Tajriba №18. Siydik kislota va uning ikki almashingan natriyli tuzining suvda eruvchanligi.Ishning bajarilishi:Skalpel uchida ozgina siydik kislota olib, uni probirkadagi 10 tomchi suvga solinadi va aralashma kuchli chayqatiladi. Siydik kislotaning suvda yomon erishi kuzatiladi. Hatto qizdirilganda ham u suvda yomon eriydi. Hosil bo’lgan loyqaga 2-3 tomchi o’yuvchi natriyning 10 % li eritmasidan tomizib chayqatilganda siydik kislota tuzi hosil bo’lgani uchun tiniq eritma hosil bo’ladi. Siydik kislota kuchsiz kislota bo’lib, ikkinchi va sakkizinchi ugleroddagi oksigruppalargina nyetrallanish reaksiyasida qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |