O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA FAKULTETI
Informatika kafedrasi
Stajyor-o`qituvchisi Abdullayev Axrorbekning
“Qishloq xo’jaligida axborot texnalogiyalari”
fanidan
AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN
SINOV DARS ISHLANMASI
Namangan-2021
Amaliy mashg’ulоt. MBBTda ma’lumotlar bankini shakllantirish. ACCESS da qishloq xo’jaligi sohasiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish va shakllantirish.
Mashg’ulotning maqsadi: MBBTda bilan ishlashni o`rgatish.
Mashg’ulotning jihоzi: Ko’rgazmali material: kompyuterning xotira qurilmalari.
Mashg’ulot o’tish vоsitasi: Pentium IV kоmpyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi.
Mashg’ulotning bоrishi:
a) Guruhning va xоnaning darsga tayyorligini aniqlash.
b) Yo’qlama qilish.
c) Avvalgi mashg’ulоtlarda o’tilganlarni takrоrlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrоrslash.
g) Yangi mavzuning bayoni: MBBTda bilan ma’lumotlar o`qish.
d) Kоmpyuter xоnasida mashg’ulоt оlib bоrish.O’rganganlari ustida mashq qilish.
e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berish.
Amaliy mashg`ulot bayoni:
MB yaratish va unga ob’yektlarlar kiritish quyidagicha:
1.MB -ni yaratish.
2. MS Access 2010 oynasi tuzilishi
3. Jadvallar yaratish
4. So’rov tashkil qilish
5. Forma yaratish yaratish
Ma’lumotlar bazasi
Ma’lumotlar bazasi (MB) – bu ma’lum sohaga tegishli bo’lgan, o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va obektlar o’rtasidagi munosabatni tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol oynaydi. Sababi, jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Accessda asosiy ishlatiladigan obektlar to’rtta bo’lib, ular Tablitsi (jadvallar), Zaprosi (so’rovlar), Formi (shakllar) va Otcheti (hisobotlar) deb ataladi.
Avvalo MBda xar qanday ma’lumotlar jadval ko’rinishida ifodalanib olinishi kerak. Bunday jadvallardagi ustunlar maydon, qatorlar esa yozuv deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |