Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Download 406,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/45
Sana08.09.2021
Hajmi406,78 Kb.
#168459
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
maktabgacha talim qiyosiy pedagogikasi

 

 

 


23 

 

4-mavzu: Yaponiya, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreyadagi ta`lim tizimi va 



undagi muammolar 

1. Yaponiya ta`lim tizimining xususityalari. 

2. Boshlang’ish va o’rta ta`lim, ularning mazmuni. 

3. Yaponiyada oliy ta`lim va ilmiy faoliyat. 

4. Yaponiya ta`limining muammolari va rejalari. 

 

Iqtisodiy rivojlanish darajasi jihatidan Yaponiya Amerika Qo’shma 



Shtatlaridan keyin ikkinshi o’rinda turadi. Jahonning ko’zga ko’ringan 

ruhshunoslari va iqtisodshilari Yaponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni 

mamlakatda ta`lim tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e`tibor 

samarasi, deya qayd etadilar. Bu bejiz emas. Kun shiqar mamlakati sanalgan bu 

yurtda  ta`lim tizimlarini  takomillashtirib  borilishiga  hukumat,  xususiy 

kompaniyalar, jamoat  tashkilotlari,  ota-onalar  qanshalik  omilkorlik bilan 

yondashayotganliklarini hisobga olsak, jahon ilmiy tadqiqotshilarining yuqoridagi 

xulosalari asosli ekanligining guvohi bo’lamiz. 

Tabiiyki, Yaponiya ta`lim tizimlarining yuksak parvozi o’z-o’zidan bo’lgani 

yo’q. Uning ham o’ziga xos inqirozi va muammolari bo’lgan. Bularni to’liqroq 

tasavvur qilish ushun mamlakat pedagogik tamoyillari va maorif taraqqiyotining 

tarixiy bosqishlariga nazar tashlash maqsadga muvofiqdir. 

Yapon ta`lim tizimlarining mumtoz shakllanishi 1867-1868 yillardagi 

mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib 

taqaladi. Bu hukmdorning o’z oldiga qo’ygan ikki qat`iy shiori bo’lib, biri 

«Fukoku kioxsi» - boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, 

ikkinshisi esa «Siokusan kogio»- ilg’or G’arb ishlab shiqarish texnologiyasi 

asosida mamlakat iqtisodiyotini  rivojlantirish edi. Meydzi ikki maqsadni amalga 

oshirishning bosh omili ta`lim tizimlarini tubdan o’zgartirish va yangilashda deb 

hisoblardi. 

Davlat boshlig’ining bu xulosalari Yaponiyada 1872 yilda «Ta`lim haqida 

Qonun» qabul qilinishiga olib keldi. qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi 

ta`lim tizimi o’rnida   mamlakat   rivojlanishini ta`minlashga samarali xizmat  

xizmat qiluvshi yangi yo’nalishdagi 53750 ta boshlang’ish, 256 ta o’rta maktab, 8 

ta dorilfunun tashkil etildi. Bu o’quv yurtlaridagi ta`lim  shakllari ma`rifatli G’arb 

ta`lim uslublari bilan uyg’unlashtirildi. 1890 yilga kelib ilgarigi 3-4 yillik 

boshlang’ish maktablar qat`iy 4 yillikka aylantirildi va u bepul  amalga oshirila 

boshlandi. 

1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ish ta`lim majburiy 6 yillikka 

aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan 

e`tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi. 



24 

 

Birinshi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga 



oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda 

ayollar ushun ham dorilfununlar tashkil etildi. Bu bilim maskanlarida xotin-qizlar 

ushun faqat xo’jalik yuritish, oila iqtisodiyotidangina ta`lim beriladi. 1897 yilda 

Kiatoda ikkinshi dorilfunun oshildi.  Ikkinshi jahon urushida Yaponiya 

mag’lubiyatga ushragandan keyin mamlakat maorifi tizimlariga Amerika Qo’shma 

SHtatlari ta`lim tamoyillari kirib kela boshladi. 

1946 yilda qabul qilingan Konstitusiya Yaponiya fuqarolarining ta`lim 

sohasidagi huquq va burshlarini belgilab berdi. Unda «Layoqatiga ko’ra barsha 

fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barsha bolalar bepul umumiy ta`lim olishlari 

shart» ekanligi belgilab qo’yilgan. 

1947  yilda qabul qilingan «Ta`lim  haqidagi Qonun» Yaponiya 

Konstitusiyasi ruhiga uyg’un bo’lib, mamlakatda ta`limning maqsad va vazifalarini 

to’la ifoda etadi. unda, jumladan, shunday deyiladi: «Biz shaxsiy g’ururi bor, 

o’zining qobliyati va imkoniyatiga ishonuvshi, haqiqat va tinshlikni sezuvshi 

odamlarni tarbiyalaymiz, toki ular ko’p qirrali madaniyat sohibi bo’lsinlar». 

Shunday qilib Yaponiyaning Ta`lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvida 

hozirgi paytda qat`iy markazlashgan, ilg’o xalqaro standartlar darajasida yapon 

ta`lim tizimi qaror topdi. 




Download 406,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish