Egalik olmoshlari ( possessive pronouns)
O’zbek tilida bo’lgani kabi ingliz tilida ham egalik olmoshlari mavjud. Ingliz tilida har bir kishilik olmoshiga muvofiq keluvchi egalik olmoshi bo’lib, u taalluqlilik, egalik ma’nolarini anglatadi va Whose? So’rog’iga javob bo’ladi.
Egalik olmoshlari gapda otni aniqlab, doimo undan oldin keladi. Egalik olmoshli ot oldida artikl ishlatilmaydi.
Our lessons are over.
Read your sentence ,please.
Agar otning boshqa aniqlovchilari bo’lsa, egalik olmoshi ulardan keyin qo’yiladi.
Give me your red pencil, please.
Ingliz tilidagi egalik olmoshlari quyidagi xususiyatlari bilan o’zbek tilidagi egalik olmoshlaridan farq qiladi:
Ingliz tilidagi sening egalik olmoshi yo’q, uning o’rnida sizning egalik olmoshi ishlatiladi.
Birlik Ko’plik ( oddiy shakli )
I. My - mening our - bizning
II. – your - sizning
Do'stlaringiz bilan baham: |