Namangan davlat universiteti tarix kafedrasi


-mavzu: So’nggi o’rta asrlar O’rta Osiyo shaharlari urbanizatsiyasi



Download 1,46 Mb.
bet32/46
Sana02.04.2022
Hajmi1,46 Mb.
#524403
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
2 5327819678427384957

17-mavzu: So’nggi o’rta asrlar O’rta Osiyo shaharlari urbanizatsiyasi
ReJA:
1. XV–XIX asrning I yarmi O’rta Osiyo shaharlari haqida yozma manbalar.
2. Hirot Alisher Navoiy davrida. Shohruh hukmronligi (XV asr I yarmi) davrida shaharsozlik faoliyati.
3. So’nggi o’rta asrlar Balxi. Buxoro XVIII–XIX asrlarda. Dahalar, saroylar, turar-joylar, diniy inshootlar me’morchiligi.
4. Xiva so’nggi o’rta asrlarda.
5. Toshkent XVIII–XIX asrlarda, asosiy tumanlar.
amir temur vafotidan so’ng temuriy shahzodalar o’rtasidagi taxt uchun kurash, to’xtovsiz urushlar shayboniylarning o’rta osiyoga yurishiga yo’l ochib berdi. 1500 yilda muhammad shayboniyxon boshchiligidagi dashti qipchoq qo’shinlari samarqandni egalladi. shayboniylar davrida buxoro, toshkent va balx bilan bir qatorda samarqand navbatma-navbat, goho bir vaqtning o’zida poytaxt shahar huquqiga ega bo’lib, shayboniylar davlatining siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etib, qizg’in ichki va tashqi savdo markazi bo’lgan. zahriddin muhammad bobur o’z esdaliklarida o’sha davrdagi samarqand haqida zavqlangan holda shunday fikr bildirgan: ”samarqand nihoyatda obod shahar. bu shaharning boshqa shaharlardan kamdan kam uchraydigan o’ziga xos bir jihati bor: har qaysi hunar sohasi uchun alohida bozor ajratilgan, ular bir biri bilan aralashib ketmaydi. bu ajoyib odatdir”.
umuman, samarqand haqidagi hujjatlarda o’sha davrda 60 turdagi hunar bo’lganligi eslatiladi. samarqanddagi bozorlarning joylashishi asosan, xv asrda qanday bo’lgan bo’lsa, shundayligicha qolgan. xvi asr boshlarida samarqandda yaxshi novvoyxona va oshxonalar mavjud edi. bozorlarda yoki ular yonida karvonsaroylar, sartaroshxona, hammomlar joylashgan edi. shayboniylar davrida samarqand aholisi bir necha o’nlab turli kasb-hunar bilan shug’ullangan. mazkur davrda samarqandlik ustalar qog’ozgarlar siyoh yoyildab ketmaydigan, silliq, pishiq qog’oz tayyorlagan. qog’oz tayyorlovchi usta mir ibrohimning faoliyati xvi asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi, u oq chambar ko’rinishidagi suv qog’ozdagi belgisi bor alohida qog’oz turini tayyorlar edi. “miribrohim” deb ataladigan ushbu qog’oz turi keyingi asrlarda ham mashhur bo’lgan. qog’oz samarqanddan chet mamlakatlar, shu jumladan, qo’shni hindiston va eronga ham olib ketilgan. samarqand bir necha xil bo’yoq ishlab chiqarishi bilan ham shuhrat qozongan. bo’yoqchilik ustaxonalari bozorlar hududidagi boshqa ustaxonalar va do’konlar yonida joylashgan.
xvii asrda ham samarqand hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo-sotiqning yirik markazi bo’lgan. ushbu davrda shaharda zardo’zlar dahasi bo’lib, ustalar gilam va gilam buyumlari to’qiganlar. xvii asrning oxiri va xviii asrning birinchi yarmi mamlakat tarixi zodagonlarning o’zaro kurashlari, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi, ko’chmanchilarning bosqinlari va mamlakatning xonavayron bo’lishi bilan harakterlanadi. buxoro amiri shohmurod boshqaruvi davri (1785–1800)da shaharda iqtisodiy va madaniy hayot qayta tiklana boshladi. 24 ta yangi mavzega asos solindi va ayrim me’moriy obidalar ta’mirlandi. samarqandda iqtisodiy va madaniy hayot qayta tiklana boshladi73.
XVI asrda O’rta Osiyo shaharlari bozorlari o’ziga xos tashkil etilgan edi. Ushbu bozorlarda kitob savdosi keng yo’lga qo’yilgan edi. Toshkentdagi “Sahhoflar bozori”, Buxorodagi “Qog’oz bozori” shular jumlasidandir. Buxorodagi “Qog’oz bozori” haqida yozar ekan, XIX asrning 30-yillarida P. I. Demezon, uning Registondagi katta hovuz yonida joylashganini qayd etib: “Bozori qog’oz (Qog’oz bozori) shaharda qog’oz, (qamishdan yasalgan) qalamlar va ba’zan eski kitoblarni topish mumkin bo’lgan yagona joy” sifatida ta’riflaydi. Mir Izzat Ulla (1813) ham Buxorodagi Chorsu bozorining to’rt tomonidan biri berkitilgan bo’lib, unda kitob savdosi bilan shug’ullanuvchilar o’tirishini qayd etib o’tadi. A. Vamberi esa Buxorodagi kitob bozorini eslatib, uning 22 do’kondan iborat ekanligini qayd etadi. Kitob savdosi bilan mashg’ul do’konlar Qo’qon bozorlarida ham mavjud edi. Bu do’konlardan aholining ilmga tashna vakillari turli xarakterdagi kitoblarni sotib olishlari mumkin edi. Ayrim hollarda kitob do’konlari kutubxona vazifasini ham o’tagan74.
XIX asrning 2 yarmidan boshlab Buxoroda eski qo’lyozma kitoblar bilan savdo qilish yanada avj olgan. Buxorodagi kitob bozori “Abdullaxon timi rastasida joylashgan bo’lib, bu yerda kitob bilan savdo qiluvchilar 25/30 kishini tashkil etadi. Kitob va qo’lyozma manbalar mahaliy, rus va boshqa tillarda qog’ozlarga turli ranglarda yozilgan. Kitobfurushlarning har birida 20/100 tagacha qo’lyozma kitoblar bo’lgan, ya’ni har birida o’rtacha hisobda 50/60 tadan kitob to’g’ri kelgan. Qo’lyozmalarni kitob shakliga keltirish, ya’ni muqovalash ham kitob bozorida amalga oshirilgan. Kitobfurushlar qo’lyozmalarni masjidu madrasalarga va badavlat kishilarga sotganlar. Buxoroning kitob bozoriga Hindiston, Eron, Turkiya, Tatariston kabi mamlakatlardan qo’lyozmalar, toshbosmalar va litografik asarlar olib kelganlar. Xorijdan kelgan kitob sotuvchilar karvonsaroylarga joylashib, shu yerdan kitoblarni ko’tarasiga sotganlar. Buxoroning kitob bozoriga bosma kitoblar, asosan, Qozon va Istambul shaharlaridan keltirilgan. Istambuldan keltirilayotgan bosma kitoblarning sifati a’lo bo’lgan. XIX asrning oxirlariga kelib, Amir Temur va shayboniylar davridagidek mohir hattotlar va nusxa ko’chiruvchilar deyarli yo’q edi. Shu sabali bo’lsa kerak, bu davrga kelib, noyob qo’lyozma kitoblar kam bo’lgan va ularning narxi qimmat bo’lgan75.
Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy taraqqiyotida poytaxt shaharlar alohida ahamiyat kasb etdi. Davlatni ma’muriy boshqarish markazlashgan tarzda amalga oshiriladigan, hukmron sulolaning butun ichki va tashqi siyosati faol olib boriladigan, ijtimoiy-iqtisodiy hayot tartibga solinadigan markazlar sifatida mashhur bo’lgan poytaxt shaharlar Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari hayotida muhim rol o’ynadi. Ular xonliklarning siyosiy beqarorlik yillarida ham boshqa shaharlarga nisbatan tez rivojlandi. XVI–XIX asr o’rtalarida mavjud qadimiy shaharlar Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Qarshi, Termiz kabilarning rivojlanishi bilan bir qatorda ba’zi shaharlarning tanazzulga yuz tutishi, yangi shaharlarning vujudga kelishi jarayoni kechdi76.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish