Namangan davlat universiteti talabalarining malakaviy
amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida
SHARTNOMA
Namangan shahri «_____» __________ 2022 yil
Nizom asosida ish yurituvchi Namangan Davlat universiteti Matematika fakulteti dekani R.Imomov bir tomondan va Nizom asosida ish yurituvchi ____________________________ ____________________________ (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb yuritiladi) direktori ___________________________________ ikkinchi tomondan quyidagilar to‘g‘risida shartnoma tuzdilar
I. SHARTNOMA MAZMUNI
1.1. Amaliy matematika va informatika bakalavriat yo‘nalishi talabalarining malakaviy amaliyotini o‘tkazish;
1.2. Amaliyotni jadval asosida o‘tish davri ______________ yildan _______________ yilgacha
1.3. Amaliyotga qatnashadigan talabalar ro‘yxati ilova qilinadi.
II. UNIVЕRSITЕTNING MAJBURIYATLARI
2.1. Malakaviy amaliyot boshlanishidan bir oy avval amaliyotga boradigan talabalar soni, yo‘nalishi (ixtisosligi), amaliyot o‘tkazish muddati va amaliyot dasturi haqida kelishilgan tashkilot rahbariyatiga ma’lumot berish;
2.2. Talabalarning amaliyotga borgan tashkilotning ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilishi va amaliyot davrida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishini ta’minlash;
2.3. Amaliyotga ishtirok etgan tashkilot o‘qituvchilariga soatbay asosida haq to‘lash;
III. AMALIYOT O‘TKAZILADIGAN TASHKILOTNING MAJBURIYATLARI
3.1. O‘quv rejaga muvofiq matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo‘nalish talabalari malakaviy amaliyotining samarali o‘tkazilishiga imkoniyat yaratish;
3.2. Talabalarning amaliyot dasturlari hamda darsliklar bilan tanishtirish;
3.3. Talabalarni malakali mutaxassislarga biriktirish;
3.4. Talabalarni o‘quv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar bilan tanishtirish, o‘z tajribalarini talabalarga o‘rgatish ishlarini tashkil etish;
3.5. Malakaviy amaliyotini yakunlash bilan har bir talabaga tavsifnoma berish majburiyatini oladi.
IV. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
4.1. O‘quv yurtining nizomiga muvofiq ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda;
4.2. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish faqat yozma ravishda ikki tomon vakillari ishtirokida amalga oshiriladi;
4.3. Shartnoma har ikki tomonning imzosi qo‘yilgan kundan boshlab kuchga kiradi;
4.4. Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarmagan holda yoki o‘z vaqtida bajarmaganda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar. Tomonlarning kelishmovchilik va muammolari qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda hal etiladi.
V. SHARTNOMA MUDDATI
5.1. Shartnomaning amal qilish muddati 2022 yil «____» _______dan 2022 yil «_____» _______gacha.
TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI
Namangan davlat universiteti manzili: Tashkilot manzili:
Namangan shahri Uychi ko‘chasi ___________________________________
316 uy ___________________________________
Tel: 69-227-01-44 ___________________________________
Tel:_______________________________
Matematika fakulteti dekani Tashkilot rahbari.
R.Imomov ___________________________________
__________________ __________________________________
imzo, muhr imzo, muhr
Do'stlaringiz bilan baham: |