Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Tadqiqot jarayonida
to‘plangan va nazariy jihatdan umumlashtirilgan ma‘lumotlar O‘zbekiston Respublikasining davlatchilik tarixiga va uning sud-huquqiy faoliyatiga bag‘ishlangan kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, risola va monografik ishlarni tayyorlash jarayonida amaliy yordam ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, undan mamlakatimizning ta‘lim muassasalarida “O‘zbekiston tarixi”, “O‘zbek davlatchiligi tarixi”, “Davlat va huquq tarixi” fanlarini o‘qitishda, oliy ta‘lim tizimining bakalavriat mutaxassisliklarida O‘zbekistonda sud-huquq islohotlari tarixi masalalariga bag‘ishlangan maxsus kurs darslarini tashkil etish jarayonlarida keng foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |