2p
|
3s
|
|
→
|
3p
|
4s
|
→
|
3d
|
4p
|
5s
|
→3f
|
4d
|
5p
|
6s
|
→4f
|
5d
|
6p
|
7s
|
Elementlar oxirgi pog’ onachasining ko`rinishiga qarab s-, p-, d-, f-oilalarga bo`linadi. Masalan: natriy 3s1 s-oilaga mansub,oltingugurt 3s23p4- r-oilaga mansub.
Asosiy guruҳ elementlari s- va p-oilalarga, qo`shimcha guruҳ elementlari d- va f-oilalarga mansub. s-orbitallar sharsimon, p-orbitallar gantelsimon, d- orbitallar qo`sh gantelsimon shaklga ega. «qo`zg’algan ҳolat» deganda atomning tashqi qobig’idagi juft elektronlarning ajralib toq pog’onachalarga o`tishi tushuniladi. Masalan, 2s22p2 ҳolat uglerodning tinch ҳolatiga to`g’ri keladi. U qo`zg’algan ҳolatda 2s12p3 ko`rinishda bo`ladi:
Elektron tinch ҳolatdan qo`zg’algan ҳolatga o`tganda energiya yutiladi. Aksincha,qo`zg’algan ҳolatdan tinch ҳolatga o`tganda energiya ajraladi.
Tartib raqamlari 24, 29, 42, 44, 45, 46, 47, 79 bo`lgan elementlarda pog’onachalarning to`lish tartibidan chetlanish kuzatiladi. Bu ҳolat «elektron ko`chishi, sakrashi yoki qulashi» deb ataladi. Bunda oxirgi s-pog’onachadan d- pog’onachaga 1 ta elektron o`tishi sodir bo`ladi.
Masalan: Zq24 element uchun tashqi qobiq ko`rinishi pog’onachalarning to`lish tartibiga binoan 4s23d4 emas, 4s13d5 ko`rinishda. Zq46 elementda 2 ta elektron o`tadi. ya`ni, 5s24d8 emas, balki 5s04d10 ko`rinishda.
Tashqi qobiqdagi toq elektronlar soni valentlikni belgilaydi. Bunda atom tinch ҳolatdan qo`zg’algan ҳolatga o`tishi uchun imkon bo`lsa, element o`zgaruvchan valentlikka ega bo`ladi.
Manfiy ionlarning elektron konfiguratsiyalarini tuzishda tashqi qobiqqa element olgan elektronlar soni qo`shib qo`yiladi.
Masalan, R-3 ionining elektron konfiguratsiyasi 3s23p6 ko`rinishda(3s23p3+3e).
Musbat ionlarning elektron konfiguratsiyalarini tuzishda tashqi qobiqdan element bergan elektronlar sonini ayirib tashlanadi.
Masalan, S+4 ionining elektron konfiguratsiyasi 3s23p0 ko`rinishda.
Mavjudmas orbitallar deb elektron konfiguratsiya tuzishda ishtirok etmaydigan orbitallarga aytiladi. Bu mavjudmaslik 2 xil bo`lishi mumkin:
1)umuman mavjudmaslik, masalan, 1r, 2d, 2f kabi;
2)vaqtincha mavjudmaslik, masalan, 7r, 8s, 7d kabi.
Elektron konfiguratsiyalarni qisqa ko`rinishda yozish uchun nodir gazlardan foydalanish qabo`l qilingan. YA`ni biror element elektron konfiguratsiyasidagi nodir gaz qobig’iga ega bo`lgan qism o`rniga shu nodir gaz belgisi o`rta qavs ichida yoziladi. Masalan: Zq38 bo`lgan elementning elektron konfiguratsiyasi [Kr+5s2] ko`rinishda yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |