Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida birinchi bo’lib odam rangi, qiyofasi, tabiati va axloqi turlicha bo’lishini ular yashaydigan tuproq, suv, havo va yerga ham bog’liqligini ta’kidlab, geografik aloqadorlik g’oyasini ilgari suradi. Beruniy fikricha, inson ichki va tashqi qiyofasi tabiat ta’sirining natijasidir. Shu bilan birga, uning ichki qiyofasi cheksiz sa’yharakatlar oqibatida tubdan o’zgartirishi mumkin. Har bir kishi o’z xulq-atvorining sohibi ekanligi olim fikrlarida chuqur mushohada qilingan. Shuningdek, vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino issiq o’lkalar tabiati va ularning inson jismiga ta’siri haqidagi fikrlarni o’z asarlarida ham uchratish mumkin. Chunonchi, u issiq o’lkalarda odam tanasining qoramtirligi, sochlarining jingalakligi, havoda namlikning ko’p bug’lanishi natijasida keskin kamayib ketishi inson jismining tez qarishiga olib kelishini ta’kidlagan edi. Olim pastlikda joylashgan hududlar aholisining doimiy issiqlik va dimlikda yashashlari, bunday o’lkalarda sho’rxok va botqoqliklarning ko’pligi sababli suvlar tarkibi ham salbiy xususiyatlarga ega ekanligini batafsil yoritib bergan. Bunday hududlar aholisi ruhiyatida jizzakilik, jahldorlik birmuncha yuqoriligini ta’kidlab o’tadi. V.P.Semyonov-Tyanshanskiy Rossiya antropogeografiyasining eng yirik namoyondasi sifatida geografiya fani – ko’rish, tasavvur qilish, ko’rish xotirasi orqali egallanadigan fan, deb ta’riflaydi. Ko’pgina sohalardagi kabi geografiyada “intuitsiya” muhim o’rin egallaydi. Aynan, intuitsiya xuddi san’atdagi singari geografiya fanini aniqlikka yetaklaydi, deya ta’kidlaydi. Ushbu fikrlar esa xulqatvor geografiyasining asosiy g’oyalaridan biridir Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida birinchi bo’lib odam rangi, qiyofasi, tabiati va axloqi turlicha bo’lishini ular yashaydigan tuproq, suv, havo va yerga ham bog’liqligini ta’kidlab, geografik aloqadorlik g’oyasini ilgari suradi. Beruniy fikricha, inson ichki va tashqi qiyofasi tabiat ta’sirining natijasidir. Shu bilan birga, uning ichki qiyofasi cheksiz sa’yharakatlar oqibatida tubdan o’zgartirishi mumkin. Har bir kishi o’z xulq-atvorining sohibi ekanligi olim fikrlarida chuqur mushohada qilingan. Shuningdek, vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino issiq o’lkalar tabiati va ularning inson jismiga ta’siri haqidagi fikrlarni o’z asarlarida ham uchratish mumkin. Chunonchi, u issiq o’lkalarda odam tanasining qoramtirligi, sochlarining jingalakligi, havoda namlikning ko’p bug’lanishi natijasida keskin kamayib ketishi inson jismining tez qarishiga olib kelishini ta’kidlagan edi. Olim pastlikda joylashgan hududlar aholisining doimiy issiqlik va dimlikda yashashlari, bunday o’lkalarda sho’rxok va botqoqliklarning ko’pligi sababli suvlar tarkibi ham salbiy xususiyatlarga ega ekanligini batafsil yoritib bergan. Bunday hududlar aholisi ruhiyatida jizzakilik, jahldorlik birmuncha yuqoriligini ta’kidlab o’tadi. V.P.Semyonov-Tyanshanskiy Rossiya antropogeografiyasining eng yirik namoyondasi sifatida geografiya fani – ko’rish, tasavvur qilish, ko’rish xotirasi orqali egallanadigan fan, deb ta’riflaydi. Ko’pgina sohalardagi kabi geografiyada “intuitsiya” muhim o’rin egallaydi. Aynan, intuitsiya xuddi san’atdagi singari geografiya fanini aniqlikka yetaklaydi, deya ta’kidlaydi. Ushbu fikrlar esa xulqatvor geografiyasining asosiy g’oyalaridan biridir
Do'stlaringiz bilan baham: |