Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich


Tub burilishning amalga oshirilishi va Stalingrad va Kursk janglarining tarixiy ahamiyati



Download 254,42 Kb.
bet41/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

Tub burilishning amalga oshirilishi va Stalingrad va Kursk janglarining tarixiy ahamiyati. Stalingard va Kavkazning qahramonlarcha mudofaasida Qizil Armiyaning muvaffaqiyat qozonishida yuqoridagi kabi omillar juda muhim rol o‘ynagan edi. Sovet qo‘mondonligining rejasi bo‘yicha dastavval Stalingrad ostonasida “Uran” operatsiyasi, undan keyin Don daryosi o‘rta oqimi rayonidagi hujum–“Saturn” opersiyasi, va nihoyat Markaziy frontda “Mars” operatsiyasi boshlanishi kerak edi.
1942-yilning 19-noyabr oyida Stalingard ostonalarida sovet qo‘shinlarining nemislarga qarshi hujumga o‘tadi. Ushbu jang ikkinchi jahon urushida tub burilishning debochasi bo‘lib qoladi. Janubi- G‘arbiy, Stalingrad, Don frontlari kuchlari hamda ko‘p miqdordagi tanklar, artilleriya va aviatsiya yordami bilan nemis-fashistlarning 330 ming kishilik harbiy kuchlar guruxi o‘rab olinadi va tor-mor qilinadi. 1943-yilning 2-fevral kuni o‘rab olingan gruppirovkaning tirik qolgan harbiylari taslim bo‘ladilar. Feldmarshal Paulyus boshchiligidagi 24 general va ularning jamoasi asirga tushadilar. Germaniyada esa uch kunlik motam e'lon qilinadi.
Stalingard ostonasida janglar qizg‘in bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda sovet qo‘shinlari O‘rta Don rayonida dushmanlarga qarshi hujumlarni boshlashga o‘tadi. Ular Stalingradga hujum uyushtirishga tayyorlanayotgan nemis-fashist bosqinchilarining guruxiga qaqshatqich zarba beradilar. Yutuqlardan ruhlangan sovet armiyasi, Markaziy frontda va janubi-g‘arbiy hamda g‘arbiy yo‘nalishlarda ham janglarni kengaytirib yuboradi. Ular Kavkaz, Donbassning bir qancha qismini, Rossiyaning markaziy rayonalarini ozod qilib, Leningrad blokadasini yorib o‘tadilar. Natijada Sovet Armiyasi tomonidan 1942-1943-yillar qishki janglar mavsumida dushmanning 100dan ortiq diviziyalarini yakson qildilar. Fashistik blok 1700 ming ga yaqin soldat va ofitserlaridan, 24 ming qurol-aslaha, 3500 dan ko‘proq tank, 4300 samolyotlaridan judo bo‘ldilar. Germaniyaning Stalingrad ostonasidagi texnika bo‘yicha yo‘qotishi bo‘lib o‘tgan butun sovet-german fronti janglari davridagi yo‘qotishlar bilan teng keldi.
Germaniyaning ittifoqchilari: Italiya, Vengriya, Ruminiya davlatlari ham juda katta talafotlar ko‘rishdi. Stalingrad ostonsidagi va Donda bo‘lib o‘tgan sovet-german janglarida 8-italyan armiyasi, 2- vengr armiyasi, 4 va 5- rumin armiyalari yakson qilib tashlanadi.
Stalingrad ostonalarida nemis-fashist qo‘shinlarining tor-mor qilinishi. 1942-yilning noyabr oyi boshlarida frontning Stalingrad yo‘nalishida quyidagicha holat mavjud edi.
Janubi-G‘arbiy front Don daryosining chap qirg‘oqlarini mudofaa qilardi. Mamondan Kletskgacha. Frontning asosiy kuchlari Serafimovichning janubi-g‘arbiy va g‘arbiy rayonlari platsdarmlarida to‘plangan edi.
Donning o‘ng qirg‘og‘ida Kletsk, Novo-Grigorevsk, Sirotinsk platsdarmlari bilan bilan birgalikda - Don fronti Kletskdan yerzovkacha.
62, 64-armiya kuchlari bilan birgalikda Stalingrad fronti qo‘shinlari Stalingrad shahrini, qolgan kuchlar bilan esa Volganing g‘arbi va uning quyi oqimi – Stalnigraddan to Astraxangcha bo‘lgan qismini takil etardi.
Stalingrad ostonalaridagi jang Sovet Qurolli Kuchlari va butun sovet xalqining buyuk g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu g‘alaba Sovet hukumatining yengilmas kuch-qudratini, butun sovet xalqining temirdek irodasini, mardligi hamda sovet harbiy san'atining fashist Germaniyasi harbiy san'atidan ustunligini butun jahon oldida namoyish qildi.
Stalingrad jangini butun sovet xalqi yutib chiqdi. Sovet xalqi Stalingradga o‘zining eng yaxshi o‘g‘il va qizlarini jo‘natdi. Ishchilar, kolxozchilar o‘zining Harbiy kuchlariga dushman ustidan g‘alaba qilish uchun o‘zlarida borini keragicha berdilar.
Stalingrad jangi nafaqat Ulug‘ Vatan urushi tarixiga, balki butun jahon tarixiga ham zarhal harflar bilan kirdi. Stalingrad ostonalarida Sovet Armiyasi nemis – fashist bosqinchilari ustidan misli ko‘rilmagan g‘alabaga erishdilar. Birgina 1942-yilning 19-noyabridan 2-fevraligacha bo‘lgan sovet jangchilarining nemis-fashistlarga bo‘lgan janglarida beshta dushman armiyasi tor-mor qilindi. Dushman 32 ta diviziya va uchta brigada butunlay yo‘q qilib yuboriladi. Dushman bu janglarda harbiy qo‘shindan tashqari, juda katta sondagi texnikasidan mahrum bo‘ladi.
Stalingrad jangidan keyin Sovet Armiyasi frontda strategik tashabbusni qo‘lga oladi va bu tashabbusni dushman to‘la tor-mor bo‘lgunicha ham o‘z qo‘llaridan bermaydilar. Stalingraddan keyin Sovet Armiyasi Leningraddan to Kavkaz tog‘ oldilarigacha juda ulkan frontda shiddatli hujumga o‘tadi, dushmanni ommaviy ravishda Sovet mamlakatidan quvib chiqarish boshlanadi.
Stalingrad ostidagi nemis armiyasining halokati Germaniyaning ittifoqchilari orasida obro‘sini tushiribgina qolmay, balki fashistik blokka birinchi darzlardan edi.
Stalingrad ostonasida Ruminiya va Italiya armiyalarining yakson qilinishi ushbu davlat ichki siyosatiga ham o‘z ta'srini ko‘rsatdi. Italiya qo‘shinlarining mag‘lubiyati mamlakat ichidagi ziddiyatlar asos bo‘ladi va uning Germaniya tomonida turib olib borayotgan urushdan chiqib ketishini tezlashtirib yubordi. Ruminiyada ham xuddi shunday holat edi.
Stalingard ostonasidagi jang va undan keyin bo‘lgan janglardagi Qizil Armiyaning g‘alabalari xalqaro siyosiy ahvolga juda katta ta'sir o‘tkazadi. Bu g‘alabalar fashist Germaniyasining vaqtinchalik bo‘lgan harbiy ustunligini yo‘qqa chiqarib, uning bundan buyog‘iga hech qanday g‘alaba to‘g‘rsida so‘z ham bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatib qo‘yadiki, Italiya va boshqa fashistik bloklarning davlat rahbarlari Germaniyaning bu urushda muqarrar mag‘lub bo‘lishini tushunib yetadilar. Germaniya bilan aloqalarini uzishga va urushdan chiqib ketishga tarafdorlar paydo bo‘la boshlaydi.
Stalingard ostonasidagi nemis qo‘shinlarining tor-mor bo‘lishining harbiy ahamiyatlari nimalardan iborat edi?

Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish