Namangan davlat universiteti o„zbek tili va adabiyoti kafedrasi Abdujabbor Omonov



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/53
Sana02.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#426116
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
qadimgi turkiy til.

Elektron ta‟lim resurslari: 
1. www. literature.uz. 
2. http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism. 
3. http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html. 
4. http://www.utpa.edu/faculty/mglazer/Theory/structuralism.htm. 
5. 
http://www.eng.fju.edu.tw/Literary_Criticism/structuralism

6. www.catuzmu. 


49 
13-amaliy mashg‟ulot: Ravish yasalishi. Ravishning morfologik usul 
bilan yasalishi. 
Reja: 
1.
Ravish yasalishi. 
2.
Ravishning morfologik usul bilan yasalishi. 
3.
Ravishning sintaktik usul bilan yasalishi. 
Bajarilishi:
Ravishlar 
ish-harakatning 
belgisini, 
belgining 
belgisini anglatadi. Ular ish-harakat va holatning qay holda, qay ravishda 
bajarilayotganligini bildiradi. Yozma yodgorliklar tilida ham ravishlar holat, 
o‗rin-payt, maqsad, miqdor-daraja ma‘nolarini bildiradi. 
Morfologik usulda ravishlar quyidagi qo‗shimchalar bilan yasalgan: 
-la, -la
affiksi. MK da: 
tunla keldim -
tunda keldim; 
Bir tilku terisin ikila 
soymas. -
Bir tulki terisini ikki bor shilinmaydi. 
-ca, -ca
affiksi. Ko‗k turk bitiglarida: 
Akinti kun kalti, ortca qizip kalti. -
Ikkinchi kun keldi, yong‗inday qizib keldi (Ton.40). QB da: 
tilakca -
tilagancha, 
kerakca -
keragicha, 
kezikca
- navbat bilan. 
-di, -di / -ti, -ti
affiksi: 
tukati -
tugallik bilan, butkul, 
adguti
-
yaxshilab, 
ariti -
pokizalik bilan. Ko‗k turk bitiglarida: 
Yelma, qargu edguti urgil. -
Yelma, qorovulni yaxshilab qo‗y (Ton.34). 
Sabimin tukati esidgil. -
So‗zimni tugal eshitgil (Ka.1). ... 
bu sabimin edguti 
esid, qatigdi ttyla - ...
bu
 
so‗zimni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla (Ka.1). Yoki iB da: 
Qatigti ba, 
edguti ba. -
Qattiq bog‗la, yaxshilab bog‗la. 
-layu, -layu
affiksi. She‘rda shunday kelgan: 
Iwri'q basi' qazlayu, 
Sagraq tolu kozlayu, 
Saq'inc qoS'i kezlayu, 
Tun-kun bila sewinalim. 
(Ivriqning boshi g‗ozday, tubi ko‗z (kosasi)day to‗lgan. Qayg‗uni uning 
ostiga ko‗maylik-da, kecha-kunduz sevinaylik) (MK.I.126). 
Opkam kelip ogradim, 
Arslanlayu kokradim, 
Alplar basin togradim, 
Emdi meni kim tutar. 
((Yovga qarshi) g‗azabim kelib xezlandim, arslon kabi na‘ra tortdim, 


50 
botirlarning boshini uzib tashladim, endi menga kim yetadi) (MK.I.146). 
-tag~teg
affiksi. MK da: 
cegurka-teg su
- chigirtkadek lashkar. 
Hozirgi o‗zbek tilida ushbu affiks 
-dek~day~day 
shakllarida 
qo‗llanilmoqda: 
kokdek~kokday, qoy-dek~qoyday.
Mazkur qo‗shimcha tarixan 
teg-
fe‘lidan hosil bo‗lgan. Chog‗ishtiring, 
QB.151 da: 
tilakka tegir
- tilakka yetadi. Hozirgi o‗zb.: 
agzi' asga tegdi 
deganda
- ―og‗zi oshga yetdi deganda‖ ma‘nosini beradi. QB.287 da: 
mundag
- bunday. U qo‗shimcha emas, mustaqil so‗z bo‗lgani uchun qattiq 
o‗zakli so‗zlarga ham 
-tag~teg
shaklida qo‗shiladi. 
-sig, -sig
affiksi. MK da: 
qulsig er
- qul singari kishi, 
Bu qari ol oglarnig
- Bu qariya o‗sha o‗g‗lon singari. 
Ot gurhidagi so‗zlar kelishik qo‗shimchasini olganda ravishga aylanishi 
mumkin. Masalan: 
ilgaru Santuq yaziqa tagi suladim, taluyqa kicig 
tagmadim. Birgaru Toquz arsanka tagi suladim, Tuputka kicig [tag]madim.

Sharqqa - Shantung dashtiga qadar lashkar tortdim, dengizga bir oz 
yetmadim. Janubga - To‗g‗uz arsanga qadar lashkar tortdim, Tuputga bir oz 
yetmadim (Ka.3). 
Yoki yana bir misol: 
Anta otru oguz qopun kalti.
- Shundan so‗ng o‗g‗uz 
butunlay (taslim bo‗lib) keldi (Ton.16). 
Yodgorliklarda 
-raq, -rak
qo‗shimchasi ravishlardagi qiyosiy darajani 
ta‘minlagan. Orttirma daraja 
ked~ked, ey 
singari so‗zlar yordamida ifoda 
etilgan: 
Tilig keS koSazgil, koSazildi bas.
- Tilingni juda saqlagil, boshing 
ham saqlanadi (QB.173); 
Bularda eq ustun Sekantir yurir.
- Bulardan eng 
yuqorida Sakantir yuradi (QB.127). 
Bitiglarda ravishlar juft holda ham qo‗llaniluvi mumkin. Masalan, 
adguti
―yaxshi, durust‖ degani, matnda u 
adguti ariti 
shaklida qo‗llanilib, ―ixlos 
bilan, ehtirom bilan‖ ma‘nosini beradi. Misoli: 
Bir ayqi c(a)xsap(a)t('i)g 
adguti ariti tutu umad(i)m(i)z arsar.
- Bir oylik din qo‗rsatmalarini ezgulik 
bilan, ixlos bilan tuta olmagan bo‗lsak (Huast.132-133). 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish