Satraplik Ahamoniylar, salavkiylar, Parfiya va sosoniylar davlatlaridagi ma`muriy hududiy tuzilma. Forscha «Xshatra» «viloyat» so`zidan kelib chiqqan. Har bir satraplik belgilangan miqdorda soliq to`lashga majbur bo`lgan.
Somoniylar davlati - IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning barcha viloyatlari Somoniylar tasarrufiga o’tdi. Somohiylar sulolasi asoschisi Somomxudot edi. Bu paytda Nasr ibn Ahmad bilan uning ukasi Buxoro noibi Ismoil o’rtasida ziddiyat kuchayib, 888 yilda jangga olib keldi. Bu jangda Ismoil golib keldi va u butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori bo’lib qoldi. Ismoil Somoniy Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlat tuzishga intildi. 900 yilda butun Xuroson somoniylar qo’li ostiga o’tdi.Somoniylar poytaxti Buxoro islom dinining markazlaridan biriga aylandi
Tohariston - mil.av. II-I asrlarda mustaqil davlat sifatida maydonga keldi. Bu davlat Yunon-Baqtriya davlati o’rnida paydo bo’ldi.
Turk hoqonligi - VI asrning 2-yarmida Oltoydagi turkiy xalqlar Yettisuv xalqlari bilan Turk hoqonligiga birlashgan. Hoqonlikni ilk bor aka-uka Ilixon, Bumin va Istemilar boshqargan. Hoqonlik markazi Oltoy edi. 560-570 yillarda hoqonlik qudratli davlatga aylandi.Bu davrda turklar Xitoyga bir necha bor harbiy yurishlar qilgan. 580 yillarda hoqonlik 2 qismga sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’linib ketadi. 630 yildan g’arbiy turk hoqonligi yuksala boshlaydi. Uning chegaralari Hind daryosi qirg’oklarigacha borgan.
Turkiston muxtoriyati - Turkiston jadidlarining va milliy vatanparvarlarning sa`y-harakati bilan 1917 yil noyabr oyida Turkiston muxtoriyati - Qo’qon muxtoriyati Qo’qon shaxrida tashqil qilindi va davlatning nomi Turkiston muxtoriyati deb nomlandi. Muxtoriyat 1917 yil 28 noyabrdan e`tiboran hokimiyatni muvaqqat Turkiston Soveti va «Turkiston xalq majlisi»ga topshirdi. Sovetlarning Muxtoriyatga qarshi qurolli harakati 1918 yil fevral oyida boshlandi va fevral oyi o’rtalarida muxtoriyat tamoman yo’q qilindi.
Xiva xonligi janubda Eron, sharada Buxoro amirligi, G’arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh bo`lgan Suvsiz va poensiz Korakum, qizilkum sahrolari Xiva xonligini geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo`ygan edi. Amudaryo soxillarida joylashgan Xiva, Urganch, Kat, Ko`hna Urganch, Xazorasp, Ko`ng’irot, Xo`jayli, Kurdar (hozirgi CHimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari hisoblanar edi. Xiva shaxri O`rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bo`lib, 1598 yildan boshlab xonlikning poytaxti bo`lgan. Qoraqalpoklar yashaydigan Amudaryoning quyi xavzasi va Orol dengizining janubiy qirg’oqlari ham Xiva xonligi tasarrufida edi.
Xorazm Amudaryoning quyi oqimida yashagan o`troq dehqon elatlari xorazmliklarning yurti Xvariazm («Avesto»da), Xvarizmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon) asarlarida yozib qoldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |