Namangan davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 1,46 Mb.
bet31/46
Sana02.04.2022
Hajmi1,46 Mb.
#524403
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
Bog'liq
2 5327819678427384957

Kabarna shahri umumiy maydoni 75 ga dan ortiq bo’lib, u yerda qazish ishlari o’tkazilgungacha g’arbiy tomonidan boshqa uchala tomonida ham devorlar yaxshi saqlanib qolgan edi. Burjlarga ega bo’lgan mudofaa devorlari umumiy maydoni 75 ga dan ortiq bo’lgan shaharni o’rab turgan. VII–VIII asrlar boshida Kabarna shahri Choch hukmdorligidagi yirik shaharlardan biri bo’lgan.
Beruniy va Mahmud Koshg’ariyning ma’lumotlariga ko’ra, Toshkentning nomi turkiycha Toshkand (Koshg’ariyda Tarkan varianti ham mavjud) dan kelib chiqqan va “Tosh shahar” ma’nosini bergan. Shoshning (Toshkent) poytaxti Binkat ko’chalaridan biri “Sikkat al-xoqon” ya’ni “Xoqon yo’li” deb atalgan51.
Farg’onaga vodiysi haqida arab manbalarida u mintaqaning (Haytal mintaqasining) sharqiy qismida chapga qayrilmasingizdan avval boshlanadi, deb qayd etiladi. U juda gullab yashnagan viloyat bo’lib, u yerda 40 ta macjid mavjud edi. Uning poytaxti Axsikat hisoblanib, shaharlari ichida Miyonrudiyya (Miyon Rudon), Nasrobod, Manora, Ranjad, Shikit, Zorakon, Xayralom, Bishabishon, Uzkand katta ahamiyat kasb etgan. Naso hududining shaharlari ichida O’sh, Qubo, Birink, Marg’inon, Rishton, Vonkat, Kand, Uvol, Dakarkard, Navqod, Muskon, Biykon, Ishxijon, Jidg’il va Shovadon kabilar mavjud bo’lgan.
Muqaddasiy Shoshni tasvirlagan va uning “G’arjand, G’annoj, Jabuzan, Varduk, Kabarna, Namdavonak, Nujkat, G’azaq, Anuzkat, Bishkat, Barkush, Xotunkat, Jabg’ukat, Farankad, Kadok, Nakolak, Boriskat, Ushturkat, al-Baykat, Kaboskat, G’annoj, Deh Kuron, Tall Avsh, G’uzkard, Zaronkat, Darvo, Faradkat, Ajax kabi shaharlari mavjud bo’lib, Iloq unga tutashib ketadi, markazi Tunkatdir. Uning shaharlari Shovakat, Bonxosh, Nukat, Arbilax, Namudlag’, Tukkat, Xumrak, Sekat, Kuhsim, Adaxkat, Xos, Xujakat, G’arjand, Somsirak, Biskat” deb ma’lumot beradi. Shoshning Xotunkat, Jabg’ukat, G’uzkard va boshqa bir qator shaharlari nomlanishida turkiy xalqlarga aloqadorlik mavjudligini ko’rish mumkin.
16-MAVZU: FARG’ONA, YETTISUV VA JANUBIY QOZOG’ISTON O’RTA ASR SHAHARLARI URBANIZATSIYASI
REJA:
1. Mintaqa shahar madaniyati vujudga kelish jarayonida Buyuk Ipak yo’li savdosining ta’siri. Xitoy va arab manbalarida Farg’ona shaharlari.
2. O’rta asrlar davri shaharlari: Axsikat, Quva (Qubo), O’sh, O’zgan, Xo’jand, Qo’qon.
3. Andijon XIV–XVI asrlarda.
4. Yettisuvda So’g’d mustamlakachiligi. Qizildaryo, Oq-Beshik (Bolosog’un) XI–XII asrlarda. Yettisuv shaharlarining ravnaqi.
5. Yangikent, Isfijob, Sig’noq, O’tror, Taroz, Talas vodiysi shaharlari arab manbalarida. Shaharlar rivojlanishida cho’l zonalarining o’rni.

Davan davlati mil.avv. III – milodiy III asrlarda mavjud bo’lib, boshqaruv tizimiga ko’ra, podsholik hisoblangan. Aholining ko’pchiligi shaharlarda istiqomat qilgan. Ipak yo’lining vujudga kelishi ushbu shaharning gullab-yashnashiga to’g’ri keldi. Tadqiqotlarga ko’ra, mil.avv. III asrdan boshlab butun Farg’ona vodiysida shaharsozlik madaniyati keng yoyiladi. Aynan mana shu davrda Farg’ona vodiysi bo’ylab o’tgan Buyuk ipak yo’li tarmoqlari bo’ylab Axsikent, Marhamat, Kubo, Marg’ilon, Bob (Pop) kabi ko’hna shaharlar paydo bo’ladi. Shuning uchun ham mil.avv. II asrga oid xitoy manbalarida Davan davlatining 70 dan ortiq shaharlari bo’lganligi tilga olinadi.


Ma’lumki, Davan davlatini hukmdor, ya’ni podsho oqsoqollar kengashiga suyanib boshqargan. Ma’lumotlarga ko’ra, davlat hududlari shahar va vohalarga bo’lib idora qilingan hamda har bir shahar hamda vohaning o’z hokimi bo’lgan. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida qadimgi shaharlar, ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Qadimdan to bugungi kungacha insonlarning tabiiy landshaftlarni o’zlariga qulay holda o’zlashtirib, yangi manzilgohlar, yangi yo’llarni ochishi natijasida o’ziga xos antropogen landshaftlar vujudga kela boshladi.
Arxeologik tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida Farg’ona vodiysida o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, shu bilan birga sug’orilish tarixining asosiy bosqichlarini yoritish imkoniyati tug’ildi. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududlarida ilk sug’orma dehqonchilikning boshlanishi ushbu hududda ilk suv landashftlarining vujudga kelishiga ham sabab bo’ldi. O’zbekistonda sug’orma dehqonchilik va sug’orilish tarixiga doir ko’plab tadqiqotlar olib borilgan va bu borada katta ilmiy yutuqlarga erishilgan. Jumladan, Qadimgi Xorazm, Zarafshon vohasini qadimdan to hozirgi kungacha bo’lgan dehqonchilik yerlarini o’zlashtirish, sug’orilish tarixini aks ettiruvchi yirik ilmiy asarlar yaratildi. O’zbekistonda suv landshaftlarini o’rganishda Farg’ona vodiysida ham olib borilgan tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Farg’ona vodiysi O’rta Osiyoning qadimgi sug’orma dehqonchilik o’chog’i sifatida to’liq o’zlashtirilgan hudud sanaladi. Bu hududni arxeologik jihatdan tadqiq etishda A.Yu.Yakubovskiy, M.ye.Masson, V.A. Shishkin, S.P. Tolstov, Ya.G. Gulyamov, B.A. Latыnin, I.Axrarov, A. Anorboev, B.Matboboev, G.Ivanov kabi ko’plab olimlarning tadqiqotlari alohida ahamiyat kasb etadi.
­ Qadimgi shaharlar tarixini o’rganishning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, sivilizatsiya bilan bog’liq bo’lgan yangi shaharsozlik madaniyati markazlarining turli hududlarda paydo bo’lishi o’zining ahamiyatiga ko’ra, jamiyat rivojlanishining o’zaro aloqalari va umummadaniy an’analarida ham kuzatiladi. Mavjud manbalar va ma’lumotlar qadimgi shaharlarni ishlab chiqarishning turli sohalari markazlari, iqtisodiy va texnologik yangiliklar maskanlari sifatida chuqurrorq o’rganilishiga imkon beradi.
Mil. avv. II ming yillikning oxiri – I ming yillikning birinchi yarmiga kelib O’rta Osiyo hududlarida moddiy, madaniy va ijtimoiy hayotning turli tomonlarini qamrab oluvchi muhim o’zgarishlar bo’lib o’tadi. Bu davrning eng muhim o’zgarishlaridan biri – temirdan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi va asta-sekinlik bilan keng hududlarga yoyildashi bo’lib, bu jarayon O’rta Osiyo sharoitida mulkiy tabaqalanish, ilk davlatlar paydo bo’lishi va qadimgi shaharlar shakllanishini yanada jadallashtirdi.
Hozirgi O’zbekiston hududlaridagi 4 ta qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlarda ilk temir davriga oid arxeologik majmualar aniqlangan bo’lib, ular Shimoliy Baqtriya­da, So’g’d hududlarida, Farg’ona vodiysida va Toshkent vohasida joylashgan. Ushbu arxeologik majmualardagi shaharsozlik madaniyatida ko’p hollarda umumiylik aniqlan­gan bo’lsa-da, tarixiy jarayonlardagi ma’lum hududlarga xos jihatlar sezilib turadi.
Shaharsozlikning asosiy omili hisoblangan dehqonchilik xo’jaliklarining Far­g’ona vodiysida qachon paydo bo’lganligi masalasi tadqiqotchilarning ko’plab baxs-munozara­lariga sabab bo’lgan va bu borada turli fikrlar bildirilgan. Farg’ona arxeolo­giyasi tadqiqotchilarining fikricha, bu hududlardagi mahalliy chorvador qabilalar janubiy madiniyatlar ta’siri natijasida mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida dehqonchilik bilan shug’ullana boshlaganlar. Chust madaniyati yodgorlilarida52yarim yerto’la shaklidagi turar joylarning mavjudligi, ular aynan chorvador madaniyatlarning bino­korlik an’analariga xosligini tasdiqlaydi. Aholi punktlari daryo va soy bo’ylarida joylashib, alohida dehqonchilik voha-tumanlarini tashkil etgan53. Chust madaniyatning sanasi bo’yicha ham ko’plab fikrlar mavjud bo’lib, bu sana mil. avv. XV–XI asrlarni qamrab oladi.
So’nggi bronza va ilk temir asridagi Farg’ona vodiysida mavjud bo’lgan aholi yashash punktlarining alohida vohalarda joylashuvi hududiy qo’shnichilik jamoalarining shakllana boshlaganligidan dalolat beradi. Voha-tumanlarpning aholisi ziroatchilar, chorvadorlar, hunarmandlar, binokorlar, hisobchilar kabi ijtimoiy qatlamlardan tashkil topgan bo’lib, ulardan tashqari jamiyatda qishloq oqsoqollari va jamoa yo’lboshchilarning ham mavqyei baland bo’lganligini taxmin qilish mumkin.
Vodiydagi dehqonchilik xo’jaliklarini rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulot­larini ko’paytirish zaruriyati tufayli kulolchilik, metallga ishlov berish, zargarlik, harbiy qurollar va kundalik maishiy buyumlarni ishlab chiqarish kabi ko’p tarmoqli hunar­mand­chi­lik­ning shakllanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan. Ishlab chi­qa­rish­ning asta sekinlik bilan o’sishi natijasida esa aholi punkt­larining soni, hajmi hamda rejaviy tuzilishi ancha o’zgarib, ular himoya devorlari bilan o’rab olinadi. Mudofaa devorlari ichida yo’lboshchilarning qarorgohi – ark bunyod etilib, uning at­rof­lari o’zaro ayir­boshlash, savdo-sotiq hamda hunarmandchilik markazlariga aylanadi. Yuqo­ridagi omillar tufayli Farg’ona vodiysidagi Dalvarzin, Chust, Sho’rabashad, Ashqol­tepa kabi yodgorliklarda urbanizatsiya jarayonlari boshlanadi.
Bronza va ilk temir davriga oid aholi punktlari sonining ortib borishi, ularning alohida voha-tumanlarda joylashuvi vodiydagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining murakkablashuvi jarayonlaridan dalolat beradi. Ma’lumki, bu haqda Yu. A. Zadneprovskiy, Farg’onada dehqonchilik aholisining joylashuvi «qarindosh-qon­dosh» urug’chilik an’ana­lari bilan bog’liq bo’lib, har bir voha-tumanda alohida (ma’lum hududiy chegaralangan holda) bir urug’ jamoasi vakillari yashagan, deb xulosa bergan edi54.
Olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlar natijasida Farg’ona vodiysining shaharsoz­lik madaniyati o’ziga xos yo’nalishda rivojlanganligi aniqlangan. Vodiy urbanolog­larining so’nggi yillardagi tadqiqotlariga ko’ra, Farg’onadagi qadimgi dehqonchilik va shaharsozlik madaniyati tarixini quyidagi uchta davriy bosqichga ajratib o’rganish mumkin:
1. Dehqonchilik madaniyatining vujudga kelishi va o’troq aholi punktlarining paydo bo’lishi ( mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi).
2. Shaharmonand (protogorod) aholi punktlari (mil. avv. I ming yillik boshlari) va ilk shaharlarning shakllanishi ( mil. avv. VIII–VII asrlar).
3. Ilk shaharsozlik an’analarining yangi asoslarda rivojlanishi (mil. avv. VI asrdan boshlab)55.
So’nggi yillardagitadqiqotlar natijalariga ko’ra, so’nggi bronza davrida Foarg’ona vodiysi va unga chegaradosh hududlardagi aholining bir guruhi yaylovlarda boqiladigan chorvachilik bilan shug’ullangan bo’lsa, bir guruh aholi esa chorvachilikdan ziroatchilikka o’ta boshlagan. Aynan ikkinchi guruh aholisi dehqonchilik bilan shug’ullanish maqsadida daryo va soylar bo’ylaridagi o’zlariga qulay bo’lgan yerlarni o’zlashtirib, o’troq aholi punktlariga asos solganlar.
Tadqiqotlar natijasida Farg’nadagi qadimgi shaharsozlik xususiyatlariga xos jihatlar – binokorlik, qurilish uslublari, uy-joylar shakllarida, chorvachilik va dehqon­chi­lik bilan shug’ullanuchi aholining madaniy an’analarida kuzatiladi. Vodiy­ning Dal­varzin, Sho’rabashot hamda Eylaton kabi qadimgi shaharlari mukammal mudofaa tizimiga ega bo’lgan ma’muriy, hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari bo’lgan.
Tadqiqotlardan shunday xulosa chiqari mumkin-ki, Farg’onadagi ilk dehqonchilik aholi punktlari qishloq ko’rinishida paydo bo’lib, ular dastlab mudofaa devorlari bilan o’ralmagan. O’zlashtirilgan hududlarning kengayib borishi va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining o’zgarishi natijasida yirik aholi punktlari hunarmand­chilik va mahsulot ayirboshlashmarkazlariga aylana borib, aholiga mehnat qurollari, harbiy qurollar, kulolchilik muhsulotlarini ishlab chiqarish vazifasini o’tagan.
Farg’onada qadimgi shaharlar me’moriy-rejaviy tuzulishining aosiy mohiyati qal’a-qarorgoh, ishlab chiqarishhamda turar-joylar mavjudligi bilan izohlanadi. Shaharlarning katta maydonni egallashi (Dalvarzin 25 ga, Eylaton ichki qismi 20 ga va boshq.), mukammal mudofaa tizimining mavjudligi, mahsulot ayrboshlash va hunarmandchilik markazi bo’lishi muhim belgilardan hisoblanadi.
Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, vodiyning Dalvarzin kabi markazlarida alohida joylashgan hunarmandchilik sohalari mavjud bo’lgan. Atrof uy-qo’rg’onlari va o’troq hayotga moslashgan boshqa aholi punktlaridan iqtisodiy jihatdan farqlanish – vodiy shaharl­a­ri­ning yana bir muhim belgisi edi. Ilk shaharlarning boshqa belgilaridan yana biri – shaharlarda aholining turli qatlamlari yashaganligi bilan izohlanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mil. avv. I ming yillik o’rtalariga kelib Farg’onada asosan o’troq dehqonchilik aholisi yashagan. Ammo, bu aholining madaniy an’analari Baqt­riya, Sug’d, Marg’iyona va Xorazmnikiga nisbatan boshqacharoq edi. Ushbu madaniyatning ildizlari mil. avv. II–I ming yillikning boshlari bronza davri mahalliy Farg’ona ma­da­niya­tiga borib taqaladi. Mil. avv. VI–IV asrlar Farg’ona yodgorliklari esa qadimgi Farg’ona shaharsozlik madaniyatining yangi bosqichi hisoblanadi. Umuman olganda, Farg’ona vodiy­sida shaharlarning shakllanishi va paydo bo’lishi mintaqaning urbanizatsiya jarayonlariga xos ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va harbiy-siyosiy omillarga asoslangan edi.
Ularning tadqiqotlarida nafaqat bu hudud dehqonchiligi, hunarmandchiligi tarixini yoritishda, balki irrigatsiya xo’jaligi tarixini o’rganishda alohida e’tibor qaratilgan.
Farg’ona vodiysini dastlabki arxeologik jihatdan tadqiq etilishi ayniqsa Katta Farg’ona kanali qurilishi davrida olib borilib, shu davrda bu hudud antropogen landshaft tarixini yoritishda ham juda katta materiallar qo’lga kiritilgan. Natijada Farg’ona vodiysining sug’orilish tarixi yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar orqali yoritib berildi. Farg’ona vodiysi O’rta Osiyoning qadimgi dehqonchilik vohasi bo’lib, Sirdaryoning yuqori oqimida joylashgan. Tuprog’ining unumdorligi, suv manbalarining mavjudligi va iqlim sharoitining qulayligi bu yerda ilk o’troq dehqonchilikning shakllanishi va rivojlanishiga asosiy omil bo’ldi.
Antropogen landshaftlar tarixini tadqiq etgan olim A. Valiev O’zbekiston shaharlarida antropogen landshaftlar shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etish arxeologik materiallar va yozma manbalardagi ma’lumotlar asosida hal etilishini alohida ta’kidlagan edi. [2] Olim antik davrlarda antropogen landshaftlarning rivojidagi asosiy omili sifatida bu davrda aholi yashash manzilgohlarining tez suratlarda kengayishi va aholi sonining ortib borishini ko’rsatadi. Aholi joylashuv manzilgohlarining voha hususiyatidan kelib chiqishi va ularning suv manbalari bilan ta’minlanganligi bilan bog’liq ravishda rivojlanishi kuzatiladi.
O’ziga xos geografik holat hamda qadimgi Ipak yo’lining rivoji Farg’ona shaharsozligida, ayniqsa shaharlar va qishloqlarni, aholi punktlarini bir biri bilan bog’lab turuvchi mahalliy va tranzit ahamiyatga ega bo’lgan yo’l landshaftlarining vujudga kelishiga turtki bo’lgan.
Xitoy manbalarida ta’kidlanishicha, farg’onaliklar dehqonchilik bilan shug’ullanganlar, guruch va bug’doy ekkanlar, uzumdan esa vino tayyorlaganlar. Farg’ona sharoitida esa chorvachilik alohida o’rin tutgan. Chorvalar vodiyning tog’oldi, tog’ va adirlarida boqilgan. Yaylov chorvadorligi juda yaxshi rivojlanganligi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. [3]
Tadqiqotchilar Farg’onaning - ko’plab shaharlarida tog’ konchilikning rivojlanganligi metallni qayta ishlash va zargarlikning rivojlanganligini ta’kidlaydilar.
Ma’lum bo’lishicha, VII - IX asrlarda farg’onaliklar bog’dorchilik sohasida ham anchagina muvaffaqiyatga erishganlar. Xitoy manbalariga ko’ra, imperator saroyiga Farg’ona diyoridan ko’plab noyob daraxt turlarini olib kelib o’tkazish odat tusiga kirgan.[4]
Farg’ona vodiysi shaharlarining rivojiga ta’sir ko’rsatgan savdo yo’llari haqida X asrga oid bo’lgan arab va fors manbalarida ham qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, arab mualliflaridan ibn Havqal, ibn al-Asir va boshqalarning asarlarida Farg’ona gullab-yashnagan maskanlardan biri bo’lganligi ta’kidlanadi.
Istaxriyning ma’lumotiga ko’ra, Farg’onadan mis, qo’rg’oshin, temir, turli rangdagi qimmatbaho toshlar, dorivor moddalar ko’plab olib chiqilgan. Bu ma’lumotlar “Xudud al- olam”da xam, Ibn al-Asirning “Kitob al komil fit tarix” asarida xam Ibn Havqalning “Yo’llar va mamlakatlar” asarida ham o’z aksini topgan.
Istaxriyning keltirgan ma’lumotla­riga ko’ra, Movarounnahrning hyech qaerida Farg’onadagi singari keng va katta qishloqlar bo’lgan emas.
Bu qishloqlarning ba’zi birlari shahar ko’rinishida bo’lib, ularni hatto bir kunda ham bosib o’tib bo’lmagan.[5]
Movarounnaxrning muhim viloyatlaridan bo’lgan Farg’ona, Ibn Havqolning ma’lumotlariga ko’ra, katta xududni o’z ichiga olgan ko’plab shahar va qishloqlarga ega bo’lgan. Uning poytaxti Axsiket (Axsikent) bo’lib, uning bosh bozori shahristonda joylashgan. Istaxriy Farg’ona shaharlari haqida ma’lumot keltirar ekan, kattaligi jihatidan Axsikentdan so’ng Qubo shahri turishinn, uning o’z qal’asi, щahristoni va rabodi bo’lganligini, jome’ masjidi qal’ada joylashganligini eslab o’tadi.[6]
Farg’ona qadimgi moddiy madaniyati tarixi hamda shaharsozlikda antropogen landshaftlarni o’rganishda esa Marxamat, Sim tepa, Karkidon manzilgohlari, G’ayrattepa, Munchoqtepa, Qalai bolo kabi shaharchalar, hamda ko’p qatlamga ega bo’lgan Koson, Axsiket, Quva kabi shaharlar qoldiqlari va ularda olib borilgan tadqiqotlar ko’plab ma’lumotlarni beradi.
Bu yodgorliklardan qo’lga kiritilgan qadimgi dehqonchilik va hunarmandchilikka oid arxeologik artefaktlar o’sha davrda qanday qilib yerlarni o’zlashtirganliklari, hunarmandchilikning muhim tarmog’i bo’lgan kulolchilikda tuproqni qaerlardan olingani, metall buyumlarni yasashda ularning konchilik sohasidagi yutuqlarini va metallni ishlash texnika va texnologiyasidan naqadar xabardor bo’lganliklari haqida qiziqarli ma’lumotlarni beradi. Quva shahri xarobasidan topilgan xumda don maxsulotining kuygan holda saqlanib qolgani albatta aholining qadimda dehqonchilik qilganidan darak bersa, bu hududning suvga serob bo’lganligi bizga bu yerda o’ziga xos suv landshaftining vujudga kelganligi va shahar atrofida o’ziga xos antropogen landshaftlarning vujudga kelganlini ko’rsatadi. Bu yerdan qishloq xo’jaligida ishlatilgan asboblardan o’roq, omoch uchi, bog’dorchilikda ishlatiladigan pichoqning topilishi bir tomondan o’sha davr aholisining xo’jalik mashg’ulotidan darak bersa, boshqa tomondan shaharda bog’ landshaftining vujudga kelganligini ham inkor etib bo’lmaydi. Don tegirmoninig topilishi esa qadimda Farg’ona aholisining xo’jalik mashg’ulotlarini yanada yaqqol namoyon etadi. [7]
Arxeolog olimlar va mutaxassislarning Farg’ona vodiysida olib borgan arxeologik va gidrologik tadqiqotlari Sox daryosidan sug’orma dehqonchilikda to’liq foydalanganligini ko’rsatadi. Bu daryo Janubiy Farg’ona vodiysidagi eng sersuv daryolardan biri hisoblangan. Insonlar tomonidan ana shunday yirik suv resurslarining o’zlashtirilishi albatta ijtimoiy hayotda ma’lum bir ma’muriy boshqaruvni ham talab etishi tabiiy holdir. Qanchalik sug’orish tizimi kengaysa shunchalik ma’muriy boshqaruv ham kuchayib borgan. Natijada yangi ijtimoiy kasb qatlamlari ham shakllanishiga sabab bo’lgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, qadimgi Frg’ona shaharsozligida antropogen landshaftlarni o’rganishda bu hududda olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalari va yozma manbalar muhim ahamiyatga ega. Qadimgi Farg’ona o’ziga xos shaharsozlik qurilishiga ega bo’lib, xo’jalikning turli tarmoqlarda o’ziga xos landshaftlarning yaratilishiga turtki bo’lgan.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng tarixiy xotirani, tarixiy yodgorliklarni tiklash, ularni asrab avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish dolzarb masala bo’lib qoldi. Zero, Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov bu xususida ta’kidlaganidek: “Agarki mendan, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo’yish kerak, deb so’rasa, men avvalambor, shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o’zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug’ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o’zlashtirishi, bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqyeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o’zgarishlarga daxldorlik tuyg’usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo’lardim”56.
O’zbekiston hududidagi eng qadimgi maskanlardan biri – Chust madaniyati yodgorliklari hisoblanadi. Chust madaniyati qadimgi Farg’onaning mil.avv. II ming yillikning oxiri – mil. avv. I ming yildakning boshlariga oid dehqonchilik manzilgohlaridan iborat bo’lgan. Ushbu madaniyatga tegishli bo’lgan yodgorliklar Namangan, Andijon va Farg’ona viloyatlarida 70 dan ortiq bo’lib, ulardan 10 ga yaqini arxeologlar – V. Sprishevskiy, B. Matboboev va Yu. Zadneprovskiylar tomonidan tadqiq qilingan.
Chust madaniyatiga mansub bo’lgan yodgorliklardan tosh, jez o’roqlar, pichoqlar, arpa, bug’doy, tariq donlari va ular uchun kovlangan o’ralar mavjud bo’lganligi aholining asosan, dehqonchilik bilan shug’ullanganligi­dan dalolat beradi. Ushbu madaniyatga oid eng muhim yodgorlik Chust shahri yaqinidagi Buvanomozor tepaligi hisoblandi.
Buvanomozor madaniyati dastlab va eng ko’p o’rganilgan yodgorliklarning nomi bilan “Chust madaniyati” deb ataladi. Eng birinchi o’rganilib fanga kiritilgan Chust davri yodgorliklarining Farg’ona vodiysidan topilgan xarobalari tarixiy-arxeologik va xronologiya jihatidan so’nggi bronza (jez) davriga mansubdir57.
Ushbu manzilgohlar ichida eng mashhuri va yaxshi o’rganilgani Chust makonidir. Mazkur yodgorlik Chust shahridan ikki kilometr shimolda, G’ovasoy sohilida joylashgan ko’hna tepalik, ya’ni shahar va qishloq xarobasidir.
Xalq tilida “Bavanomozor” nomi bilan yuritiladigan ushbu manzilgoh dastlab 1950 yilda (ba’zi manbalarda 1951 yilda) arxeolog M. E. Voronets tomonidan tadqiq qilingan. 1951–1961- yillarda arxeolog V. I. Sprishevskiy tomonidan o’rganilgan, so’ngra 1974–1982- yillarda Yu. A. Zadneprovskiy rahbarligida qidiruv ishlari olib borildi.
Manzilgohda 1982–1984- yillarda akademik Ahmadali Asqarov boshchiligida o’zbekistonlik va rossiyalik olimlar tomonidan 500 kvadrat metrdan ortiq maydon ochib o’rganildi. Ushbu yodgorlikdan 2 yillik qazishmalar vaqtida 80 ta chuqur o’ra-omborlar ochildi va arxeologiya fani uchun g’oyatda qimmatli ma’lumotlar qo’lga kiritildi.
Endi e’tiborni “Buvanomozor” etimologiyasiga qaratamiz: “Bibi” hindcha so’z bo’lib, “muqaddas ayol” ma’nosini bildiradi. “Bibi” so’zi chustliklar talaffuzida “buva”, “buvi” shaklida ham ishlatiladi va “ona” degan ma’noni bildiradi. Keksalarning rivoyatiga ko’ra, Bibiona mo’tabar ayol bo’lib, Qosimshayx Azizonning singillari bo’lgan emish. Ikkovlari ham Mavlono Lutfulloh bilan zamondosh bo’lganlar, ya’ni ular ham Mavlono Lutfulloh kabi XVI asrda yashab o’tganlar58.
Bavanomozor xarobasini tekshirgan olimlar uning yoshini turlicha talqin qilib kelmoqdalar. So’nggi tadqiqotlar natijasida Bavanomozor yodgorligining yoshi miloddan avvalgi X–VIIII asrlarga to’g’ri keladi, degan xulosaga kelindi.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, ibtidoiy odamlar, xususan, dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi orasida yer, suv va quyoshga munosabat juda kuchli bo’lgan. Bavanomozordagi qadimiy buloq ham ilohiylashtirilgan bo’lib, odamlar diqqatini o’ziga qaratadi, ya’ni “Bibiona mozori” deb nom olgani ham ana shu buloqni muqaddaslashtirish va ilohiylashtirish bilan bog’liq bo’lsa kerak. Bavanomozor aholisi ibtidoiy jamoa tuzumida yashaganligi haqiqatga yaqin turadi. Binobarin, ushbu davrda erkaklar og’ir yumushlarni bajarganlar, ayollar esa jamoada katta rol o’ynab, uni boshqarganlar.
Buvanamozor manzilgohining topilishi va o’rganilishi jarayonida Farg’ona vodiysi, shu jumladan, Namangan vohasida bundan 2800–3000 yil avval ota-bobolarimiz tog’oldi zonalari, soylar sohili va buloqlar atrofida ilk bor sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanganliklari ma’lum bo’ldi. Bu davrda erkaklar og’ir yumushlar bilan, ayollar esa uy-ro’zg’or ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Tarix fanida “Chust madaniyati” nomini olgan ushbu joy aholisi devorlar bilan o’ralgan mustahkam qishloqlarda, paxsa yoki xom g’ishlardan qurilgan uylarda yashagan59.
Bavanomozorda olib borilgan uzoq yillik tekshirishlar natijasida Chust madaniyatining kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan masalaga aniqlik kiritildi. Ilgarilari ushbu madaniyatning kelib chiqishini Eron, va Afg’oniston territoriyalaridan kelgan aholi faoliyati bilan bog’lanar edi. Endilikda uning izlari qo’shni hududlarda yashagan aholi, xususan, Janubiy Turkmanistonning ta’sirini inkor etmagan holda mahalliy aholi xo’jalik faoliyati zaminida shakllanganligiga va rivojlanganligiga ishonch xosil qilindi.
Darhaqiqat, Chust madaniyati shakllanayotgan davrda O’rta Osiyoda katta ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berdi. Arxeolog va antropolog olimlarning kuzatishlari natijasida ushbu o’zgarishlar O’rta Osiyoni shimol tomondan kelgan ko’chmanchi charvodor Andronovo (miloddan avvalgi II ming yillikda yenisey bilan Ural daryolari oralig’ida tarqalgan), Yorub (II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlarida Volga va Don daryolari havzasida tarqalgan) madaniyatlari qabilalari bilan bog’liq ekan.
Mazkur qabilalar mahalliy aholi bilan aralashib, O’rta Osiyoning shimoliy zonasi, shu tariqa, “chorva maydonlari”ga aylanib ketgach, yangi yaylovlarni qidirish maqsadida bu ko’chmanchi chorvador kabilalarning bir qismi janub tomonga yo’l olgan. Qolganlari esa tog’oldi etaklaridagi buloq bo’ylarida, daryo sohillaridagi pastqam, sug’orilishi oson joylarda dehqonchilik qilishga o’ta boshlaganlar. Shunday qilib, miloddan avvalgi I ming yillik atrofida O’rta Osiyoning shimoliy va sharqiy hududlarida alohida vohalardan iborat qadimgi dehqonchilik markazlari paydo bo’ladi.
Ushbu manzilgoh egalari paxsadan qurilgan uylarda va chayla tipidagi kulbalarda yashaganlar. Shuningdek, devorlari paxsadan bir nechta tor xonalar va g’isht terilgan ba’zi qo’rg’onlar ham aniqlandi. Bavanomozordagi ajdodlarimiz asosan yerto’la tipidagi uylarda yashaganlar. Ushbu davrda vujudga kelgan yirik manzilgohlar Namangan viloyatidagi Koson, Axsikent va Zarafshon vodiysidagi Afrosiyob shahar manzilgohlaridir.
Tadqiqotchilarimiz aniqlashlaricha, deb yozadi tarixchi olim Y. Qosimov – ibtidoiy odamlar, xususan, dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi orasida yer, suv, quyoshga munosabat juda kuchli bo’lgan. Ayniqsa, suv ilohiylashtirilgan Buvanomozordagi qadimiy buloq suvi ham ilohiylash­ti­rilgan. Shu joygina emas, balki shahardagi Qayroqsada, Mavlono Lutfulloh va Baymoq qishlog’idagi buloq suvlari ham ilohiylashtirilgan. Qadimgi dehqonlar ana shu buloq atroflarini makon tutishgan60.
Hazrat Bibiona bulog’i Chustdagi jamiki chashmalarning onasi, deyish mumkin. Rivoyat qilishlaricha, Bibiona yurtning malikasi bo’lgan. Bibionaning suvi shifobaxsh. Xususan, ko’plab ko’zi og’riganlar shifo topadi, necha-necha farzand talab kishilar oilalar beshikli bo’lib ketishgan. Ixlos bilan tiniq suvning sokin tubiga termilsangiz, yuragingiz yorishib ketadi, noxush o’ylar sizni tark etadi, ruhingiz qush qanotiday yengillab qoladi, deydi bu yerda yashaydigan insonlar. Oyna misol shaffof suvning osti sumalakday qaynagani qaynagan. Qum yuzidagi qoramtir hoshiyalar ming xil shakl chizadi. Aytishlaricha, eng pokdil, halol, toza insonlarga sirli yozuvlar ham ko’rinar emish. Afsona va rivoyatlar zamirida haqqatlar yashirin ekanligi haqidagi xalq orasidagi fkrlarni hisobga oladigan bo’lsak, ushbu yodgorlik xalqimiz tarixidan, madaniyatidan guvohlik beruvchi manba hisoblanadi. O’zbek xalqi samimiy, sofdil, ochiqko’ngil xalq ekanligiga uning mana shunday hududlarni o’rganish mobaynida ham yana bir bora ishon hosil qiladi kishi.
Joriy yilda “O’zbekiston Respublikasida madaniyat maskanlarini rivojlantirish” dasturi munosabati bilan Chust tumanida ko’kalamzorlash­ti­rish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Chustning milliy iftixori bo’lgan do’ppi savdosi uchun hunarmandlarga qulaylik yaratish maqsadida 200 kv metr joyga usti yopiq milliy hunarmandchilik rastalari qurildi va faoliyati yo’lga qo’yildi. Jumladan, Buvanamozor ziyoratgohi ham obodonlashtirildi, 415 tupdan oshiqroq dub, yapon saforasi, kashtan kabi ko’chatlar o’tqazildi. Buvanamozor ziyoratgohini muqaddas qadamjolarlardan biri sifatida aholiga xizmat ko’rsatish potensiali oshirildi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, yurtimiz hududidan topilgan madaniyatlarda o’z davrining ijtimoiy-iqtisodiy, xo’jalik hayoti, turmush tarzi va an’analari yaqqol o’z aksini topgan. Shu jumladan, Farg’ona vodiysining qadimiy madaniyat o’choqlaridan biri bo’lgan Chust madaniyati ham vatanimiz ijtimoiy-madaniy hayoti haqida guvohlik beruvchi muhim manbalardan hisoblanadi. Chust madaniyatiga oid Buvanamozor yodgorligi ham o’z davrining eng noyob va takrorlanmas moddiy manbasi hisoblanadi.
Miloddan avvalgi II asrda Xitoy diplomati Chjan Syanning Farg’ona orqali O’rta Osiyoga sayohat qilgandan so’ng, Sharq bilan G’arb orasida Buyuk ipak yo’li doimiy muloqot yo’liga aylandi. Buyuk ipak yo’lining gullab yashnashida poytaxt shaharlarning roli katta bo’ldi. Bu borada qadimgi Farg’ona poytaxti Axsikent diqqatga sazavordir. Uning xarobalari To’raqo’rg’on va Jomashuy orqali o’tgan Namangan-Farg’ona yo’lining ikki tomonida, Sirdaryoning o’ng sohili bo’ylab cho’zilib ketgan baland tepaliklar ko’rinishga ega. Axsikentning qal’a, shahristoni va raboti bo’lib, milodning X–XI asrlariga kelib uning maydoni 400 gektarga yetgan edi.
Xitoy manbalarida Davan davlatining 70 dan ortiq shaharlari borligi aytib o’tilsa-da, ulardan ushbu davlatning poytaxti ikkita, ya’ni Ershi va Yu bo’lganligi hamda uni podsho Mugua boshqargani keltirilgan. Ershi hozirgi Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Mingtepa xarobasi hisoblangan. Lekin, arxeolog A. Anarbaevning keyingi tadqiqotlarida Ershi Eski Axsi o’rnida bo’lganligiga ishora qilinadi. Milodning I asriga kelib Farg’ona vodiysining daryo va soy havzalaridan eng unumdor yerlar to’liq o’zlashtirildi. Natijada, shahar madaniyati va turmush tarzi jamiyatning asosiy mezoniga aylandi.
Axsikent singari poytaxt shaharlar esa har tomonlama rivojlandi. Ayniqsa, milodning V–VII asrlarida shaharda uy-joy qurilishiga katta ahamiyat beriladi. Uylar besh olti xonalik qilib qurilgan. Xona devorlari juda silliq qilib suvalgan, ba’zi uylarda suvoq ustidan rangli bo’yoqlar berilgan. Har bir xonadonda alohida yotoqxona, omborxona, oshxona, ayrimlarida toza suv qudug’i ham mavjud edi. Shaharda hayot arab istilosi davrigacha rivojlangan bo’lib, savdo yo’lida katta ahamiyatga ega bo’ldi61.
Miloddan avvalgi II–I asrlarda Quva shahrining arki qurila boshlangan. Uning maydoni 2,7 gektarga yetib, O’rta Osiyoning boshqa shaharlaridagi arklarga o’xshab ulug’vor bo’lgan. Qubo arki X asrga kelib o’z vazifasini bajarmay qo’ygan edi. Shaharning asosiy markazi rabotga ko’chgan. VII–VIII asrlarda Quva shahri dahalarga bo’linib, bu davrda ark va shahriston mudofaa devorlari bilan o’rab olingan edi. Arkning shahriston bilan tutash devorlari XI asr boshlarida buzilib, ular birlashib ketadi62.
Marg’ilonsoy havzasining adirlik zonalari dehqonchilik xo’jaligi uchun unumdor massivlar hisoblanib, kishilar tomonidan o’zlashtirilgan hozirgi Farg’ona shahrining istirohat bog’i hududida joylashgan va mahalliy aholi tomonidan Simtepa deb yuritilgan yodgorlik qadimgi shahar xarobasi edi. U miloddan avvalgi IV–III asrlarga tegishli hisoblanib, Shaharda hayot to milodiy eraning III–IV asrlarigcha uzluksiz davom etgan. Simtepada antik davrda shahar madaniyati tarkib topgan.
Marg’ilonsoy havzasida qad ko’targan qadimgi shaharlardan yana biri Marg’ilon shahrining g’arbiy qismida joylashgan Qizlartepadir. Qadimgi shahar o’rnida hozirgi zamon Mashad qabristoni joylashgan. Shahar xarobasi 20 gektar maydonni egallagan bo’lib, unga milodiy I asrda asos solinadi. Ipak yo’li bo’ylab qad ko’targan shahar rivojlanib, bu yerda hayot uzoq davom etadi. Milodiy II–IV asrlar shahar hududida monumental zardushtiylik ibodatxonasi qad ko’taradi. Ibodatxona tagkursi zikkurat shaklidagi uch qavat platformadan iborat bo’lib, tagkursi maydoni pastdan yuqoriga ko’tarilgan sari qisqarib borgan. Uning pastki birinchi qavati 36x60 metr, o’rta ikkinchi qavati 26x26 metr, eng yuqori uchinchi qavati 20x20 metr maydonni tashkil etadi. Uch zinapoyali platforma ustida monumental otashparastlik ibodatxonasi bunyod etilgan. Kvadrat shaklida qad ko’targan monumental bino markazida bir-biriga ulangan ikkita otashxona ochildi. Monumental binoning zikkurat shaklida qad ko’tarishi va uning qoq o’rtasida qo’shaloq otashxona (altar) qoldiqlarining topilishi, ushbu ob’ektni otashparastlar ibodatxonasi ekanligidan dalolat beradi. Qizlartepa aholisi hunarmandchilik bilan shug’ullangan bo’lib, bu yerda tayyorlangan turli shakldagi sopol idishlar asosan, kulolchilik charxida yasalgan. Kulolchilik mahsulotlari asosan, bozor uchun yupqa, nafis va jarangdor qilib ishlangan63.
Quva nomi birinchi marta VIII asrning birinchi yarmida yozma manbada siyosiy voqealarning tafsiloti bayoni munosabati bilan tilga olinadi. Ya’ni, arab tarixchisi at-Tabariyning xabar berishicha, xalifalikning Xurosondagi noibi Nasr ibn Sayyor Shoshda o’z g’animlarini yengib bitim tuzgandan so’ng, 738–739 yillarda Farg’ona tomon yurish qiladi. Bu bosqinchilik yurishi paytida arab lashkarboshisi katta qiyinchiliklarga duch keladi. Tarixiy manbalarning shohidlik berishicha, Quva shahri aholisi ularga qattiq qarshilik ko’rsatadi. Hatto Quvaliklar bosqinchilar qo’liga tushmasin deb, oziq-ovqatlarni yashirib, yem-hashakni yoqib yuboradilar. Shunga qaramay, Farg’ona taxt vorisi va Nasr ibn Sayyor qo’shini o’rtasida Qubo shahri yaqinida bir necha marta to’qnashuvlar bo’lib o’tadi. Toliqqan Farg’onaliklarga sulh taklif etiladi. Unga ko’ra, Farg’ona arablarga har yilda 600 kg dan ziyod kumush va minglab qullar yetkazib berish kerak edi64. VII asr oxiri – VIII asr boshlarida Qubodagi eng kuchli va chiroyli devor tiklanadi. Uning qalinligi 5 metrdan oshadi, u ham paxsa va xom g’ishtdan tiklangna. Bu devorlar arablar istilosiga qarshi qurilgan. Ushbu devor uzoq vaqt foydalanib IX asr boshlarida ham ishlatiladi65.
Farg’ona qo’lyozma asarlarda yozilishicha, Marg’ilon shahriga 883 yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar Marg’ilon o’rnida milod boshlaridan aholi yashab kelayotganligi, X asrda katta qishloq bo’lganligi, XI–XII asrlarda esa shaharga aylanganligini tasdiqlamoqda. O’sha davrlarda shahar “Marg’inon” deb atalagan va keyinchalik har ikki nom ham ishlatilib kelingan. Ba’zi topominomislar “Marg’”, “Maysazor”, “O’tzordan” deb tahmin qiladilar. “Murg’”, “Yunon” so’zlaridan degan mahalliy to’qima rivoyat ham bor. Marg’ilon nomining kelib chiqishi haqida aniq bir ma’lumot yo’q. Qoraxoniylar davrida ham Marg’ilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etadi. Bu yerda sanoat, hunarmandchilik, misgarlik, do’ppido’zlik rivojlangan, ayniqsa Buyuk ipak yo’lida joylashganligi shaharni markazlashishiga olib kelgan. Shahar aholisi asosan qadimdan atlas to’qish bilan shug’ullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. Mahalliy tarixchilarning ma’lumotlariga ko’ra, shaharning 12 ta darvozasi bo’lgan. Ma’lumki, ipakchilik Marg’ilon sha’rida qadimdan rivojlangan. Bu to’g’risida noma’lum tarixchi shunday deb yozib qoldirgan: “X asrda Marg’ilonda to’qilgan bir darparda uchun Buxoroning butun yer xirojini bersa arziydi”. Marg’ilonlik ipakchilar o’z ma’hsulotlarini qadimdan dunyo bo’ylab namoyish etganlar66.
Ibratning “Tarixi Farg’ona” asarida yozilishicha, shaharga 833 yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar Marg’ilon o’rnida milod boshlaridan aholi yashab kelayotganini, X asrda u katta qishloq bo’lganligini, XI-XII asrlarda esa shaharga aylanganligini tasdiqlamoqda. Arab geografi va sayyohi Ibn Havkalning X asrda yozilgan “Kitob su’rat al - arz” (“yerning surati”) asarida ham Marg’ilon shahri tilga olinadi. V. V. Bartold “Mo’g’ullar istilosi davrida Turkiston” asarida Marg’ilon Qoraxoniylar davrida ham viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. “Boburnoma” da Marg’ilon Farg’onadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi , shirin mevalari haqida so’z yuritilib, uning “donai kalon” deb ataluvchi anori va “subhoniy” navli o’rigi maqtalgan67.
Farg’onaga vodiysi haqida arab manbalarida u mintaqaning (Haytal mintaqasining) sharqiy qismida chapga qayrilmasingizdan avval boshlanadi, deb qayd etiladi. U juda gullab yashnagan viloyat bo’lib, u yerda 40 ta macjid mavjud edi. Uning poytaxti Axsikat hisoblanib, shaharlari ichida Miyonrudiyya (Miyon Rudon), Nasrobod, Manora, Ranjad, Shikit, Zorakon, Xayralom, Bishabishon, Uzkand katta ahamiyat kasb etgan. Naso hududining shaharlari ichida O’sh, Qubo, Birink, Marg’inon, Rishton, Vonkat, Kand, Uvol, Dakarkard, Navqod, Muskon, Biykon, Ishxijon, Jidg’il va Shovadon kabilar mavjud bo’lgan.
Somoniylar davriga kelib, Axsikent shaharida hayoti tiklanadi. Arab yilnomalarida VIII-IX asr boshlarida Axsikent Farg’ona deb nomlangan. Axsikent markazlashgan Somoniylar davlati davrida Farg’onaning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy markazi sifatida gullab yashnadi. Axsikentda zarb qilingan tanga pullar Somoniylar davlati iqtisodiyotida muhim rol o’ynadi. IX asr o’rtalariga kelib, Ahsikent shahristonining devorlari mudofaa holatini yo’qota boshladi. Chunki, somoniylar davlatni mudofaa devorlarisiz muhofoza qila olgan. Axsikent shahri o’z davrida rivojlangan shahar bo’lib, bu yerda bozorlar mavjud bo’lgan. Shaharda o’sha davrda injenerlik texnologiyasi asosida qurilgan vodoprovod bo’lib, u hozirgi metro qurilishi shaklida bunyod etilgan. Bu aholiga 200 yildan ziyodroq xizmat qilgan. Axsikent shahriga vodoprovod suvi 14–15 km masofada Kosonsoydan olib kelingan. Shuningdek, to’g’ri to’rtburchak shaklidagi jome’ masjidi, masjid yonida hovuz bo’lgan. IX–XII asrlar shahardagi qonun qoidalarga muvofiq har bir xonadon yuvindi va chiqindi uchun maxsus chuqurlar qazishi shart edi. Shahar maydonlari, bozorlar va ko’chalarni iflos qilish qat’iy man qilingan. Shaharliklar o’z manfaatlari yo’lida, hatto masjidlarni ham ko’chalar va maydonlar hisobiga kengaytirishi mumkin emas edi. Hatto qish oylarida shaxsiy xonadon egalari o’z uyining tomidan ko’chaga tushirilgan qorni ham kun davomida olishi shart bo’lgan68. Qoraxoniylar davriga XI kelib poytaxt Axsikentdan O’zganga ko’chiriladi. Shunday bo’lsada, XI–XII asrlarda Axsikent avvalgidek, Farg’ona vodiysining poytaxti bo’lib qolaveradi69.
Buyuk ipak yo’lining Axsikent o’z tarmog’ini o’zgarishi natijasida IX–X asrlarda rivojlangan shahar hisoblangan Rishton XI–XII asrlarga kelib qishloqqa aylanib qoldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyovning tashabbusi bilan 2018 yilning oxiri – 2019 yilning boshlaridan boshlab Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanidagi Axsikent yodgorligida O’zbekistonda birinchi bo’lib “Ochiq osmon ostida muzey” tashkil qilish boshlandi. Bizga ma’lumki, ushbu yodgorlik qadimgi Farg’ona davlatining poytaxti Farg’ona, rivojlangan o’rta asrlarda Axsikat (Axsiket) deb, atalgan shaharning xarobalari hisoblanadi. Ushbu shahar so’nggi o’rta asr yozma manbalarida Axsi, Axsikent nomlari tilga olinadi. Shahar xarobalarining mo’g’ullar bosqinigacha bo’lgan davrga oid qismi mahalliy xalq orasida Axsikent yoki Eski Axsi, Temur va temuriylar davriga mansub qismi esa Yangi Axsi deb ataladi.
Axsikent yodgorligi hududidagi mudofaa inshootlari, shahar darvozalari, temirchi usta va zargarlar mahallasi, turar-joylar va yerosti suv yo’llari-vodoprovodlar asta-sekinlik bilan bosqichma-bosqich ochilib, “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirilmoqda. Chunki yodgorlik 10–15 metrli madaniy qatlamga ega bo’lib, o’z bag’rida 1,5 ming yillik tarixni saqlab kelmoqda. Shuning uchun tadqiqotlar birinchi navbatda, yodgorlikning tepa qatlamida olib borilib, dastlabki ko’rgazma asosan, fanga ma’lum ob’ektlar asosida tashkil qilinadi.
Bunday ob’ektlar yodgorlik hududida 23 tani tashkil etadi. Birinchi navbatda, ushbu ob’ektlar ustini yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar yordamida berkitilib, so’ng ko’rgazmaga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Har bir usti yopilgan ob’ektning ma’lum bir qismi o’rganilmagan holatda qoldiriladi. Keyinchalik, bu yerda arxeologik tadqiqotlar, arxeologiya bilan qiziquvchi turistlar ishtirokida yoki kuzatuvida, olib borilishi mumkin. Bu borada “O’zbekturizm” doirasida ish yurituvchi turoperatorlarning tegishli takliflari mavjud. Yaxshi saqlangan ob’ektlarning qadimgi 3D qiyofasi yaratiladi.
Hozircha yodgorlikning bitta ob’ekti (ichki shahristonning VIII ob’ekti)da, tashkil qilingan “Ochiq osmon ostidagi muzey”da xalqimizning 1,5 ming yillik tarixiga oid madaniy qatlamlar namoyish etilmoqda. Ayniqsa, X asrning ikkinchi yarmida qurilib, 200 yildan ziyod xizmat qilgan yer osti vodoprovodi va XI–XII asrlarga oid temirchi ustalarning turar- joylari diqqatga sazovordir. Vodoprovod pishiq g’ishtlardan tunnel ko’rinishida qurilgan bo’lib, shaharning arki tomon yo’nalgan. Suv tunnel ko’rinishida qurilgan qurilma ichidagi sopol kuvurlarda oqqan. 2019 yil 28 fevralda yurtboshimiz Axsikentga tashrif buyurib, muzeyga aylantirilgan ob’ekt bilan tanishdi va u yerda amalga oshirilgan ishlarni ma’qullab, tegishli ko’rsatmalar berdi.
Shu asosda o’tgan 2019 yil davomida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Milliy arxeologiya markazi Axsikent ekspeditsiyasi Namangan davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti Arxeologiya va Tarix yo’nalishi talabalarining ishtirokida 5 ta ob’ektda tadqiqotlar olib borilib, ularni “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga tayyorlandi. Ulardan 3 tasi (VIIIA, XI, XVIII) shaharning ichki shahriston qismida joylashgan. Xususan, VIIIA ob’ektda yuqorida tilga olingan vodoprovodning mahallalarga borgan shahobchalaridan biri ochildi. Ushbu vodoprovod ham pishiq g’ishtlardan tunnel ko’rinishda qurilgan. Bu yerda qadimgi quruvchi-irrigatorlar relefdan unumli foydalanib, vodoprovodni yer sathiga olib chiqqan. XVIII ob’ektda esa mo’g’ullar bosqini arafasida Muhammad Xorazmshoh davriga oid ichki shahristonning mudofaa devori, uning ichidagi XI–XIII asrning boshlariga oid turar-joy va ishlab chiqarish qoldiqlari ochildi.
Yozma manbalardan bizga ma’lumki, Chingizxon boshliq mo’g’il bosqinchilariga qarshi kurashda Muhammad Xorazmshoh katta xatoga yo’l qo’yadi. Dushmanni mamlakatning shimoliy-sharqiy chegaralarida kutib olib, unga zarba berish o’rniga, o’zining 200 minglik armiyasini shaharlar mudofaasini mustahkamlash uchun bo’lib tashlaydi. Shu bilan birga, uning buyrug’i bilan shaharlarning mudofaa inshootlari qaytadan tiklanadi. Buni ushbu ob’ektda olib borilgan arxeologik qazishmalar to’liq tasdiqlabgina qolmay, balki unga aniqlik kiritdi.
Ma’lum bo’lishicha, ichki shahristonning ushbu mudofaa devori xom g’ishtlardan 1,0 metrga yaqin qalinlikdagi yaxshi zichlanmagan tuproq ustiga qurilgan bo’lib, sifati past bo’lganligini qazishmalar davrida kuzatdik. Devor juda tez qurilganligi uchun kurilish texnikasida ishlatiladigan me’yoriy o’lchamlarga to’liq rioya qilinmagan. Bunday devorlarni mudofaa salohiyati yuqori bo’lmay, ularni buzib shaharga kirish Chingizxon armiyasi uchun muammo bo’lmagan. Agar ushbu devorni tashqi shahristonning antik va ilk o’rta asrlarda qurilgan devorlar bilan solishtirsak, ularning mustahkamligida sezilarli darajada farq mavjudligi ko’rinadi.
Masalan, tashqi shahristonning miloddan avvalgi I asrda 4 yil davom Farg’ona–Xitoy urushidan keyin xom g’isht va paxsadan qurilgan devorlari 2000 yildan ziyodroq vaqt o’tishiga qaramay, xuddi kecha qurilgan inshootdek salobat to’kib turibdi. Shu bilan birga, XVIII ob’ektda Qoraxoniylar davriga mansub sinch uslubida qurilgan monumental turar joy qoldiqlari qazib ochildi. Binoning devorlari sinch bo’lganligi uchun saqlanmagan. Xonalarning polida uyulib yotgan devor suvoqlarida Farg’ona vodiysida birinchi bo’lib Qoraxoniylar davriga oid geometrik va o’simlik ko’rinishidagi bezaklardan iborat devoriy rasmlar topildi. Navbatdagi XI ob’ekt esa ichki shahristonning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan bo’lib, bu yerda ham XI–XIII asrning boshlariga oid sinch uslubida qurilgan monumental turar-joy qoldiqlari qazib ochilgan. Avvalgi yillarda pishiq g’ishtlar bilan qoplangan pol va undan zinapoyalar orqali tushilgan yerosti gumbazli xona ochilgan edi. Mazkur xona to’liq pishiq g’ishtdan qurilgan bo’lib, butun holatda saqlangan. yer ustidagi asosiy bino sinch uslubida qurilganligi uchun saqlanmagan. Sababi, bino vayronaga uchragach, uning devorlarining asosini tashkil qilgan yog’ochlar olib ketilganga o’xshaydi. Devorlarning suvoqlari esa qatlam-qatlam ko’rinishda bino ichida qolib ketgan. Ushbu 5–6 qavat bo’lib to’shalib yotgan suvoqlarning yuzida devoriy rasmlar borligi kuzatildi.
Yodgorlikning XIX ob’ekti tashqi shahristonning janubiy-g’arbiy burchagida joylashgan bo’lib, bu yerda asosan, qadimgi mahobatli mudofaa inshootlar, g’arbiy rabodni suv bilan ta’minlagan yerosti vodoprovodining ikkinchi yo’nalishi va qadimda yuz bergan yer qimirlashlarning izlari namoish etiladi. Miloddan avvalgi III–I asrlarda xom g’isht va paxsadan qurilgan, mahobatli mudofaa devorlar 2000 yildan ziyod vaqt o’tishiga qaramay, 15 metrdan oshiq balandlikda saqlanib qolgan. Ushbu joyda mudofaa devor ostidan X asrning o’rtalarida o’tkazilgan yerosti vodoprovodining bir yo’nalishi topilgan bo’lib, uning qurilishida tutash idishlar qonunini amalda qo’llaganligi aniqlangan.
Farg’ona–Axsikent shahri xarobalarining sharqiy rabod qismida, yangi XXIV ob’ektda, Qoraxoniylar davriga mansub mahobatli turar-joy qoldiqlari aniqlandi. Qazishmalar davomida shu narsa ma’lum bo’ldiki, bino XI asrda pishiq g’ishtlardan bunyod etilgan ekan. Binoning asosiy qismi saqlanmagan, faqat bir joyda pishiq g’ishtdan qurilgan tashnavning tepa qismi va undan yer tagiga qarab ketayotgan sopol quvurlar mavjud, xolos. Lekin, asosiy bino ostidagi 2 ta yer osti xonalar yaxshi saqlangan.
Xususan, birinchi xonaning o’lchami 4,31x2,23m bo’lib, to’liq pishiq g’ishtlardan qurilgan. Xonaga sharq tomondan zinalar orqali tushilgan. Xonaning ichki intereri o’ziga xos: devorlarning yuzi mayda g’ishtlar bilan geometrik ko’rinishda bezatilgan, devorlarda 0,67x037m o’lchamdagi 3 ta tokcha mavjud, pol pishiq g’ishtlar bilan qoplangan. Ikkinchi xonaning o’lchami 5,77x2,24m bo’lib, u ham to’liq pishiq g’ishtlardan qurilgan. Unga ham sharq tomondan zinalar orqali tushilgan. Xonaning ichki intereri quyidagicha: birinchi xonadan farqli o’laroq devorlari mayda g’ishtlar bilan bezatilmagan, g’arbiy devorida 3 ta arkli tokcha mavjud, poli pishiq g’ishtlar bilan qoplangan.
Bundan tashqari, yana 4 ta ob’ektni (I, V, XV, XXI) ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish rejalashtirilmoqda. Birinchi ob’ekt sharqiy rabodda joylashgan bo’lib, bu yerda XI–XIII asrlarning boshlariga oid klassik hammom qoldiqlari ko’rsatiladi. Bino to’liq pishiq g’ishtlardan qurilgan bo’lib, uning poli bilan birga devorlari ham isitilgan. Xonalarning o’txonaga yaqin va uzoqligiga qarab ulardagi harorat shakllangan. Shuning uchun har bir xona o’ziga xos haroratga ega bo’lgan. Hammomga kirishda savuq xonadan asta-sekinlik bilan birin-ketin eng issiq xonaga o’tilgan. Issiq va sovuq suv har bir xonaga devor ichiga o’rnatilgan maxsus quvurlar orqali berilgan. Umuman olganda, ushbu ob’ektda Sharq hammomining klassik namunasi namoyish etiladi.
Beshinchi ob’ekt g’arbiy rabodda joylashgan bo’lib, bu yerda IX–XI asrlarga oid turar-joylar va mis eritadigan pech qoldig’i mavjud. Ushbu turar-joylar ikki qavatli bo’lib, xom g’isht va paxsadan qurilgan. Tashqi shahristonning sharqida joylashgan XV va XXI ob’ektlarda Qoraxoniylar davriga mansub shahar metallurgiya pechlari va metallni qayta ishlaydigan temirchilarning ustaxonalari va tayyor mahsulotlar sotiladigan do’konlar namoyish qilinadi. Shunday qilib, 2021 yilning yoz oylarigacha Axsikent yodgorligida 10 ta arxeologik ob’ekt “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantiriladi. Har bir ob’ektda namoyish etilayotgan osori-atiqalarning mazmun-mohiyati 3 ta tilda tekstlar bilan ta’minlanadi. Arxitektura qoldiqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida 3D modeli ko’rinishida namoyish qilinadi.
Shu bilan birga, yodgorlikning muhofaza hududidan tashqarida Shahand qishlog’i atrofida Respublika Prezidentining bevosita ko’rsatmasi bilan o’ziga xos infratuzilmaga ega bo’lgan majmua: arxeologiya muzeyi va qadimshunoslar maktabi, hunarmandlar rastalari, sharqona etnografik mehmonxonalar, “O’tmishga sayohat” degan xalqaro festival o’tkaziladigan teatr, Sirdaryo bo’yida zamonaviy bandargoh va unga mos qurilmalar quriladi. Arxeologiya muzeyida asosan, Farg’onaning qadimgi va o’rta asrlar tarixiga oid osori-atiqalar namoyish etilsa, hunarmandlar rastalarida xalq orasida saqlanib qolgan hunarmandchilikning hilma-ko’rinishlari taqdim qilinadi. Sirdaryo bo’yida tashkil qilingan bandargohda esa sayyohlar uchun “ekoturizm” qulayliklaridan foydalanish taklif etiladi.
Umuman olganda, Axsikent yodgorligi asosida tashkil qilinayotgan “Ochiq osmon ostidagi muzey” va u bilan bog’liq majmua O’zbekiston Respublikasida ichki hamda tashqi turizmni rivojlanishi uchun qo’yilgan yangi qadam bo’ladi.
Farg’onada Axsikentdan keyingi katta shahar Quva (Qubo) IX–X asrlarda har tomonlama rivojlandi. X asrdan boshlab Quva to’g’risida talay ma’lumotlar uchraydi. Arab yozma manbalarida shahar uch qismdan iborat bo’lgani, tanga pullar zarb qilingan haqida ma’lumotlar mavjud. VIII–IX asrlarda Quva shahristonida ikki qavatli uylar bo’lgan. Ushbu uylarning quyi qavati puxta qilib qurilgan, yuqori qavati yog’ochdan boloxona qilingan. Uylarning tomi esa tekichs qilib yopilgan. Ushbu davrda uy qurilishidagi yana bir yangilik bu uy xo’jaliklari oldida maxsus supali hovlichalarning paydo bo’lishidir. Quva shahri 3 qator devor bilan o’ralgan. Shahriston devorlarining qalinligi 12–15 metr, balandligi 6-8 metrga boradi70. X–XI asrlarda Quva o’z zarbxonasiga ega bo’lgan. Bu paytda o’sha paytda faqatgina barmoq bilan sanalgan shaharlargina ega bo’lgan. Quvada tanga chiqarish vaqti 1056–1057 yillarda to’xtaydi. Ushbu yillarda Quvada 10 marta hokimiyat o’zgaradi. Bu narsa Quva siyosiy tarixida bu yillar to’s to’polonga boy bo’lganligini ko’rsatadi. Shaharda hayot XIII asr boshlarigacha bir tekisda davom etadi71.
Andijon o’rta asrlarda ham Osiyoning tarixiy shaharlari silsilasida o’ziga xos va mos o’ringa ega yirik madaniyat, savdo-iqtisodiy markazlaridan bir bo’lib qolgan. Yozma manbalar, xususan al-Istaxriy asarida ushbu shahar X asrda ilk bor “Andukon” nomi bilan tilga olinadi. Andijonda zarb etilgan ilk tanga pullari ham X asrga to’g’ri keladi, ular 968–970 yillarga to’g’ri keladi. Mo’g’ullar O’rta Osiyoga bostirib kirganlaridan so’ng ham Andijon Movarounnahrdagi yirik shaharlardan biri bo’lib qolaveradi72.



Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish