Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


III. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik va uni korreksiyalash (pedagogik



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/218
Sana22.12.2022
Hajmi2,44 Mb.
#893814
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   218
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

 
III. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik va uni korreksiyalash (pedagogik 
123
Колесникова Г.И. Основы психокоррекции – Ростов на-Дону: Феникс, 2005. – С. 324. 


173
tuzatish).
Pedagogik tuzatish 
o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan ma’lum 
xususiyat (xossa, jarayon, holat)larni sinfda yoki darsdan tashqari sharoilarda 
pedagogik ta’sir ko‘rsatish orqali to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga qaratilgan 
pedagogik faoliyat tizimi sifatida e’tirof qilinadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “o‘zlashtira olmaslik” tushunchasi 
negizida ikki holat:
o‘quv fanlarini o‘zlashtira olmaslik;
ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik tushuniladi.
Har ikki holat ham bevosita korreksiyalash (pedagogik tuzatish)ga qaratilgan 
maqsadli pedagogik faoliyatning tashkil etilishini taqozo qiladi.
 
Fanlarni o‘zlashtira olmaslik
– 
o‘quvchi tomonidan qayd etilgan 
natijalarning ta’lim, didaktik hamda DTS talablariga mos kelmasligi. 
Odatda fanlarni o‘zlashtira olmaslik o‘quvchining o‘qish, hisoblash, tahlil 
qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi, mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni 
og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik kabilar bilan izohlanadi.
O‘quvchining doimiy ravishda fanlarni o‘zlashtira olmasligi bir qator 
omillarga bog‘liq. Xususan: 
pedagogik nazoratning sustligi; 
pedagogning o‘quvchi bilan individual ishlash tajribasining yetishmasligi; 
pedagogning kasbiy kompetentligining pastligi; 
o‘quvchiga, uning faoliyatiga nisbatan adolatsiz yondashuv;
ota-onalarning pedagogik madaniyat, psixologik bilimlarga ega emasligi;
o‘quvchida muayyan kasallik (masalan, organizmda yod moddasining 
yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘qoq kasalligi, kalsiy moddasining yetishmasligi 
tufayli kelib chiqadigan suyak kasalliklari, temir moddasining yetishmasligi bilan 
bog‘liq kamqonlik, miyaning yengil darajada jarohatlanganligi, nimjonlik va 
hokazolar)ning mavjudligi; 
o‘quvchilar jamoasining nosog‘lom psixologik muhiti; 
o‘quvchining anomal (turli og‘ishlarga asoslangan) xulq (tajovuzkorlik, 
giyohvand va tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishi, jinoyat sodir 
etishga moyillik kabilar)ga egaligi; 
o‘quvchining kamsitilishi, unga nisbatan zo‘ravonlik va ta’ziqning 
mavjudligi;
o‘quvchining melanxolik (ruhiy siqilish, tushkunlik, g‘amginlikka moyillik, 
yuqori darajadagi ta’sirchanlik, hissiyotni sus ifodalash – “ichimdagini top”lik); 
sifatli ta’lim olish uchun zarur sharoitning yaratilmaganligi va boshqalar. 
O‘quvchining tizimli ravishda fanlarni o‘zlashtira olmasligi o‘qituvchining
pedagogik e’tiborsizligiga ham olib keladi. Pedagogik 
nazoratdan chetda qolgan o‘quvchilar ko‘p holatlarda nosog‘lom psixologik 
muhitga ega mikro guruhlarga qo‘shilib ketadi. 
Psixolog A.Gelmontning fikriga ko‘ra, fanlarni o‘zlashtira olmaslik – 
o‘quvchining murakkab va ko‘p qirrali faoliyati bo‘lib, uni to‘liq o‘rganish uchun 


174
turli xil yondashuvlar talab qilinadi
124
. Qolaversa, fanlarni o‘zlashtira olmaslik – 
o‘quvchilarning mavjud tayyorgarligi maktabning majburiy talablarini bajarishga, 
bilim, rivojlanishning amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish, ijodiy 
faoliyat tajribasini shakllantirish, ijtimoiy munosabat malakalariga mos 
kelmasligini ifodalaydi. O‘zlashtirmovchilikni o‘z vaqtida payqash va barcha 
elementlarini bartaraf qilish uning oldini olishga yordam beradi
125
.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlardan o‘zlashtira olmaslik 
boshlang‘ich sinflarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Buning sababi ko‘pchilik 
o‘quvchilar maktab ta’limiga psixologik hamda jismonan tayyor bo‘lmaydi. Shu 
sababli maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilalarda 6-7 yoshli bolalarni 
ta’lim olishga, o‘qish hamda maktab hayoti bilan bog‘liq ijtimoiy talablarni 
bajarishga samarali tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Bunda tashxislash 
natijalariga tayanish, ta’limiy muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi sabablarni 
o‘rganish va ularni bartaraf qilish choralarini belgilashga alohida e’tibor qaratiladi.
Fanlarni o‘zlashtira olmaslikni bartaraf etishga oid turli nazariyalar mavjud: 
biologik nazariya (L.S.Slavina), ijtimoiy-genetik yondashuv (I.A.Armyanov, 
P.P.Blonskiy, L.S.Vыgotskiy), ijtimoiy nazariya (Dembele Baboy). 
Psixolog va pedagog olimlar o‘quvchi tomonidan fanlarning o‘zlashtira 
olmaslik holatini bir necha guruhlarga ajratadi. Jumladan: 
Fanlarni mutlaq o‘zlashtira olmaslik (o‘quchi doimiy ravishda fanlar bo‘yicha 
“2” hamda “1” baho oladi; maktab o‘quv dasturining minimal talablarini deyarli 
bajara olmaydi) va fanlarni nisbiy o‘zlashtira olmaslik (o‘quvchi DTS talablarini 
qoniqarsiz ravishda bajaradi; o‘quv dasturi hamda didaktik talablarni minimal 
ravishda bajaradi; o‘quvchining imkoniyatlari kognitiv yuklama (o‘quv materialini 
nazariy jihatdan o‘zlashtira olish)ni ko‘tara oladi) (A.A.Budarniy); 
Fanlarni oshkora o‘zlashtira olmaslik va fanlarni yashirin o‘zlashtira olmaslik 
(bu holat ko‘pincha o‘quvchining ta’lim olishga bo‘lgan munosabatini belgilaydi) 
(V.S.Setlin);
A – ahmoqlik olib keladigan umumiy fanlarni o‘zlashtira olmaslik; 
B – umumiy (tuzatilgan va tuzatilmagan) yoki maxsus (tuzatilgan va 
tuzatilmagan) fanlarni o‘zlashtira olmaslik; 
C – o‘quvchining qobiliyati to‘la ro‘yobga chiqarilmaganligi sababli yuzaga 
kelgan fanlarni o‘zlashtira olmaslik (P.P.Borisov tomonidan ingliz 
yozuvchisi F. Shonellning qarashlariga muvofiq asoslangan). 
o‘qishdagi umumiy kechikish va ayrim fanlarni o‘zlashtirishdagi kechikish 
(N.P.Lokalova); 
patologik irsiyat (asab va yurak kasalliklari), homiladorlikning og‘ir 
kechishi, ota-onalarning fanlarni yomon o‘zlashtirganligi bilan bog‘liq 
o‘zlashtirmovchiliklar (P.P.Blonskiy). 
P.P.Borisov o‘tgan asrning 80-yillarida fanlarni o‘zlashtira olmaslikning 
barcha sabablarini tahlil qilgan holda quyidagi to‘rtta katta guruhga ajratadi:
124
Гельмонт А.М. О причинах неуспеваемости и путях ее преодоления. – М.: Просвещение, 2004. – 
С. 326.
125
Тот источник. – С. 324. 


175
1) pedagogik sabablar: ayrim fanlarni o‘qitishdagi kamchiliklar, oldingi 
yillardagi bilimlardagi bo‘shliqlar, keyingi sinfga noto‘g‘ri o‘tish bilan bog‘liq 
o‘zlashtira olmaslik; 
2) ijtimoiy va maishiy sabablar: oiladagi nosog‘lom turmush tarzi, ota-
onalarning anomal (ijtimoiy axloq me’yorlariga mos kelmaydigan) xatti-
harakatlari, oilaning moddiy ta’minoti, o‘quvchida kuzatilgan muayyan ruhiy 
holatlarning o‘z vaqtida davolanmaganligi, o‘quvchining umumiy holatiga 
beparvolik; 
3) fiziologik sabablar: turli kasalliklar – umumiy salomatlikning zaifligi, 
yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, yuqumli kasalliklar, markaziy asab tizimi, 
tayanch-harakat tizimining funksional buzilishi, asab tizimi kasalliklari. 
4) psixologik sabablar: diqqat, xotira, tushunishning sekinligi, nutq 
rivojlanishi darajasining pastligi, kognitiv qiziqishning mavjud emasligi, 
dunyoqarashning torligi
126

Psixolog hamda pedagoglar tomonidan fanlarni o‘zlashtira olmaydigan 
o‘quvchilar quyidagi uch tipga ajratiladi (28-rasm): 
Pedagogik diagnostika va korreksiyada o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtira 
olmasligini korreksiyalash muhim ahamiyatga ega.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish