89
Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy psixologik qiyofasi masalasi ham
bugungi kundagi o‘zgarishlar va ma‘naviy jixatidan poklanish
davrida o‘ta muhim soxadir. Shaxsni ijtimoiy psixologik o‘rganish
tadqiqotlarning obьekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori,
ijtimoiy motivlar, uning yo‘nalishlari, xulq-atvori, normalari,
shaxsning jamiyatdagi turli ijtimoiy rollari, mavqei, ijtimoiylashuvi;
shaxsning o‘z-o‘ziga baxosi, munosabati, hurmati xamda ijtimoiy,
tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta‘siri,
shaxs
tiplari o‘rganiladi.
Uchinchidan, jamiyat miqyosida ro‘y beradigan ommaviy hodisalar
ijtimoiy psixologiya uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Ijtimoiy
psixologiyada ommaviy hodisalar deganda turli kishilar guruhida
shaxslararo munosabatlar va o‘zaro ta‘sir jarayonlari; milliy
etnopsixologiya hamda sinflar
psixologiyasi muommolari; milliy
madaniyat, urf-odatlar, an‘analar, udumlar, aqidalarning shaxs
shakllanishidagi roli; olomon psixologiyasiga oid psixologik
qonuniyatlar; turli guruxlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari
va tushuntirishlari, o‘zaro ta‘sir masalalari tushuniladi, chunki alohida
shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruxlarning ta‘sirini
inkor etish masalaga bir yoqlama yondashish bilan barobardir.
Masalan, shaxs uchun u mansub bo‘lgan millat,
elat yoki xalqning
ruhiyati, uning ongidagi asrlar davomida saqlanib kelayotgan
an‘analar, rasm-rusumlar, aqidalar, udumlar, faoliyat stereotiplari
kabilar o‘z muayyan ta‘sir kuchiga ega.
To‘rtinchidan, oila ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob`yekti
sifatida. Bu yerda oilaga hos psixologik jarayonlar, oila a‘zolarining
bir-birlariga
munosabatlari, nikohdagi o‘zaro moslik masalalari,
oilaviy hayotning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining
ijtimoiy psixologik metodlari o‘rganiladi.
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi tarixi uning ijtimoiy psixologik
qarashlar yoki ijtimoiy psixologik tafakkur tarixidan anchagina yoshdir.
Insoniyatning birgalikda yashash,
mehnat qilish, bir-biriga ta‘sir
ko‘rsatishga intilishi, ehtiyoji qanchalik qadimiy bo‘lsa, ijtimoiy
tafakkur, odamlarning bir-birlariga o‘zaro hamjihatlik ko‘rsatishga
bo‘lgan moyilligi va istaklari ham shunchalik qadimiydir.
Ikkinchi tomondan qadimgi tarixdan bilamizki, odamlar turli
marosimlar, aqidalar, an‘analarni ham ma‘lum ma‘noda o‘zaro
90
munosabatlarni
tartibga solish, hamkorlikda mehnat qilish va bir-
birlarini turli-timan balo-qazolar, ofat va kulfatlardan muhofaza qilish
yo‘llarini o‘ylab topganlar.
Turkistonliklarning ko‘plab udumlari, masalan, to‘y-maraka qilish va
unda ommaning to‘planishi, xashar yo‘li bilan biror inshootni bitirish
va unda barcha mehnatga layoqatli odamlarning jam bo‘lib to‘planishi
va birgalikda mehnat qilishi kabi udumlar qadimiy bo‘lib, unda
kishilarning jamoa bo‘lib yashash, bir-birlariga yordam berish va
hamkorlikning ahloqiy mezonlari namunasi aks etib turadi.
Aynan shu kabi udumlar ijtimoiy psixologik tafakkurning paydo
bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan, shu boisdan ham ijtimoiy
psixologik tafakkur tarixi bilan ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi
tarixida muayyan bir umumiylik va farqlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: