O’quvchilarni topshiriqni mustaqil bajarishi – darsning asosiy qismi bo’lib, unga darsning 2/3 hatto 3/4 ulushi ajratiladi. Bu bosqichda o’qituvchi o’quvchilarni diqqat bilan kuzatib turadi, ularning ishlariga boshchilik qiladi, ish harakatlaridagi ish holatlari, asboblardan foydalanishdagi xatolar va kamchiliklarni kuzatadi. Bordi-yu ish o’quvchilarga qiyinlik qilsa, o’qituvchi o’quvchilarga o’zi bajariyotgan operatsiyalarga e’tibor berib turishini va uning harakatiga o’xshatib asta-sekin harakat qilishini aytadi.
a) O’qituvchining ko’rsatmalariga qanday amal qilmoqda.
b) O’quvchilarning mehnat madaniyati va sanitariya-gigiena ko’nikmalari qanday.
v) Material qanday saqlanmoqda, o’quvchilar asboblarni qanday to’g’ri ishlatmoqdalar.
g) O’quvchilar o’z usullarini qay darajada o’qib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |