Unga qadar ta’limning asosiy maqsadi faqat mansabdor shaxslarni tarbiyalashdan
Xitoy ta’lim tizimi o’z ichiga maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, to’liq o’rta
maktab, universitet, aspiranturalarni oladi.
22
- Xitoyda boshlang’ich ta’limdan keyin to’liqsiz o’rta maktabga yoki kasbiy
boshlang’ich maktabga boorish mumkin. O’qish 12 yoshdan – 15 yoshgacha.
- O’zbekistonda boshlang’ich ta’limdan keyin o’rta ta’limga o’tiladi. O’qish
muddati – 5 yil, 11 yoshdan 16 yoshgacha.
- Xitoyda to’liqsiz o’rta maktabni bitirgan o’quvchilar to’liq o’rta maktabga
o’tadilar; kasbiy boshlang’ich maktabni bitirganlar esa kasbiy o’rta maktabga
o’tadilar. O’qish muddati 3 yil.
- O’zbekistonda o’rta ta’limdan keyin o’rta maxsus kasb-hunar ta’limiga o’tiladi.
Bu ta’lim o’z navbatida o’rta maxsus ta’lim (AL) va kasb-hunar ta’limi
(KXK)lariga bo’linadi. O’rta ta’lim bitiruvchilari hohishiga ko’ra akademik litsey
yoki kasb-hunar kollejlariga o’qishga kirishlari mumkin. O’qish muddati 3 yil.
- Xitoyda to’liq o’rta maktabni bitirganlar oliy o’quv yurtining bakalavriat
bosqichiga topshiradilar. Kasbiy o’rta maktabni bitirganlar esa kasbiy oliy
maktabga topshiradilar. O’qish muddati 4 yil.
- O’zbekistonda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini tugatganlar oliy o’quv
yurtlariga topshiradilar. O’qish muddati 4 yil.
- Xitoyda kasbiy oliy maktabni bitirganlar ishga joylasha oladilar (18-22 yosh).
- O’zbekistonda kasb-hunar kollejini bitirganlar ishga joylashishlari mumkin yoki
oliy o’quv yurtiga kirib, o’qishni davom ettirishlari mumkin.
- Xitoyda oliy ta’limning magistratura va doktarantura bosqichlari mavjud.
- O’zbekistonda esa magistratura, aspirantura va doktorantura bosqichlari mavjud.
- Xitoy 9 yillik majburiy ta’lim joriy etgan.
- O’zbekistonda 12 yillik majburiy ta’lim mavjud.
- Xitoyda 9 yillik majburiy ta’lim olganlar miqdori 99,3 % ni tashkil etadi.
- O’zbekistonda bu ko’rsatkich 99,5 % dan iborat.
- Xitoyda 9 yillik ta’lim bepul.
- O’zbekistonda 12 yillik majburiy ta’lim bepul.
- Xitoyda oliy o’quv yurtida faqat iqtidorli talabalargagina stipendiya beriladi.
- O’zbekistonda esa 55 % dan ortiq ball to’plagan barcha talabalar stipendiyalar
bilan ta’minlanadi.
- O’qish yili aynan bizdagiday, Xitoyda ham 1 sentabrdan boshlanadi va
iyulgacha davom etadi.
- Xitoy talabalari uzoq qishki ta’tilga chiqadilar: dekabr oxiridan fevralni boshiga
qadar.
- O’zbekistonda esa qishki ta’til 28 dekabrdan – 10 yanvargacha davom etadi,
yozgi ta’til iyul, avgust oylarida o’tadi.
- Xitoyda kattalar uchun ta’lim mavjud. Unda e’tibor savodsizlikni tugatishga
ham qaratilgan.
- O’zbekistonda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: