Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида


“Zarbulmasal” ning g`oyaviy mazmuni va obrazlari xususida nimalarni bilasiz?



Download 260,9 Kb.
bet31/64
Sana29.04.2022
Hajmi260,9 Kb.
#589797
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Bog'liq
Fj6TLfgjpWfMcGKR628

“Zarbulmasal” ning g`oyaviy mazmuni va obrazlari xususida nimalarni bilasiz?


“Zarbulmasal” majoziy asar bo`lishiga qaramay, unda XIX asr muhiti voqealari tasvirlanadi. Yozuvchi bu asarida o`zaro o`sha davrda bo`lib o`tayotgan urushlarning dahshatli oqibatlarini ochib tashlaydi. Asarda bu kabi urushlarning el-yurtga keltirgan qashshoqlik va xarobaliklari xarakterli tafsilot va imo-ishoralarda yorqin aks ettirilgan.
Yapaloqqush o`zaro to`qnashuvlarda boyligi qo`ldan ketgan, qo`rg`oni buzilgan, Gulxaniy aytganidek, «oti ulug`, suprasi quruq»
boylarning kinoyaviy obrazidir. Buni biz dastlab uning xatti- harakatlarida va atrofdagilar bilan munosabatida kuzatamiz, chunonchi, u o`g`liga Kulonkir sulton deb balandparvoz nom qo`yadi. Yoki Boyo`g`liga quda bo`lmoqchi bo`ladi, o`zini katta tutib “Har qanchalik qalin bo`lsa topilur”, deb maqtanadi. Yapaloqqushning tushkunlikka uchragan “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” boylarning kinoyaviy obrazi ekanligi, atrofdagilar, jumladan, unga qarshi qo`yilgan Ko`rqush bilan muomalasida ham yaqqol ko`rinadi: Ko`rqush sovchilikka ketayotganida Yapaloqning maqtanchoqliga qarshi “Bor maqtansa – topilur, yo`q maqtansa – chopilur”, “Chumchuq semirsa botmon bo`lurmi?” kabi maqollarni keltiradi.
Yapaloqqush “…bolamning asbobi kulonkirligi minqori bilan changalidan ma`lum va ravshan emasdurmu?” degan so`zlar bilan o`ziga o`xshash boylarning zo`ravonligiga ishora qiladi. Lekin bu o`rinda ham Ko`rqush Yapaloqning quruqligini fosh etib, “Chuchvarani xom sanabsan”, “Halvo degan birla og`iz chuchimas”, “Oti ulug`-suprasi quruq”, “Uyida chaksa uni yo`q, tom boshida qo`sh tandir”, “Sichqon sig`mas iniga, g`alvir bog`lar dumiga” degan iboralar senga mos keladi, deydi.
Shunday qilib, Yapaloqqush misolida o`sha davrdagi boylarning shuhratparastligi, ochko`zligi, maqtanchoqligi ochib tashlanadi.
“Zarbulmasal” xalq orasida “Yapaloqqush hikoyasi” nomi bilan mashhur bo`lib, qissaxonlik kechalarida uni eshitgan shinavandalar asarning chuqur hayotiy mazmuniga qoyil qolishgan. Uning qisqacha mazmuni quyidagicha:
Farg`ona iqlimida Qayqubod degan podshohdan qolgan bir vayrona bor edi. Unda yashovchi Boyo`g`lining Gunashbonu ismli qizi bo`ladi. Shu atrofda manzil tutgan Yapaloqqush uni o`g`li Kulonkir sultonga olib bermoqchi bo`lib, Ko`rqushni sovchilikka yuboradi. Ko`rqush yo`lda Hudhudga duch kelib, o`zaro munozara qiladi. Keyin Kulonkir sulton bilan gaplashib oladi. Boyo`g`linikiga kelsa, u qarindoshlari bilan kengashib, so`ng javob bermoqchi bo`ladi. Buni yaxshilikka yo`ygan Yapaloqqush do`sti Sho`ranul degan qarg`a orqali qushlar shohi Malikshohindan suyunchi oladi.
Malikshohin o`zining pahlavoni bo`lmish Kulonkir sultonning to`yini podshohlik hisobidan o`tkazib bermoqchi bo`lib, o`z xazinachisi Kordonni to`y xarajatlarini aniqlash uchun Boyo`g`linikiga jo`natadi. Boyo`g`li qizining qaliniga mingta vayrona so`raydi. Kordon Umarxon davrida mamlakat obod bo`lib, vayronalar kamaygani, shuning uchun uning sonini 600 taga tushirishni so`raydi. Boyo`g`li ko`nmagach, ortiga qaytib ketadi. Uni eshitgan Ko`rqush oting Kordon – ishbilarmon bo`lsa-da, aslida qo`lingdan hech ish kelmas ekan deb, o`zi Boyo`g`lining yoniga kelib, Qo`qondan topilmasa ham, mingta vayronani Buxoro muzofotidan topib berishga va`da beradi. Shundan keyin dabdabali to`y qilib, kelin-kuyov murod-maqsadlariga etadilar.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, mazkur to`y bo`lishidan oldin Ko`rqush sovchilikka borgan edi. U sovchilikka keta turib yo`lda Hudhud (popishak) ga duch keladi. Ko`rqushning Boyo`g`lining qiziga sovchilikka boryotganini fahmlagan Hudhud unga: “…qo`lidan kelmas ishga uringan… maymunga o`xshab rasvo bo`lma”, - deydi. Shu o`rinda Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalini voqeaga bog`lab keltiradi.
“Hunar-zar” deb, Najjorning ishini davom ettirmoqchi bo`lgan Maymunning dumi yog`ochning orasiga qisilib qoladi, qutulmoqning ilojini topolmay sharmanda bo`ladi:
Ketdi hunar shavqi bila g`ussasi, Tushdi yag`och ayrisig`a dumchasi.

Bal keynidin bo`ldi tutulmoqlig`i, Mumkin emas o`ldi qutulmoqlig`i.


Odami jinsida yo`q qissasi,


Qoldi aning dumchasining hissasi.
Gulxaniy kishilarni bilim va hunar o`rganishga, o`z kasbini to`liq egallashga chaqiradi:
Aydi: «Ulus ichra bu bir kasbdur, Kasbni boshina kiysang nasbdur».
Bu fikr qissadan hissa tariqasida uqtiriladi.
Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulug`laydi, qo`lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi bo`lma, ko`r-ko`rona birovga taqlid qilib falokatga yo`liqma, degan fikrni maymunning qismati orqali ko`rsatadi.
Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasvirlanadi. U ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug`ullanishni har narsadan yuqori qo`yadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, duradgorlik mahoratini tasvirlar ekan, hattoki, Maymun ham mehnatga muhabbat bilan qaraydi, hunarga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni olg`a suradi.
O`z navbatida, Ko`rqush ham Yapaloqqush uni majbur qilib sovchilikka yuborayotganini ta`kidlamoqchi bo`lib, “Sen tevaning bo`tasi onasi birla munozara qilganidan bexabarga o`xsharsan”, deydi va “Tuya bilan Bo`taloq” masalini hikoya qiladi.
Bunda sorbon tuyani cho`ktirganda bo`talog`i onasiga yetib olib, uning ilgarilab ketganidan ranjib:

Bo`zlanib aydi: - Ayo berahm onam, Kuydi-yu, yondi-yu tutoshti tanam.


Asta-asta yursang, bo`lg`ay na g`am, Siyna sutidin emayin dam-badam,


deydi.
Holbuki, ona tuya bo`talog`ining oh-zoriga qaramay, tuyakash- sorbonning qistovi bilan tez yurishga majbur edi. Tuya bo`talog`iga:
- Ko`rki, burunduq kishining qo`lida, Bu kishining ko`zlari o`z yo`lida.
Menda agar zarra kabi ixtiyor Bo`lsa edi, bo`lmas edim zeri bor,

deb ixtiyori o`zida emasligini tushuntiradi.


Tuyaning majoziy obrazi misolida muallif erku ixtiyoridan mahrum etilgan kishilarning alamli qismatini aks ettirgan.
Mehnatkash xalqning og`ir hayoti va mehnati, huquqsizlikgi va nochorligi, bir so`z bilan aytganda ayanchli qismati “Tuya bilan Bo`taloq” da o`ziga xos badiiy tasvirga ega.
Gulxaniyning tasvirlashicha Tuya hayotda ezilgan, tutqun, erksiz, og`ir mehnat bandasi hamda qul qismatiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy obrazidir. Bo`taloq esa, ona sutiga ham to`yolmay, og`ir, mashaqqatli hayot kechirgan, och-yalang`ochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.
Shunday qilib, Yapaloqqushning Boyo`g`liga quda bo`lish mojarosi qoliplovchi hikoya bo`lib, Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” hamda “Tuya bilan Bo`taloq” kabi mustaqil syujetli masallarni asosiy (qoliplovchi) voqeaga ustalik bilan bog`lab keltiradi. Shu tarzda, ertaklarda bo`lganidek, hikoya ichida hikoyalarning san`atkorona kompozitsiyasi qoliplash san`ati deyiladi. Bu esa muallifning mahoratidan dalolat beradi. Buni biz syujetning yanada rivojlantirilishi misolida ham ko`ramiz: “Alqissa, Ko`rqush yiqila- surila Kulonkir sulton dargohiga ravona” bo`ldi.

Download 260,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish