Beshinchi davr – o‘spirinlikni betakror xislati, o‘ziga xosligi, boshqa odamlardan
keskin farqlanishi bilan xarakterlanadi. SHuningdek, o‘spirinlik shaxs sifatida
noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qat‘iyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham
egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati «rolini kechiktirish»ning o‘zgarishi
hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarning ko‘lami kengayadi, lekin
ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, shuningdek,
rollarda o‘zini sinab ko‘rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o‘spirinlarda o‘zini
o‘zi anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil taxlil qiladi, unda vaqtni
yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qzg‘atuvchi)
jarayonlarni va ularning turli ko‘rinishlari namoyon bo‘lishini bayon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |