Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


“muhim vaziyatlarni qayd etish” usuli



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

“muhim vaziyatlarni qayd etish” usuli
da kuzatishning mohiyati shundaki, 
alohida shaxs yoki guruh kutilmagan, tasodifiy vaziyatga solinadi, va ularning 
vaziyatga munosabati, o‘zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo‘llari 
kuzatiladi. Masalan, guruhni ataylab oldindan tuzilgan stsenariy yordamida 
munozarali vaziyatga solish va unda har bir guruh a‘zosini o‘zini qanday tutishi va 
bayon etgan fikrlarini zikr etish bunga yorqin misoldir. 
Agar kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyaga umumiy psixologiyadan o‘tgan 
usul bo‘lsa, 
hujjatlarni tahlil qilish
usuli sotsiologiyadan kirib kelgandir. Bu usul 
ijtimoiy faoliyatning mahsulini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, to‘plangan 
ma‘lumotlarning ishonchliligi, matematika va statistika uslublari yordamida qayta 
ishlash imkoniyatining mavjudligi sababli ma‘lum afzalliklarga ega. Bu usulning 
yana bir nomi 
kontent-tahlil
bo‘lib, tahlil qilinadigan hujjatlar toifasiga asosan 
og‘zaki (so‘zlangan nutq matnlari, suhbatlarning yozib olingan qismlari, bevosita 
muloqot jarayonida qayd etilgan manbalar) yoki yozma (rasmiy hujjatlar, gazeta-
jurnallardagi maqolalar, xatlar, ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar matnlari va shunga 
o‘xshash) holda tavsiya etilgan ma‘lumotlar kiradi. 
Kontent-tahlilni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo – bu 
tekshiruv birliklarining bo‘lishi, kategoriyalarni aniqlashdir. Ko‘plab tadqiqotchilar 
fikrlarini umumlashtirgan holda tahlil qilish uchun uning birliklari quyidagilar 
bo‘lishi mumkin, deb hisoblaymiz:
a) alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, 
demokratiya, faollik, tashabbus, hamkorlik va hokazo) 
b) yaxlit so‘zboshilar, matnlar, maqolalar va shunga o‘xshashlarda 
ko‘tarilgan mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi 
milliy qadriyatlar, yoshlar ma‘naviyati mavzusi va hokazo)
v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari (masalan, 
Milliy tiklanish partiyasi liderlarining vaqtli ommaviy axborot vositalarida 


57 
chiqishlarini tahlil etish, konkret tarixiy shaxsning tarixdagi o‘rnini aniqlash, 
masalan, Amir Temurning shaxs sifatidagi obrazini o‘rganishda va boshqalar); 
g) ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy 
mojarolar, O‘zbekiston Konstitutsiyasining muhokamasi, yangi yozilgan asarga 
o‘quvchilarning munosabati va shunga o‘xshash).
Yaxshi o‘tkazilgan kontent tahlil – aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda 
juda muhim ahamiyatga ega, lekin olingan ma‘lumotlarning ishonchliligi shu 
borada ilgari ishlagan shaxslar – ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun 
boshqa metodlarni ham qo‘llash va ma‘lumotlarni solishtirish hamda ayni ob‘ektni 
ayni vaziyatda qayta tahlil qilish yo‘llari bilan erishiladi. To‘plangan miqdoriy 
ma‘lumotlar matematik statistika metodlari yordamida qayta ishlovdan 
o‘tkazilmog‘i lozim. Kontent – tahlil tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, 
chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunishning mahorati bo‘lishi kerak, 
ikkinchidan, tadqiqot so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy natijalarni yana qayta 
sifat shakliga keltirish va tushuntirib berish lozim. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish