Ijtimoiy rollar.
Har bir alohida olingan shaxs jamiyat tomonidan ishlab
chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va sanktsiyalarni u yoki bu ijtimoiy
rollarni bajarishi mobaynida o‘z xulqi va hatti-harakatlarida namoyon etadi.
Rol - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, bu shaxsning konkret hayotiy
vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat xarakatlari majmuini bildiradi.
Masalan, talaba rolini oladigan bo‘lsak, uni bajarish - u yoki bu oliy o‘quv
yurtida tahsil olish, uning moddiy-texnik bazasidan foydalanish, kutubxonasiga
a‘zo bo‘lish, stipendiya olish, ma‘muriyatning ijtimoiy himoyasida bo‘lish kabi
qator xuquqlar bilan birgalikda, o‘sha oliy o‘quv yurtida qabul qilingan ichki tartib
- intizom normalariga so‘zsiz bo‘ysunish, darslarga o‘z vaqtida kelish, reyting
baholash tizimi talablari doirasida kundalik o‘zlashtirish normalarini bajarish,
amaliyotda bo‘lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham o‘z
vaqtida bajarish kabi qator burchlarni ham o‘z ichiga oladi.
Bu rol uning uyga borgach bajaradigan «farzandlik» roli (ota va ona, yaqin
qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya‘ni, konkret shaxsning
o‘ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman ijtimoiy rollarning
xarakteridan kelib chiqadi.
Shunga ko‘ra, kimdir ―tartibli, oqil(oqila), ahloqli va odobli‖ degan ijtimoiy
maqomga, kimdir - bebosh, o‘zgaruvchan, tartibsiz, betgachopar degan ijtimoiy va
hayotiy mavqega ega bo‘lib qoladi. Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar
ko‘pligi sababli ham, turli vaziyatlardagi uning mavqei — statusi ham turlicha
bo‘lib qoladi. Agar biror rol shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o‘zi uchun
o‘ta ahamiyatli bo‘lsa (masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik
82
qadrlamasligi va oqibatda, o‘sha vaziyatda kutilmagan salbiy mavqeni egallab
qolishi ham mumkin.
Rollarning ko‘pligi ba‘zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi
mumkinki, oqibatda — shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi
mumkin. Masalan, turmushga chiqib oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan
talabaning, o‘zi uchun yangi bo‘lgan kelin rolini qabul qilishi hamda ―talaba‖ va
―kelin‖ ijtimoiy rollari orasidagi farq tufayli ruhiy iztirobga tushadi, farzand
ko‘rgandan keyin esa ijtimoiy rollar o‘rtasida yangi ziddiyatlar yuzaga keladi:
talabalik rolini bajarish uchun mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida qatnashish, reyting
nazorat topshiriqlarini o‘z vaqtida topshirish; uyda kelinlik vazifasini sidqidildan
ado etish, qaynonaning ko‘nglini olish; onalik rolini egallash uchun farzandini
parvarish qilish kabi bir qator vazifalar faoliyatni murakkablashtiradi.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi
raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o‘zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab
qilmoqdaki, ayniqsa, yoshlar o‘zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun
ba‘zan bir-biriga zid xislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur
bo‘lishmoqda. Masalan, yosh oila boshlig‘i, talaba, ota-onalarga moddiy jihatdan
qaram bo‘lmaslik uchun, bir vaqtning o‘zida ham itoatkor, intizomli talaba va
ishdan keyin esa — chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan
Shaxs xulq-atvorini boshqradigan
asosiy mehanizmlar
Ijtimoiy normalar
Ijtimoiy rollar
Ijtimoiy sanksiyalar
83
shug‘ullanishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu xolat tabiiyki, shaxsdan kuchli iroda,
doimiy intiluvchanlik va o‘z ustida muttasil ishlashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |