofiq bo’lganligi xivaning yangi poytaxt sifatida tanlanishini taqozo qildi. xiva xonligining 1840 yilda eron shohi nodirshoh afshar qo’shinlari tomonidan bosib olinishi hamda harbiy harakatlar chog’ida dushman artilleriyasining zarbasi tufayli xiva, hazorasp, xonqa shaharlarida ko’plab binolarning vayron bo’lishi uzoq davom etgan siyosiy parokandalikni yuzaga keltirdi.
ushbu voqealar xivada shahar hayotining tushkunlikka tushib qolishiga sabab bo’ldi. xviii asr oxiri – xix asr boshlarida qo’ng’irot sulolasi vakillari hokimiyat tepasiga kelgandan so’ng xiva shahrining rivojlanishida yangi bosqich boshlandi. xivani poytaxt shahar sifatida mavqyeini ko’chaytirdi82. xiva xonlikdagi ichki savdoning markazi edi. 1832 yilda olloqulixonning buyrug’iga binoan yangi bozor qurish uchun xiva shahrining sharqiy qismida maydoni 5–6 tanobni tashkil etuvchi ko’l quritilgan. natijada maydoni 15 gektarni tashkil etuvchi eng katta bozor barpo etilgan. xonlikdagi bozorlarda savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida alohida kunlar belgilab qo’yilgan. xiva shahri uchun haftaning dushanba va payshanba kunlari bozor bo’lishi belgilangan edi83.
XVI asr boshlarida Xorazmning yirik shaharlari sifatida Vazir mashhur edi. Ushbu shahar XVI asr mobaynida nafaqat yirik savdo-iqtisodiy hayot markazi, hududiy-ma’muriy birlik bo’libgina qolmay, o’z navbatida ayrim shahar va qishloqlarni birlashtirgan siyosiy markaz vazifasini ham o’tagan edi. Vazir atrofida Yangi Shahar va Tirsak kabi kichik shaharlar ham mavjud bo’lgan.
XVI asr oxirida Urganch singari Vazir ham suvsizlikka duchor bo’ldi. Vazirda ham hukmdorlar shahar hayotini bir maromda ushlab turish maqsadida shaharni suv bilan ta’minlashga harakat qilganlar. Biroq, ular nafaqat Vazirni, balki Urganch va Katni ham suvsizlikdan qutqara olmadi. Masalan, Abulg’ozixon 1646 yilda Urganch ahlini ular uchun qurilgan yangi qal’aga ko’chirdi. Bu qal’a Yangi Urganchni yuzaga kelishiga asos bo’ldi. Eski Urganch esa shu davrdan boshlab “Ko’hna Urganch” deb atalgan. Ko’hna Urganch aholi tomonidan tashlab ketilib, shahar tanazzulga yuz tutgan bo’lsa-da, XIX asrning birinchi yarmida uning qayta tiklanish jarayoni yuz berganligini kuzatish mumkin. Abulg’ozining merosxo’ri Anushaxon (1663–1687) davrida suvsizlikdan aziyat chekkan Vazir va Kat shaharlari aholisini Kichik Vazir va Chig’atoyga ko’chirilgan edi. Anushaxon davrida Yangi Kat, Shohobod shaharlariga ham asos solingan. XVII asrning 2 yarmida Xiva xonligida yana bir yangi shahar qal’a – G’oziobod vujudga keldi, u harbiy-strategik ahamiyatga ega bo’lgan.
Shu tariqa ushbu davrda Xiva xonligida Hazorasp, Xiva, Xonqa, Urganch, Shohobod, Kat, Gurlan, Vazir va G’oziobod shaharlari mavjud edi. Bu shaharlar asosan har biri loy devor bilan o’ralgan qal’alardan iborat bo’lib, odatda mahalliy muarrixlar bu holatdan kelib chiqqan holda Xiva xonligini “Besh qal’a mamlakati” deb ataganlar. Poytaxt shahar Xiva esa “Besh qal’a”ga kirmagan. 19 asr muallifi Abdulkarim Buxoriyning yozishicha, Besh qal’aga Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat va Shohobotlar kirgan. Besh qal’adan tashqari Xiva xonligida boshqa shaharlar ham mavjud edi. Yangi shaharlarning kelib chiqishida savdoning ahamiyati katta edi84.
Shaharlar va shahar hayoti keng rivojlangan hududlardan biri Farg’ona vodiysi edi. XVI–XIX asrning o’rtalarida bu yerda bir qancha shaharlar mavjud bo’lib, ularning ayrimlari kengayib borgan va yangilari vujudga kelgan edi. Ular jumlasiga Andijon, Axsi, O’zgan, Koson, Qo’qon, Namangan, Shahrixon, Asaka va boshqa shaharlarni kiritish mumkin. Qo’qon xonligining tashkil topishi bilan yangi poytaxt shahar – Qo’qonning rivojlanib borishi natijasida ilgarilari Farg’ona vodiysining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yetakchilik qilgan Andijonning mavqyei pasayib bordi.
Xonlikning siyosiy va iqtisodiy rivojlanib borishi natijasida ayrim qishloqlar asosida yangi shaharlarning vujudga kelishi jarayoni yuz berdi. Ulardan biri Namangan bo’lib, u Zahriddin Muhammad Bobur tomonidan “G’aznoi Namongon” sifatida tilga olinadi. Ushbu shahar XVII asrga oid xujjatlarda qishloq tarzida qayd etiladi. Xususan, Buxoro hukmdorlari tomonidan Qoroskon qishlog’idagi Sulton Sayid mozorining shayxlari nomiga 1643 yilda berilgan vaqf xujjatlarida Namangan qishloq sifatida tilga olingan. Tadqiqotchi Y. Qosimovning fikricha, XVIII asrda esa bu qishloq o’rnida shahar shakllangan.
Qo’qon xonligida shakllangan shaharlardan yana biri – Shahrixondir. Ushbu shahar 1818 yilda Qo’qon xoni Umarxon buyrug’i bilan bunyod etilgan edi. Buxoro amirligi bilan O’ratepa uchun bo’lgan janglarda qo’li baland kelgan Qo’qon hukmdori Umarxon shoira Dilshod Barnoning xabar berishicha, 1816 yilda bu yerga yurish qilgan va shahar aholisining 13,5 mingini sho’zi bilan olib ketgan. Olib ketilgan o’ratepaliklar xon amri bilan Qo’qondan sharqda joylashib, hukmdor sharafiga atalgan Shahrixon shahriga asos soladilar. Xudoyorxon tomonidan Asaka shahriga asos solinishi ushbu shaharni suv bilan ta’minlagan daryo suvining yangi shaharga ketishi va Shahrixonning suvchsizlikka uchrashiga sabab bo’lgan85.
Buxoro xonligi hududidan XVIII asr boshlaridan ajralib chiqqan Qo’qon xonligining rivojlanib borishi bilan birgalikda uning poytaxti vazifasini o’tay boshlagan yangi markaz Qo’qon shahri ham shakllanib bordi. Shaharga ming vakillari bo’lgan Shohruhbiy va uning o’g’illari xonlikni Dehqonto’da degan joydan turib boshqarganlar. Qo’qonning poytaxt sifatida shakllanishida XVIII asrning II yarmida davlat tepasiga kelgan Erdonabiy va Norbo’tabiylarning hukmronlik yillarida amalga oshirilgan katta qurilish ishlari muhim rol o’ynadi. Xususan, unda 4 ta madrasa va karvonsaroy qurildi. Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixon davrida me’moriy jihatdan Qo’qon yanada boyib bordi. Jumladan, Umarxon davrida Juma masjidi (1819) va shifoxona qurildi. Madalixon davrida esa “Dahmai shohon” (1825) ansanbli qurib bitkazildi. Qo’qon nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy markaz sifatida ham rivojlanib bordi. Qo’qon juda qisqa vaqt ichida shahar yirik siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazga aylandi hamda hudud hayotida markaziy o’rinlardan biriga aylanib bordi86.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish