Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

«shaxs» 
tushunchasi
eng ko‗p qo‗llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi.
Psixologiya o‗rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida 
qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki 
tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‗lgan aloqasi 
masalasini chetlab o‗tolmagan. Shaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning 
mahsuli, ongli faoliyatning sub`yekti bo‗lmish individdir.
Shaxsga taalluqli bo‗lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab 
ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorligi, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham 
ob`yekt, ham sub`yekt bo‗lishi xisoblanadi. 
Shaxsga taalluqli bo‗lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u tashqi, ijtimoiy 
ta‘sirlarni o‗z ongi va idroki bilan qabul qiladi, so‗ngra shu ta‘sirlarning sub`yekti 
sifatida faoliyat ko‗rsatadi. inson bolasi ilk bolalik davridanoq «mening hayotim», 
«bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o‗sha biz bilgan va har 
kuni his qiladigan ijtimoiy hayot, siyosat, huquq, axloq olamidir.
Bu ijtimoiy-psixologik muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, 
an‘analar, udumlar olami bo‗lib, undagi ko‗plab qoidalarga ko‗pchilik qo‗shiladi, 
ba‘zilar qisman qo‗shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga 
bo‗ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi. Individ atamasi odamning biologik 
mavjudot ekanligini bildirsa, shaxs uning ijtimoiy mavjudligidan darak beradi. 
Odam individ bo‗lib tug‗iladi, shaxs bo‗lib shakllanadi.



109 
Biogenetik konsepsiyada shaxsning ontogenetik rivojlanishiga doir qarashlar 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani 
to‘g‘risidagi ilmiy tushunchalarda keskin o‘zgarishlar yuzaga keldi va ularning 
ta‘siri natijasida psixologiyaning tadqiqot ob`yekti sifatida insonga muhitning 
ta‘siri, uning xulq-atvorini o‘rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda 
psixologiya fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shgan bir qator konsepsiyalar, 
nazariyalar, oqimlar va yo‘nalishlar vujudga keldi. 
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri, amerikalik psixolog 
S.Xoll, psixik taraqqiyotning asosiy qonuni sifatida rekapitulyasiya qonuni"ni 
(ontogenezda filogenezning qisqacha takrorlanishi) ko‘rsatadi. Uning fikricha, 
ontogenezdagi 
individual 
taraqqiyot 
filogenezning 
muhim 
bosqichlarini 
takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go‘daklik hayvonlarga xos taraqqiyot 
pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning 
asosiy mashg‘uloti bo‘lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 
yosh oralig‘ida o‘sish davri o‘smiroldi yoshidan iborat bo‘lib, yovvoyilikning oxiri 
va sivilizasiyaning boshlanishidagi kamolot cho‘qqisiga hamohangdir.
O‘spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib to etuklik davri kirib 
kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. 
S.Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar "bo‘ron va tazyiqlar", ichki va tashqi 
nizolar(konflikt)dan iborat bo‘lib, ularning kechishi davomida odamda 
"individuallik tuyg‘u" si vujudga keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi 
o‘z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o‘tadi, chunki inson 
zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusional 
psixologiyasi"(odamning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) vakillari tomonidan 
ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negiziga bir qancha biologik 
omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning 
jismoniy tipi bilan o‘sishining xususiyati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud, deb 
taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning 
sikloid toifasiga xos(tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘ta barqaror), ikkinchisiga 
esa shizoid toifasiga(odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi 
cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. O‘zining ushbu taxminini shaxs 
rivojlanishi davriga ko‘chirishga harakat qiladi, natijada o‘smirlarda sikloid 
xususiyatlari, (o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk 
o‘spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo‘ladi, deya xulosa chiqaradi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish