1. Yopiq bo’g’in. Oxirgi r harfidan tashqari har qanday undoshga tugaydigan bo’g’inga yopiq bo’g’in deb ataladi. Yopiq bo’g’indan unlilar qisqa o’qiladi.
Masalan: it [it], bag [baeg], club [klub], get [get].
Ochiq bo’g’in. Oxiri unli harfga tugaydigan bo’g’in ochiq bo’g’in deyiladi.
Masalan: go [gou], we [wi:], time [taim], sky [skai].
Shartli yopiq bo’g’in. Oxirgi unli harfdan keyin r harfi bilan tugaydigan bo’g’in shartli yopiq hisoblanadi. Bu bo’g’inda unlilar cho’ziq o’qiladi.
Masalan: car [ka:], her [he:].
Shartli ochiq bo’g’in. So’z oxiridagi unli harfdan so’ng r va keyin e harfi bilan tugaydigan bo’g’inlarga shartli ochiq bo’g’in deyiladi.
Masalan: Care [kзe], more [mo:], fire [faie], where [weye].
Urg’u
So’z bo’g’inlaridan birining boshqalarga nisbatan kuchliroq aytilishi urg’u deyiladi va bu bo’g’in urg’uli bo’g’in deb ataladi. Ingliz tilida ma’no anglatuvchi bir bo’g’inli so’zlar doim urg’uli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |