2.2 Scutellaria adenostegia Briq o`simligi ekstrakti va IQ- spektrlari tahlili
Scutellaria adenostegia Briq. (шлёмник железисто-чешуйный – ko‘kamaron)
osimligi yer ustki qismi Namangan viloyatidagi Kosonsoy soyi (To‘raqo`rg’on tumani)
atrofidan o‘simlik gullash mavsumida (2019 yil may oyida) yig’ib olindi. O‘simlik
xomashyosi (poyasi va gullari) soya joyda quritilib, spirtli ekstrakt olindi. Keyin bir nechta
erituvchilarda fraksiyalarga ajratildi.
Scutellaria adenostegia Briq o`simligi yer ustki qismi
(suvli)
ekstraktida flavanoidlar mavjudligi IQ- spektroskopiyasi usuli yordamida tahlil
qilindi.
Suvli ekstrakt IQ spektrining qo`shbog` sohasida 1655 va 1609 cm
-1
oraliqda intensiv
yutilish polosalari mavjudligi aniqlandi. Keyingi (1609 cm
-1
) yutilish polosasi aromatik
fragmentlarga (C=C) xos. 1655 cm
-1
dagi yutilish polosa flavonoidlarga xosdir. Shu asosida
o`rganilgan o`simlik ekstrakti summasida flavanoidlar mavjudligi tahmin qilindi.
Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
139
O`rganilgan o`simlik ekstraktlaridan individual birikmalar ajratib olinib, tuzilishi
o`rganildi va ular tarkibida fanga ma’lum bo’lgan flavonoid (gipolaetin) mavjudligi
aniqlandi.
2.3. Karbonil guruhi yutilish polosalarining intensivligi tahlili
Bizning ishimizda asosiy tahlillar IQ-spektrining qo`shbog` sohasi, asosan
karbonil guruhininng yutilish polosalari bilan bog`liq. Shuning uchun biz, birinchi
navbatda turli sinfga oid ayrim birikmalarning IQ-spektrlarida karbonil guruhi yutilish
polosasining nisbiy intensivligini qarab chiqdik.
Ma'lumki, organik birikmalar IQ spektrlarining qo'shbog' sohasidagi (2000 - 1500 cm
-
1
) eng intensiv polosa karbonil guruhiga (C = O) tegishli bo'lib, bu C=O kimyoviy bog'ning
yuqori qutbliligi tufayli tebranish paytida dipol momentining sezilarli o'zgarishlarga olib
kelishi bilan bog'liqdir. Buger-Lambert-Ber qonuniga ko'ra namunadagi xarakterli
guruhlar polosalarining nisbiy intensivligi (polosa balandligi) konsentratsiya o'zgarishi
bilan saqlanib qoladi. Xarakteristik chastotalar ichida karbonil guruhining chastotasi
yuqori intensivligi (-rasm) va qiymati bilan ajralib turadi, uning yutilish sohalarida boshqa
funktsional guruhlar yutilish chastotalarini hosil qilmaydi. Karbonil guruhining valent
tebranish qiymati 1580-1900 sm
-1
oralig’ida yotadi. Bunday katta oraliqda chastota
qiymatlarining namoyon bo‘lishiga molekulaning fazoviy tuzilishi, mezomer va induktiv
ta’sirlar, moddaning agregat holati hamda erituvchining qutbli yoki qutbsizligi sababchi
bo‘ladi. Karbonil guruhining yutilishi faqat C
O bog’ining uzayishi bilan sodir
bo‘lmasdan, balki undagi bog’lar orasidagi burchakning qiymatlari va uning atrofdagi
bog’lar tabiati ham sabab bo‘ladi.
-Rasm. Metil atsetatning IQ-spektri
Yutilish polosalarining nisbiy intensivligi tabiiy birikmalarni aniqlashda va C = O
guruhlarining g'ayritabiiy tebranish harakatlarini aniqlashda foydali bo'lishi mumkin. Shu
maqsadda biz bir qator tabiiy birikmalarning C = O guruhlarining yutilish polosalarini
tahlil qildik. Nisbiy intensivlik ham birikmalarni/birikmalar sinfini aniqlashda muhim
o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |