Oltinchi davr – yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va
ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida
o‘rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholikni yoqtirish va odamovilik kabi
yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi.
Ettinchi davr – yetuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida
(mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatish va
boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi uzluksiz hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning
amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. SHuningdek, mazkur davrda ayrim
jihatlarda turg‘unlik tuyg‘usi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |