O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA FAKULTETI
“AMALIY MATEMATIKA VA
INFORMATIKA” YO’NALISHI
ATI DU 20 – GURUH TALABASI
TEMIROV ABDURAZZOQXO’JANING
ALGORITMIK TILLAR VA
DASTURLASH FANIDAN
KURS ISHI
Qabul qildi: Holmirzayev Hoshimjon
Topshirdi: Temirov Abdurazzoqxo’ja
Namangan 2021
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA FAKULTETI “AMALIY MATEMATIKA VA
INFORMATIKA” YO’NALISHI
Mavzu: C# dasturlash asoslari
KURS ISHI
BAJARDI: Amaliy matematika va informatika yo’nalishi
ATI-DU-20 20_-guruh talabasi: A.Temirov
KURS ISHI RAXBARI:
H.Holmirzayev
Namangan 2021
Mavzu: C# dasturlash asoslari.
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Tayinlash operatsiyalar.
2. Ma'lumotlarning asosiy konversiyalari.
3. Shartli ifodalar
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlash
KIRISH
Vatanimizda, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo’yildi. Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug’diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi oliyjanob tuyg’ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g’oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga yetkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. Hozrgi kunda O’zbekistonda dasturlash sohasiga kata e’tibor berilmoqda. Bunga yaqqol misol qilib “Bir million dasturchi” loyihasi aytish mumkin. Yangidan yangi IT parklar ochiloqda.
O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm – fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta hissa qo’shib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yo’nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo’lgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlang’ich nuqta qo’yildi. Axborot, energiya, vazn, bo’shliq va vaqtni bir butun holda batafsil o’rganish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim axamiyatga ega bo’lib qolmoqda.
C# (talaffuzi: si sharp) dasturlash tili Microsoft korporatsiyadan obyekt mo‘ljanllangan dasturlash tilidir. U .NET texnologiyasi bilan reliz kelishdi, keyingi ESMA va ISO standartlarini ham oladi. С# tili 2000 yilda Nyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratoriya kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richie tomonidan yaratilgan. Bu til o‘zini shunchalik yaxshi ko‘rsatdiki, oxir oqibatda unda Unix operatsion tizimlarining 90% yadro kodlari yozildi. (oldin quyi assamberlarda yozilgan). C# ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan yetarli darajada foydalanilgan. C# tili dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini belgilab berdi. C# tilining yaratilishiga asosiy imkonyatlarni belgilab berdi.C# tili kuch, elegantik va ma‘nodorlikni o‘zida muvaffiqiyatli birlashtirgan birinchi strukturaviy til bo‘ldi. Uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar ma’sulyatini tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan holda sintaksisdan foydalanishdagi qisqalik va osonlik kabi xususiyatlari tezda ko‘plab tarafdorlarni topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |