Laboratoriyada olib boriladigan ishlar.
Bunda o’quvchilar materiallarning xossalari ( plastilinni, loyni) ish uchun o’zlari tayyorlaydilar, material (qog’oz,karton, mato) larning texnologiyasi bilan tanishadilar.
Agrar: Buyumlarni o’quv nazoratchilarining hohishi bilan ko’rgazmaga tayyorlash, bunday darsning maqsadi o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalari darajasini tekshirishdir.
Qishloq xo’jaligi mehnati agrari: bu dars o’z mazmuni jahatdan yuqoridan bayon etilgan dars bilan deyarli bir xil, shu sababli darslarni rejalashtirishda yuqorida ko’rsatib o’tilgan tuzilishga amal qilish zarur. O’quvchilarning mehnatga aqliy aktivligiga mehnat topshirig’ining xarakteri kuchli tahsir etadi. Masalan: “Tabiiy materiallardan qurish-yasash” temasidagi darsni olib ko’raylik.
Darsning maqsadi: Tabiiy materiallardan buyum yasash usullarini o’rgatish material tanlash,ulash, detallarni bir butun model qilib yasash.
Darsning jihozi: qaychi, santimetr, paxol, yumshoq sim.
Darsning borishi: o’qituvchi paxoldan yasalgan o’yinchoq uychani ko’rsatib paxoldan o’yinchoq uycha yasash uchun mahlum o’lchamda paxolcha olish kerakligini tushuntiradi.
1.Bu o’yinchoq nimadan qilingan? O’qituvchi o’yinchoqni ko’rsatadi.
2.Bu o’yinchoqni tayyorlash uchun qanday geometrik shakl zarur? Bunda o’qituvchi devorning uzunligi 6sm, eni esa undan 2 sm kam, balandligi esa enidan 5sm uzun. Tomi esa uy yonlariga 1 sm dan chiqib turadigan bo’lishi kerak deb uqtiradi.
O’zbekiston maktablarida o’quvchilarning tajribalari shuni ko’rsatadiki, bolalarning mehnat operatsiyalari shartli grafik usuli bilan mustaqil rejalashtirishga olib kelishdan avval, bolalarda mehnat bosqichlari uchun zarur bo’lgan dastlabki malaka va ko’nikmalarni hosil qilish kerak. Laboratoriya yo’li bilan materialni xossalari va asboblardan unumli foydalanish bilan tanishtirishga, bunda bolalarning aqliy faoliyatini faollashtirishga ehtibor bermoq lozim, o’quvchilarning qurish yasash qobiliyatlarini rivojlantirish, buyumning qismlarini bir butun qilishga o’rgatish keraek.
Birinchi sinfda chizmani o’qituvchi rahbarligida buyum namunasini ko’zdan kechirib qiladi. Bunda o’quvchilarni shartli chiziq namunalari bilan asta-sekin har bir darsda alohida tanishtiriladi.
Boshlang’ich sinflarda chizmachilik elementlari maxsus o’quv fani sifatida ham, mehnatga o’rgatish dasturi bo’limida mustaqil bo’lim tariqasida ham kiritilmagan. Doskadagi chizmani chiz, uni namunaga solishtir va materialni o’zi mo’ljallagan buyumni tayyorlash uchun darsda qilinadigan ishlarni oldindan rejalashtirishning tashqi ifodasidir.
O’quvchilarning mehnati va mustaqilligini faol fikrlash faoliyati tashabbusning paydo bo’lishi, uchragan qiyinchiliklarni yengishi avval hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishidir.
SAVOLLAR.
O’quvchilarni mehnatga tayyorlash qanday amalga
oshiriladi.
Mehnat xonalari tashkil qilish usullari.
Dars nechta bosqichda amalga oshiriladi.
TOPSHIRIQLAR.
Mehnat darslarida ish o’rnini qanday tashkil etish kerakligini ayting.
Mehnat xonalari va ish jihozlarini vazifalarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |