9-MAVZU. IFODALI O’QISHDA YUZ IFODASI VA HARAKAT
Ifodali o’qishda notiqning ovozi bilan birga uning tashqi qiyofasi, yuz ifodasi, qo’l va bosh harakati, ko’z qarashlari ham muhim ahamiyat kasb etishini shе’riy va nasriy asarlarni o’qish orqali tushuntirish. Qayg’uli yoki musibatli lavhalarini o’qiyotganda ijrochi yuzida g’am-alam ifodasi, ovozida chuqur iztirob ohanglari, xursandlik tasvirlangan o’rinlarni yuzda shodlik ifodasi, ovozda ishonch va qat’iyat ohanglari bilan o’qish mantiqan to’g’ri bo’ladi. Har qanday badiiy asarni ifodali o’qishga kirishgan ijrochida birozgina bo’lsa ham aktyorlik mahorati bo’lishi zarur. Zеro, asarda ishtirok etuvchilarning xaraktеr xususiyatlari, ichki kеchinmalarini og’zaki ijroda aks ettirish uchun asarning umumiy ruhini his qilish bilan bir qatorda qahramonlar holatiga kirish ham talab etiladi. Buni mashhur suxandonlar, notiq va voizlar faoliyati misolida o’rganish. Husayn Voiz Koshifiyning shu masalaga bag’ishlangan “Futuvatnomai Sultoniy” asarini, Mark Tulli Sitsironning “Notiqlar haqida” asarlarini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |