Sport maktabining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi 16. Sport maktabi belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
sport turi (turlari), shuningdek sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha bo‘limlar ochish;
sport tayyorgarligining har bir bosqichida o‘quvchi-sportchilarning yakka tartibda o‘qishi davomiyligini belgilash hamda tayyorlash davri va bosqichiga qarab o‘quv-mashq ishlarining haftalik rejimini belgilash;
ta’lim va tarbiyaning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shakli, vositalari va usullarini tanlash;
yuridik va jismoniy shaxslarga o‘z faoliyati ixtisosiga muvofiq jismoniy tarbiya va sport sohasida pulli xizmatlar ko‘rsatish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq haq to‘lash miqdorini belgilash;
yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun sport maktabiga biriktirilgan moddiy-texnika bazasi va mol-mulkni tasarruf etish.
17. Sport maktabi quyidagilarga majbur:
o‘quv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash, xodimlar va o‘quvchi-sportchilar tomonidan o‘z majburiyatlari, o‘quv dasturlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash;
sport turlari bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida maktabning yillik o‘quv rejasini, o‘quv jadvalini va o‘quv-mashq jadvalini ishlab chiqish;
sport turlari bo‘yicha dasturlar talablariga va o‘quv rejalariga muvofiq o‘quv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish;
o‘quv-mashq jarayoni o‘tkazilayotgan davrda o‘quvchi-sportchilar va sport maktabi xodimlarining xavfsizligini ta’minlash;
o‘quv-mashq va tarbiya jarayonini joriy nazorat qilish, o‘quvchi-sportchilarni test sinovidan o‘tkazish va ularning nazorat normativlari topshirishini ta’minlash;
sport maktabining moddiy-texnika bazasi va mol-mulkining saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash.
18. Sport maktabi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
o‘quv-mashq jarayonining qo‘llaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining o‘quvchi-sportchilarning psixofizik yosh xususiyatlariga, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muvofiqligi;
o‘quvchi-sportchilar va xodimlarning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi;
o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi uchun javob beradi.