Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


II. “Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/218
Sana22.12.2022
Hajmi2,44 Mb.
#893814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

II. “Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati.
So‘nggi yillarda ta’lim 
va tarbiya amaliyotida pedagogik jarayon, holat, hodisalarni tashxislashga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, tashxislash pedagogik jarayon, holat, 
hodisalarning mavjud holatidan kelib chiqqan holda istiqbol vazifalarni belgilash 
imkonini beradi.
E’tiborli jihati so‘nggi o‘n yilliklarda “pedagogik diagnostika” tushunchasi
ko‘plab tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Garchi mazkur tushuncha 
ular tomonidan shaklan turlicha talqin qilinayotgan bo‘lsa ham nazariy jihatdan 
umumiy mazmunga ega.
K.Ingenkampning nuqtai nazariga ko‘ra, pedagogik tashxislash 
zarur o‘lcham (ko‘rsatkich)lardan foydalanish asosida hodisalar 
mohiyatini anglash va ularning muayyan vaziyatlardagi holatiga baho 
berish 
jarayonidir. 
Muallif, 
pedagogik 
tashxislashning 
o‘ziga 
xosliklaridan kelib chiqqan holda uni mohiyati, maqsad va vazifalarini 
belgilash orqali pedagog tomonidan tashkil etialdigan faoliyatning 
mustaqil turi ekanligiga ham urg‘u berdi
9

Yaxlit tizim sifatida pedagogik jarayonining barcha bosqichlarida uni tarkibiy 
elementlari holatini aniqlash orqali istiqbolni belgilash, ta’lim strategiyalarini 
ishlab chiqish zamonaviy pedagogik diagnostika oldida turgan muhim vazifalar 
sanaladi. Mazkur tushuncha shunga ko‘ra ham nazariy jihatdan tavsiflanadi. 
Pedagogik diagnostika – pedagogik tizimning turli elementlari holati va 
uni 
barcha 
bosqchilarda 
bashoratlash, 
mo‘tadil rivojlanish 
tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga 
oshirish sharoitlarini tavsiflovchi belgilarini aniqlanash va o‘rganish
8
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Гидрофилия – Зебра / 3-том. Таҳрир ҳайъати: М.Аминов ва 
б. – Т.: “Ўзбекистан миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2002. – 283-б.
9
Ингенкамп, Карлхайнц. Педагогическая диагностика / Пер. с нем. – М.: Педагогика, 2001. – С. 5.


9
(E.A.Mixalыchev)
10
, ta’lim va tarbiya natijasini baholashda shaxsning 
ma’lum bir xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan pedagog va 
pedagogik 
kollektivlarning 
o‘ziga 
xos 
faoliyatining 
tizimi 
(V.S.Avanesov)
11

Maqsad, vazifa, tashxis shakllari, metodlari, vosita yoki jihozlari, tashxisni 
amalga oshiruvchining ma’lumoti, malaka darajasi, ish tajribasi, tashxis mezonlari 
va ko‘rsatkichlari, tashxis bosqichlari, tashxis natijalari, korresiyalovchi metodika 
pedagogik tashxisning muhim asoslari bo‘lib, har qanday vaziyatda ham ular yaxlit 
holda inobatga olinishi zarur. 
V.Uruskoy esa pedagogik tashxislash o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki maqsadga 
erishishga xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Ular: 1) o‘qituvchining kasbiy darajasini
o‘rganuvchi metod, vositalarning tizimi sifatida kasbiy faoliyatdagi 
qiyinchiliklarni o‘rganish, ularni barataf etishning samarali yo‘llarini izlash 
zaruriyatini anglash; 2) pedagogik faoliyatni tashkil etishning individual uslubiga 
ko‘ra o‘qituvchining kuchli tomonlarini aniqlash, ularni mustahkamlash hamda 
rivojlantirishning aniq yo‘llari va vositalarini aniqlash
12

Yanada aniqroq qilib aytganda, pedagogik diagnostika – aniq 
maqsaddan kelib chiqqan holda muayyan holat (fazilat, bilimlarni 
o‘zlashtirish) bo‘yicha o‘rganiluvchi shaxs faoliyatini kuzatish
tekshirish va baholashga oid statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil 
qilish, dinamik rivojlanishni aniqlashga qaratilgan nazorat yoki 
monitoringning tarkibiy qismi
13
; ta’lim oluvchilar, pedagog yoki ta’lim 
muassasasi rahbarining faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir 
vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash
14
 
demakdir
.
O‘z mohiyatiga ko‘ra ma’lum jarayon, hodisa yoki ob’ekt bo‘yicha 
pedagogik 
tashxis qo‘yishga qaratilgan faoliyat esa pedagogik tashxislash sanaladi. Chunki 
tashxislash negizida shaxs yoki avtomatik qurilma tomonidan amalga 
oshiriladigan real harakat yotadi.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish