Tuzilish izomerlari – kimyoviy tuzilishi bilan o’zaro farqlanadi, shuning uchun ular tuzilish izomerlari deb ataladi. Tuzilish izomerlari, o’z navbatida, qator gruppalargabo’linadi: 1. Zanjir izomerlar. 2. Holat izomerlari.
Zanjir izomerlar - to’g’ri zanjirli ko’rinishdagi birikmalarga normal birikmalar deyiladi va n-harfi bilan belgilanadi. Izobutan, izopentan va neopentandagi uglerod zanjiriesa tarmoqlangan. Bunday birikmalar izobirikmalar deyiladi. Bu izomeriya struktura izomeriya yoki uglerod skeletining izomeriyasi deyiladi. Uglevodorod molekulasidagiuglerod atomlarining soni ortib borishi bilan izomerlarning soni ham tez ortib boradi. Metan, etan, propanning izomeri yo’q. Butanning ikkita, pentanning uchta izomeri mavjud.
C-atomlari o’zaro birikib to’g’ri zanjir hosil qilsa normal (n), tarmoqlangan bo’lsa izobirikmalar deyiladi. C-atomining soni oshgansari izomerlar soni juda tez oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |