Наманган давлат университети табиий фанлар факультети



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/52
Sana26.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#511607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

Abu Nasr Farobiy – 
o’rta asr sharqining mashҳur mutaffakiri, qadimgi Yunon 
falsafasining SHarqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. Farobiy qadimgi 
Yunon ilmining chuqur bilimdoni bo’lgan, uning SHarqda tarqalishi va rivojiga katta 
xissa qo’shgani tufayli uni – «SHarq Aristoteli» - «Muallimi Soniy» - «Ikkinchi 
muallim» (birinchi muallim Aristotelg’) deb ataydilar. 
Farobiy tahlim – tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida tahlim tarbiyaning muҳimligi, 
unda nimalarga ehtibor berish zuruligi, tahlim-tarbiya usullari va uslubi ҳaqida fikr 


yuritadi. «Fozil odamlar shaҳri», «Baxt-soatdatga erishuv to’g’risida», «Aql maxnolari» 
kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan. 
Farobiy «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» asarida bilimlarni o’rganish tartibi 
ҳaqida fikr bayon etgan uning tahkidlanishicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm 
o’rganiladi, bu olam asoslari ҳaqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy bilimlarni, tabiiy 
jismlarni tuzilishi, shaklini, osmon ҳaqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, 
umuman, jonli tabiat o’simlik va ҳayvonlar ҳaqidagi ilm o’rganiladi, deydi. 
Farobiy tahlim-tarbiyaga birinchi marta tahrif bergan olim sanaladi. Tahlim degan 
so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya-nazariy 
fazilatlarni, mahlum ҳunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy 
malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. 
Farobiy o’z asarlarida axloqiy fazilatlarga to’xtalib o’z fikrlarini bayon etadi. 
Axloqiy fazilatlar deganda bilimdonlik, donolik va muloҳazali bo’lish, vijdonlilik, 
kamtarlik, ko’pchilik mahrifatini yuqori qo’yish, xaqiqat, manaviy yuksaklikka intilish, 
adolatlilik kabi xislatlarni tushundi. Ammo bu xislatlarning eng muҳimi ҳar bir 
insonning bilimli, mahrifatli bo’lishidir. SHuning uchun Farobiy aҳlaq tushunchasiga 
aql bilan uzviy bog’liq xolda tafakkurga asoslangan aҳloq asosida qaraydi. 
Farobiyning talim-tarbiya yo’llari, usullari, vositalari ҳaqidagi qarashlari ҳam 
qimmatlidir. U insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l – tahlim va tarbiya yo’li bilan ҳosil 
qilinadi. Tahlim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya nazariy va amaliy fazilatlarni 
birlashtiradi, deydi. Ҳar ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo’ladi. Farobiy tahlimda 
barcha fanlarni nazariy asoslari o’rganilsa, tarbiyada mahnaviy aҳloqiy qoidalar, odob 
meyorlari o’rganiladi. Kasb – ҳunarga oid malakalar ҳosil qilinadi, deb uqtiradi. 
Farobiy tahlim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini 
ilgari surgan. Ҳar ikki usul ҳam insonni ҳar kamol tamoyilga yetkazish maqsadini 
ko’zlaydi. Farobiyning tahlim-tarbiya ҳaqidagi qarashlari ҳozircha o’z aҳamiyatini 
saqlab kelmoqda. Abu Rayҳon Beruniy – jaҳon fanining taraqqiyotiga g’oyat ulkan 
xissa qo’shgan zo’r istehdod egasi va tadqiqotchi edi. Uning o’lmas ilmiy asarlari jaҳon 
fani taraqqiyotida beniҳoya yuksak aҳamiyatga molikdir. Beruniyning yirik asarlariga 
«Mineralogiya», «Xindiston», «Geodeziya», «O’tmish yodgorliklari», «Saydana» 
kabilarni olish mumkin. Beruniy ҳar bir yaratgan asarining kishi ruҳiyatiga, qobiliyatiga 
mos, uni toliqtirmaydigan bo’lishiga ehtibor beradi. Beruniy yozadi: «Bizning 
maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir. Ҳadeb bir narsani o’qiy berish zerikarli 
bo’ladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli-
tuman bog’-rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar-o’tmas, boshqa bog’ 
boshlanadi. Keyin uning ҳammani ko’rish va tomosha qilgisi keladi». Beruniyning 
ilmiy bilimlarini egallash yo’llari, usullari ҳaqidagi fikrlari ҳozirgi davrda ҳam 
dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda:
- o’quvchini zeriktirmaslik; 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish